Asr oshgan asarlar



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Aningkim ol enginda meng' yaratti,
Bo ‘yi birla sochini teng yaratti.
T o ‘g‘onbek ichida: «Shoir go‘yo bu suluv uchun 
ataylab aytgan!» dedi.
— Acha, nega chaqirdingiz? — so‘radi Dildor 
qizarib.
— Bek og‘angga ayron keltir, qizim.
Dildor indamasdan orqaga qayrilarkan, kampir uni 
«hay...» deb to‘xtatdi, muloyimlanib dedi:
— Anov yerga,— qo‘li bilan olma yog‘ochlarini 
ko‘rsatdi kampir,— joy sol! Hordiq chiqarasenmi, yigit?
Qizning orqasidan qarab qolgan To‘g‘onbek g‘ayri 
shuuriy ravishda boshini qimirlatdi. Qiz hayal o‘tmay, 
eski bir sholcha, toza ko‘rpacha va yostiq olib chiqib, 
epchillik bilan joy hozirladi. Keyin katta zarang kosa- 
da ayron keltirib, yerga qaragan holda, To‘g‘onbekka 
tutdi-da, nariga borib, o‘g‘irda nimanidir tuymakka 
boshladi. T o ‘g‘onbek ayronni qatra qoldirmay shimir- 
di, dakkam-dukkam m o‘ylovini artdi, og‘ir so‘lish 
oldi-da, qalpog‘ini, qamchini tashlab, yostiqqa yon- 
boshladi. Uning ko‘zi qizda edi. Dildor o‘g‘irning 
sopini ko‘tarib, vazmin urar ekan, bo‘z ko‘ylak ichida, 
yumaloq ko‘kraklari serkillab ketar edi. Turli mam- 
lakatlami kezgan, turli xalqlar, urug‘-aymoqlar ichida 
bo'lgan va bir ko‘p xonlar va hokimlaming dargohida 
yuzlarcha go‘zallarga duch kelgan To‘g‘onbek Dil- 
dorday suluvni ko‘rmagan edi. U atoqli bir bek yoki 
hokimning qiziga tantana-dabdaba bilan uylanish 
orzusida bo'lganidan Dildorga, ishq ermagi uchun soz 
ekan, deb qaradi.
'X o l.
55


Kampir charxini yig‘ishtirib, bukchaygan holda 
yigitning oldiga keldi.
— Qaysi bekning navkarisen, qayerga borasen? — 
so‘radi qiziqib.
— M e n o‘z boshimga o‘zim hokim! — to‘nglik 
bilan javob berdi To‘g‘onbek. — Erkaklaring bormi? 
Qayerda?
Bundaylarni o‘z umrida ko‘p ko‘rgan kampir be- 
parvo javob berdi:
— Birgina o‘g‘lim bor. Anov qizning dadasi. 
Dorug‘amizning yeriga hasharga ketdi. 0 ‘z ekinlari 
boqimsiz-qaramsiz dalada yotibdi. Yurt og‘asining par- 
voyiga kelmaydi. Xalqqa har xil yumushlar topib tura- 
di... Yumushing bormi o‘g‘limda?
— Yumushim — tanga. T o ‘lasalaring bas!
Kampirning ko‘zlari allanechuk olayib ketdi,
yuzining suyakka yopishgan chandir terisi oqardi.
— Zakotchimisen?
To‘g‘onbek boshi bilan tasdiqladi. Kampirning 
oyoq-qo‘llari bo‘shashganday, sholchaning bir chek- 
kasiga madorsiz cho‘nqaydi.
— Bolam, — dedi yalingan tovush bilan u, — tang- 
ri martabangni ulug‘ qilsin, bizga rahmu shafqat et. 
Zakotga bergulik hech nimamiz yo‘q. Bor-yo‘g‘imizni 
berib bo‘lganmiz. 0 ‘la qolay, soliqlardan boshimiz 
chiqmay qoldi, hali «qo‘sh puli», hali «sohib jam», 
hali «mirob», hali «sarona»1 — sanay bersang odog‘i 
yo‘q...
T o ‘g‘onbek indamadi, dastro‘moli bilan keng, ser- 
tuk ko‘kragini yelpib, atrofga «chirt-chirt» tupuk otib 
o ‘tirdi. Sopiga kumush ishlangan qamchinini o‘ynab, 
keyin kampirga qichqirdi:
— Sannama ko‘p! Xudoy ayollami so‘zga yarat- 
gan-da.
— Arzi dodimni kimga aytayin, quloq sol, bo­
lam!— muloyimlanib dedi kampir.
— K o ‘p so‘z eshakka yuk... Qozonni os. M o ‘l qilib
1 XV asrdagi soliqlar.
56


etni sol. Sharobing bo‘Imasa, bo‘za keltir. Tez bo‘l, 
obdon ochiqdim.
— Biz et ko‘rmaymiz, — dedi kampir, — mirzo 
yigit. Agar ubra yoki umoch desang, jonim bilan qilib 
berayin.
— Anov uloq-chi?— T o ‘g‘onbek uzoqda o ‘t chim- 
tib yurgan oriq echkini ko‘rsatdi.
— Bolam, u qo‘shniniki... — Ishontirishga tirishdi 
kampir.
— N a zarari bor? Tuya ko‘rdingmi — yo‘q! — 
boqdi T o ‘g‘onbek.
Kampir boshini suyak yelkalari orasiga olib, g‘am- 
tashvish cho‘kkan chuqur, xira ko‘zlarini yerga tikib, 
sukut qildi. Daraxtdan «to‘p» etib aqiqday bir olma 
uzilib, To‘g‘onbekning yoniga tushdi. T o ‘g‘onbek 
olmani olib, yassigina, beo‘xshov bumiga yaqin tutib 
iskadi va kulib, Dildorga murojaat etdi: «Sening nasi- 
bang, qo‘limdan ol, o‘g‘onim' seni ham qo‘limga shu 
olmaday uzib tushursin!»
Dildor o‘g‘imi tashlab, qayoqqadir qochdi. T o ‘-
g‘onbekning olma uzatgan qo‘li havoda muallaq qot- 
di. Bir nafasdan so‘ng zarda bilan olmani uloqtirdi. 
Uning kichik, qiyiq ko‘zlari yomon yondi, dakkam- 
dukkam miyiqli qalin lablari titrab ketdi. Kampir unga 
qo‘rqa-pisa qaradi: «Achchig‘lanma, bek yigit, o‘zi 
uyatchan qiz... M e n hozir senga bo‘za olib kelaman. 
Qozon osib shiringina taom qilib beramen, bek yi­
git», — dedi-da, kalavlanib o‘midan turdi.
— Yurtning vallamatini chaqir, — o‘radan chiqqan 
ovozday to‘ng‘illadi T o ‘g‘onbek. — Shu bugun zakot- 
ni to‘lamasalaring, tanga o‘rniga jigarlaringni uzib 
olamen!
Kampir orqaga burilib, shivirlab ketdi: «Bu jallod 
jo‘ji-bo‘ji tuxumidan tarqalganga o‘xshaydi. Amaldor- 
larga o‘zing qirg‘in yubor, tangrim!» Echki o‘tlagan 
o‘tloqqa yurdi. Uni bo‘ri ko‘zidan yashirishni o‘yladi, 
lekin zakotchining jahlini battarroq avjlantirmaslik
‘Tangrim.
57


uchun yana bu flkrdan qaytdi. Zakotchiga taom 
pishirmoq uchun qo‘rg‘onchaga qarab yurdi.
T o ‘g‘onbek daraxtlar orasidan ko‘kning tiniq zan- 
gorisiga qarab, dam mudroq bosib, dam yana sergak- 
lanib yotar edi. Qishloqning kajava qorinli, yup- 
yumaloq oqsoqoli issiqdan harsillab-gursillab yetib 
keldi. Jahldan tushgan T o ‘g‘onbek bir necha so‘z 
bilan maqsadini tushuntirdi. Oqsoqol zakotchilarga 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, garchi o‘zi hech vaqt soliq 
to‘lamasa ham, hamqishloqlarini haddan tashqari 
adolatsizliklardan qo‘riqlashga imkoni bor qadar 
unnab ko‘rar edi. T o ‘g‘onbekning aiit-basharasidan va 
muomalasidan, bunga so‘z uqtirish mumkin emasligi- 
ga ishongan bo‘lsa ham, yotig‘i bilan so‘zlab, insofga 
da’vat qilishni foydasiz ko‘rmadi.
— Mirzo yigit, — dedi u qo‘li bilan peshonasidan 
terni sidirib, — yaqinda biz «ushr»ni batamom top- 
shirib, ko‘nglimizni bu anduhdin forig‘ qilgan edik. 
Siz talab qilg‘on zakot uchun hali vaqt kelgani 
yo‘qdir. Har qaysi zakotning o‘z fasli bor. Bu ishlar- 
ning barchasi kaminaga besh barmoqday ayon. Shu 
jihatlami andisha qilib ko‘ring, mirzo yigit.
— Bo‘limli so‘zni ayting, vallamat! — qichqirdi 
T o ‘g‘onbek. — Biz o‘z xo‘jamizdan olgan farmonga 
qarab ish qilamiz.
— Shu kunda dehqon, nafsilamrda, yalang‘och, 
mirzo yigit, — dedi oqsoqol. — Xirmonni ko‘tarma- 
guncha undan bir nima so‘rash mahol.
— Bilamen, ko‘p yerlar tarxonlik'ka, vaqfga 
qarashli. Ular, albatta, zakotdan ozod. Dehqon yalan- 
g‘och bo‘lsa, biz kimdan yig‘amiz! — qichqirdi 
xo‘mrayib T o ‘g‘onbek.
Oqsoqol yelpinib, issiqdan harsillab, bir muddat 
sukut qildi. Keyin, go‘yo o‘z-o‘ziga aytganday, sekin- 
gina dedi:
— Bevaqt talab qilinsa, biron g‘avg‘o ro‘y bermasa 
edi, deb xavfsiraymen...
1 M axsus im tiy o zli o q su y ak lam in g y e n . Bu y erlar so liqdan o zo d b o 'lg an .
58


— Meni qo‘rqitgani keldingizmi, vallamat, — bir- 
dan o'qrayib dedi T o ‘g‘onbek. — Xudoyga shukur, 
maydon ko‘rgan yigitmiz...
— Mirzo yigit, — dedi oqsoqol, — sizga uzoqdan 
ko‘zim tushgan hamon botir, dilovar yigitlardan ekan- 
ligingizga bovar qilgan edim. Bu jihatdan ko‘nglingiz 
forig1 bo‘lsin. Inim, bizning tarafning fuqarosi andak 
qiziqqonli bo‘ladi. Ba’zi amaldorlaming nomaqbul 
harakatlaridan shikoyat qilib, poytaxtga murojaat 
etmoq fikrida edilar. Tadbir va ehtiyot bilan qadam 
qo‘ysangiz, shoyad g‘avg‘o qo‘pmas, tangani ham 
silliqlik bilan olursiz...
T o ‘g‘onbek toqati toq bo‘lgandek, sakrab o‘midan 
turdi.
— Yuring, men o‘z tadbirim bilan tanga to‘play, 
siz tomosha qiling!
Oqsoqol harsillab o‘midan turdi. Daraxtzorda 
bukchayib, kalavlanib o‘tin terayotgan kampirga 
T o ‘g‘onbek otni xashakka qo‘yishni buyurdi, oqsoqol- 
ni imlab, oldiga soldi-da, qishloq oralab ketdi.
Dildor yugurib buvisining yoniga keldi: «Qaerga 
yo‘qoldi m o ‘g‘ul-cho‘g‘ul o‘lgur?» deb so‘radi. 
Kampir qishloqdan zakot undirgali ketganini aytib, 
uning otini xashakka qo‘yishni buyurdi. Qiz qarg‘ab- 
qarg‘ab, otga yaqin keldi. Uning egar-jabduqlaridagi 
kumush gullarga suqlanib qaradi-da, keyin astagina 
jilovini chiqardi, otni yechib, no‘xtasidan yetakladi, 
uni o‘ti qalin, daraxt siyrak joyga eltib bog'ladi. So‘ng 
kampiming yoniga qaytdi, unga qarashmoqchi bo‘ldi: 
onadan yosh qolgan yetim Dildor buvisining parva- 
rishi bilan o‘sgan, unga onadek muhabbat qo‘ygan edi.
— Nima pishirmoqchisiz? — so'radi Dildor.
— Betavfiqqa m o‘lgina qilib quymoq pishirsam, 
deyman...
— Behuda ovora bo‘lasiz, buvi, — dedi Dildor 
kuyunib. — It akilladi-qo‘ydi-da. Kambag'alning 
qozoniga zormi u?
Kampir indamadi. C ho‘p-xasni qo‘ltiqqa olib, 
qo‘rg‘onchaga ketarkan, birdan to'xtadi.
59


— 
Sen bu yerda aylanma, qizim, — chuqur ko‘zini 
tikib, xafsiragan tovush bilan dedi kampir, — echkini 
yetaklab, ko‘zdan uzoqda yur, uqdingmi?
Dildor gilosday qizil chiroyli lablariga yoyilgan 
tabassum bilan boshini silkidi-da, borib echkining 
ingichka bo‘yniga bir quloch yo‘g‘on arqon solib, 
sudrab ketdi. U quyoshda ola-chalpoq tovlangan sokin 
chakalaklaming oxiriga yetdi. Keng dalaga, quyoshda 
oltinlangan bug‘doyzorga yaqinlashdi. Echkini daraxt- 
ga bog'lab, jildirab oqqan suvga m o‘’jaz oyoqlarini 
solib, salqinda jimgina o‘tirdi. Zerikdi. Daraxtlaming 
ustidan onda-sonda qushlaming sadosi bir zumgina 
yangrar, yana og‘ir jimjitlik cho‘kardi. Dildor yon- 
verida, o‘tlar orasida ko‘zga chalingan, qo‘lga bazo‘r 
ilinadigan gulchalarni qunt bilan terib ovunarkan, 
orqada shitirlagan tovush eshitildi-da, birdan boshini 
ko‘tarib, hurkak boqish bilan qaradi. Daraxtlar orqasi- 
dan Arslonqulni ko'rdi. K o ‘zlari birdan nash’a bilan 
yonib ketdi. Boshidagi ro‘molchasini tuzatdi, bar- 
moqlari bilan chakka sochlarini to‘g‘riladi.
Arslonqul barvasta qomat, o‘mrovli, sodda, o‘n 
sakkiz yashar yigitcha edi. Uning mehnatda chiniqqan 
qoramtir yuzida, jonli, tiyrak, yirik ko‘zlarida bolalar- 
cha ma’sumlik jilvalanardi. U bu qishloqlik bo‘lib, 
bolalikdan poda boqqan, yerdorlaming xirmonini 
ko‘targan, qo‘sh haydagan. Uch-to‘rt yildan buyon 
hirotlik bir tarxonning shu atrofdagi yerlarida qarol 
bo‘lib ishlardi. Tabiat og‘ushida, mehnatda birga 
o‘sgan qiz va yigit bundan qariyb ikki yil burun bir-bir- 
lariga samimiy muhabbat bilan bog‘langan edilar! 
Kampir ham, Dildorning otasi ham bu sinalgan yigit- 
ni kuyov qilishga hech qanday taraddudsiz rozi 
bo‘lishgan edi. «Ezgulikning kechi yo‘q», degan gapga 
muvofiq, to‘y-tomosha uchun hali m a’lum muddat 
tayin etmagandilar.
Arslonqul qudratli oyoqlarini uzatib, qizning yoni- 
ga og‘ir o‘tirdi. Yuzidan quyulgan terni artdi. Joma- 
koming yoqasini silkib, keng yalang‘och ko‘kragini 
yelpidi-da, Dildorga qarab kuldi.
60


— Echki boyaqishni panaga olganingiz yaxshi 
bo‘libdi: och bo‘ri yomon bo‘ladi.
Dildor:
— Kampirga yo‘liqdingizmi? — deb so‘radi mayda 
gullami ingichka pishiq o‘t bilan boylab, dasta qilib 
Arslonqulga ko‘rsatarkan.
— Uchrashdim, — javob berdi Arslonqul. — Lekin 
usiz ham m a’lum.
— K o ‘rdingizmi battol o‘lgumi! Zakotchilar orasi- 
da tarig‘day insof bor odamni ko‘rmaganmen.
— Butun qishloqqa g'alva solmoqda u, — javob 
berdi Arslonqul xafalanib. — Bu juda quturgan ekan...
— Agar zakotni bizdan ham undirmoqchi bo‘lsa, 
nima qilurmiz? Shamga ham pulimiz yo‘q... — 
tashvishlandi Dildor.
Arslonqul unga javoban dedi:
— Bu atrofda hali ko‘p izg‘iydi u. Muhlat olsak, 
bir amallab toparmiz. Zakotni endi to‘layapmizmi?!
Dildor yengillanib xo‘rsindi. Qizning dilini g‘ash 
qilgan tashvishni yo‘qotgani uchun Arslonqul ichdan 
quvondi. Qizga yaqin surildi. Uning ko‘rkam sochla- 
rini siladi. Dildor atrofga bir qarab olib, keyin 
erkalanib, yigitga suqildi. Arslonqul uning chiroyli 
boshini ko‘ksiga olib, hayajon bilan lablarini qizning 
o'pish so‘ragan sezgir, aqiq rangli lablariga qo‘ndirdi...
Qiz yigitning ko‘ksidan boshini qutqarib, sochlari- 
ni to‘g‘riladi-da, erka araz bilan nariroq o‘tirdi. Kulib 
Arslonqul ham nari surildi. Qiz chaqqonlik bilan yana 
uzoqlashdi. Keyin o‘z qiliqlariga o‘zlari kulib yubo- 
rishdi. Arslonqul tek o‘tirishni va’da qilgach, Dildor 
uning yoniga keldi. Yigit o‘z ishlari to‘g‘risida gapirdi. 
Kuzda, ekinlar yig‘ilgandan so‘ng, xo‘jasidan haqini 
olib Hirortga tushajagini, o‘zi va Dildor uchun kiyim- 
liklar olajagini so‘zladi. Dildor Hirot bozori va unda- 
gi qimmatbaho mollar to‘g‘risida kattalardan eshit- 
ganlarini so‘radi. Arslonqul uzoq bo‘lmagan azim sha- 
harda nihoyati ikki martagina (bu ham juda qisqa 
muddat) bo‘lgan esada, bazzozlar sotadigan kashmir 
shollari, xitoy shohilari va hokazo haqida uzoq hikoya
61


qildi. Ulaming dillari umid va shodlik bilan to‘lgan, 
turmushning qayg‘ularini, mashaqqat va dahmazalari- 
ni unutgan edilar.
Echkini shunda qoldirib, ovqatlanmoq uchun uyga 
jo‘nadilar. Arslonqul o‘n besh-yigirma qadam oldinroq 
yurib ketdi. Dildor uyga yaqinlashganda haligi yerda, 
sholcha ustida o‘tirgan To‘g‘onbekka, oqsoqolga va 
boshlarini egib, qaltirab turgan ba’zi hamqishloqlariga 
ko‘zi tushdi-da, ulaming qoshiga bormasdan, devor 
orqasiga o‘tib ketdi.
Arslonqul og‘ir yurib kelib, odamlardan bir oz na- 
rida — ariq bo‘yida cho‘nqaydi. Atrofdagi daraxtlarga 
bir necha sigir, buzoq, qo‘y bog‘langan edi. Bulami 
zakotchi zo‘rlab garovga olib kelganini fahmladi. 
Achchig‘i halqumiga tiqilib, o‘shshayib qoldi.
K o ‘p dehqonlar zolimni yumshatish uchun uylari- 
dan har xil ovqatlar tayyorlab kelardilar. T o ‘g‘onbek 
oqsoqol bilan yozuv-chizuvga, sanoqqa berilib, das- 
turxonga qaramadi ham. Nihoyat, hisob-kitobni bitir- 
gach, ovqatdan oz-moz totindi-da, birdan o‘midan 
turdi. Garov sigir, buzoqlami oqsoqolga topshirdi va 
Foryon qishlog‘idan qaytguncha, boqimandalarini 
jamg‘arib qo‘yishni unga tayinladi. Keyin otini uzoq 
silab-siypab, ardoqlab mindi-da, chang ko‘tarib, hay- 
dab ketdi. Yumaloq oqsoqol yoqasini ushlab, bosh 
chayqatdi ham odamlarga ko‘z oqini o‘ynatib, pixil- 
lab, dedi: «Duoyibad qilinglar, ilohi bu maxluq otdan 
yiqilib, bo‘yni uzilsin!»
Odamlar qo'lni paxsa qilib, g‘azab bilan deyishdi: 
«Shikoyat qilmoq kerak podshohga, shikoyat!»

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin