“Inson xotirasi boqiy, qadr qiymati ulug’ “ (4-sinf uchun tadbir ssenariysi)
Sahna bayramona bezatilgan.Sahnaning o’rtasiga Motamsaro ona haykalining rasmi katta qilib ilib qo’yilgan.Mungli musiqa ostida sahnaga qo’llarida guldasta bilan bobo va nabira kirib keladi va rasm tagiga gulni qo’yishadi.
Nabira:
-Bobo nima uchun bu haykalni “Motamsaro ona”deb ataymiz?
-Bu urush paytlarida farzandlarini urushga yuborib ,qora xat olgan onalar xotirasi uchun qo’yilgan.SHuning uchun har yili xotira kunida bu yerni ziyorat qilamiz.
-Unday bo’lsa bobojon men ham sinfdoshlarimni bu yerga chaqirsam bo’ladimi?
-Albatta bolam.
-Do’stlar marhamat hammangizni sahnaga taklif qilaman.
Musiqa sadolari ostida sahnaga bolalar kirib kelishadi.
1-boshlovchi:Assalomu alaykum,osuda hayotimizning yo’lboshchilari,hurmatli otaxonlar,mehri ummon onaxonlar.Hammamiz 9-May-“Xotira va qadrlash kuni”deb bilamiz hamda bu kunda o’tganlarni yod etish,tiriklarni qadrlashni biz mustaqil yurt farzandlari ham qarz,ham farz deb hisoblaymiz.
Bobo:Barakalla bolam.Siz kelajakda Vatanga munosib farzand bo’lishingiz,o’tganlar xotirasini hamisha yodda tutishingiz kerak.Men endi boray, siz esa bayramingizni davom ettiring,-deb bobo sahnadan chiqib ketadi.
2-boshlovchi:Bugun siz azizlarga biz 4-sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan “Inson xotirasi boqiy,qadr qiymati ulug’”deb nomlangan tadbirimizni ochiq deb e’lon qilamiz.
1-boshlovchi:Odamlar bo’ladiki tirigida o’likdir,
Odamlar bo’ladiki,mangulikda tirikdir.
2-boshlovchi: Ular o’lmaganlar mangu hayotlar,
Har jabhada bizga yo’ldosh-qanotlar,
Ruhi poylariga qilaylik ta’zim,
Xotirlab yurmoqlik savobi azim.
1-boshlovchi:Xotira o’zlikni anglashga,o’tmishni doimo yodda tutishga bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg’u.Inson o’zining kim ekanligini xotira va qadr tuyg’usi orqali chuqurroq anglaydi.Inson xotirasi muqaddas,u o’z ajdodlarini esga olib,ezgu ishlarni yod etadi.