da namoyon etdilar... Xotiringizdami, go‘daklik mav-
sumingizda tilimizni qanday
muhabbat bilan tashviq
etardingiz? U chog‘larda o‘z so‘zimizga muhabbatni
menga siz talqin etgan edingiz. Bu muhabbat alhol di-
limdadir.
Navoiy o‘zi haqida aytilgan bu haqqoniy so‘zlami
kamtarlik bilan, boshini quyi solib tingladi. Husayn
Boyqaro o ‘z g‘azalini jamiki shoirlarga tatabbu uchun
berib, ulardan bunga javob yozishlarini so'ramoqchi
ekanligini so‘zladi.
—
Faraz qilaylik, — dedi Navoiy kulib, — g‘azal-
ni yuz shoir tatabbu etib,
qalam sursalar, yuz g‘azal
vujudga keladi. Bir tup gul yuz g‘uncha ochadi!
Eshik og‘a kirib, arkoni davlatning hozir bo‘lgani-
ni bildirgach, Husayn Boyqaro kirishga ijozat berdi.
Beklar, vazirlar, ulug‘ mansabdorlar va podshohning
har vaqtki hamsuhbatlari, muqarrablar1 kimxoblarga,
xitoyi shohilarga belanib kirishdi. Har kirn, o‘z dara-
jasiga ko‘ra, har vaqt o‘tiradigan o‘mida qaror topdi.
Beklar begi Muzaffar baños
podshohga yaqin, eng
yuqori o‘rinni ishg'ol etdi. Husayn Boyqaro toj-taxt
g‘avg‘osida tog‘, cho‘l oshib, o‘z raqiblari bilan
kurashib yurgan pallalarda unga ko‘rsatgan xizmatlari
uchun bu bekning g‘ururiga chek yo‘q, o‘zini go‘yo
podshohga sherik kabi tutardi. Umuman, davlatning
ustuni hisoblangan bu odamlaming aksari, qanday
bo‘lmasin, biron qiziq sifati, fe’li-huyi
yo ishi bilan
dong chiqargan edi. Muhammad burunduq barios —
qadim beklar naslidan, g‘oyat bilimli, sardor, ulug‘vor
odam. Lekin ovga, qushga shunga o‘ch ediki, mabodo
qushlaridan bin o‘lib qolsa, rosa motam tutar, bu
o ‘lgandan ko‘ra, falon o ‘g‘lim o ‘lsa bo‘lmasmidi,
derdi. Zulun Arg‘un telbaroq, lekin ajoyib qilichboz,
bahodir, yovqur bek edi. Har vaqt ikki qo‘l bilan shat-
ranj o‘ynardi. Islim barios — sodda, dilovar, ov va
qush
ilmining piri, o‘zining maxsus yoyini kuch bilan
otib, o‘qni taxtadan o‘tkazar edi. Ana shunday baho-
Yaqin do‘stlar (muh.).
46
dirona ishlami ko‘p bilardi. M o‘g‘ulbek ishi —
hamisha qimor! Badriddin shunday chaqqon edikim,
yetti otning ustidan qatorasiga sakragan. Said
Badriddin — butun harakati nozik, nafis edi, ajoyib
raqs etardi. 0 ‘zi ixtiro etgan raqslari bor edi. Xo‘ja
Abdulla Marvoriy — har ilmdan bilardi. Ajoyib
qonun'chalardi, she’r aytardi. Xatni chiroyli bitardi.
She’rni favqulodda zavq va noziklik bilan tanlardi.
Lekin ashaddiy fisq va fujurchi edi.
Tantana, hashamatni sevgan
Husayn Boyqaro uyni
to ‘ldirgan va ulug‘vor ta’zim, vajohat bilan o ‘tirgan
rang-barang olomonga faxrlanib qaradi. Keyin beklar
bilan qo‘shin to ‘g‘risida bir oz suhbatlashdi.
Viloyatlardan kelgan ba’zi xabarlar haqida vazirlardan
m a’lumot oldi. Nima uchundir shayx ul-islom2dan
shariatga doir bir masalani so‘radi. U qiroat bilan va
g‘oyat salmoqlab so‘zlar ekan, zohiran diqqat qilayot-
ganday ko‘rinsa ham, sabrsizlangani bilinib turardi.
Keyin ov va qushchilik to ‘g‘risida so‘z ochdi. Islim
barios birdan jonlanib ketdi. Azamat gavdasini pod-
shoh tomonga sal egib, qudratli qo llari bilan dag‘al,
siyrak m o‘ylabini bir sUab qo‘yib,
qushlaming ravish-
raftori haqida qiziq m a’lumotlar bermoqqa boshladi.
Muhammad burunduq barios ham gapga aralashdi.
Ov to ‘g‘risida ertakka o‘xshash qiziq gaplar asta-sekin
hammaning diqqatini tortdi. Podshoh dam kulib, dam
jiddiy o‘y bilan quloq soldi. Nihoyat, Husayn Boyqaro
katta va davomli ovga tayyorgarlik ko‘rishni va umu-
man ovga doir jamiki ishlarni Islim barlosga topshirdi-
da, qo‘l ishorasi bilan o‘ltirishni yopdi. Butun majlis-
ni o‘zining shohona ziyofatiga taklif etdi. Hamma
o‘rindan qo‘zg‘alib, ta’zim
bajo keltirib turarkan,
Husayn Boyqaro asta mag‘rur yurib, boshqa xonaga
o‘tib ketdi.
1 M axsus m usiqiy asbob.
2
D in iy ish lam i b o sh q aru v ch i yuqori m an sab d o r; ru h o n iy lar bosh lig 'i.
Dostları ilə paylaş: