9-may-“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan 3-“A” sinfida oʻtkazilgan “Xotira-muqaddas, xotira-sharaf” mavzusidagi sinf soati ishlanmasi Maqsad: oʻquvchilarga inson xotirasi muqaddas ekanligini hamda insonni qadrlash muhim insoniylik belgisi ekanligini tushuntirish, bu bayramning mazmun-mohiyatini ochib berish, Vatanga muhabbat hamda inson qadrini bilishga oʻrgatish. Mashgʻulotning borishi: Oʻqituvchi: Bizning tinch, baxtiyor yashashimiz uchun hamda yurtimiz mustaqilligi uchun kurashgan va bu yoʻlda jonini fido qilgan insonlarni hurmat bilan tilga olamiz. Ularning xotirasini abadiylashtirish uchun butun respublikamizda, shu jumladan, poytaxtimiz Toshkentda ham bog` va xiyobonlar bunyod etildi. Ana shunday ziyoratgohlardan biri Mustaqillik maydonida joylashgan. Maydon toʻrida motamsaro ona haykali turibdi. Vatan himoyasi uchun farzandlarini jangga yoʻllagan onalarimiz ramzi boʻlan bu haykal urushda qurbon boʻlgan minglab onalarni eslatadi. 1-bola: Poytaxtimizda ana shunday maydonlardan yana biri “Shahidlar xiyoboni” dir. 2-bola: Bu yerda yurtimizning ozodligi uchun kurashgan va bevaqt qatl etilgan Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Choʻlpon kabi bobokalonlarimiz nomi bitilgan ramziy qabri bor. Bu joydan odamlar arimaydi. 3-bola: Erksizlar qoldi ortda, Dorilaman kunlar yurtda. Mehr koʻzda, muhabbatda, Porlar millat bayrogi. 4-bola: Oʻzbekning oʻz qushi xumolari bor, Xumo qanotida duolari bor. Muqaddas tuprogini koʻzga surtgay, Oʻz yoʻli, oʻz soʻzi-tugʻrolari bor. ( Oʻquvchilar ona yurt, vatan ramzlari haqida sheʻrlar aytadilar). 1-bola: Sen mening bobomsan-Xotira! 2-bola: Sen mening momomsan-Qadr! 3-bola: Bu qadim yoʻllar… Xotira! 4-bola: Bu qadim yoʻllar…Qadr! 5-bola: Xotira-koʻnglimning toglari. 6-bola: Qadr-koʻngil suyangan daraxt. Hamma: Men-da bir novdangman, Qadr. Oʻqituvchi
Xotira –bu koʻhna kitobning, Toʻzgib qolgan varagʻi. Tiklay olsang yoʻqolgan bobini, Tiniqlashar fikring chirogi.
(“Motamsaro ona” sahna koʻrinishi) “Motamsaro ona” qiyofasida bitta oʻquvchi qotib oʻtiradi. Onaning atrofida 2 tamonida “faxriy qorovul” lar turadi. Gulchambar koʻtargan ikkala oʻquvchi hazin musiqa asosida sekin yurib kelib, gulchambarni qoʻyadilar va sheʻrlarini aytadilar. Yana hazin kuy ostida asta chiqib ketadilar. 1-bola: 1937-1939 yillar… Qatagʻonning qaro kunlari… Oʻqituvchi: Oʻzbekistonda oʻsha yillari manbalarda qayd etishicha, 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olindi. Ularning 6 ming 920 nafari otib tashlandi. 37 ming nafari esa qamoq va surgunga mahkum etildi. (Qodiriy bobomiz haqida sahna koʻrinishi). Boshlovchi: Mana Qodiriyni qilishar soʻroq. Tergovchi: (gazabga toʻlib):-“Oʻtgan kunlar” degan sheʻr senikimi? Qodiriy: Ha. Ammo u sheʻr emas… Tergovchi: Jim boʻling, axir. Sheʻrmi, yo boshqami, avtori siz-da! Boshlovchi:
Tamom. Boshqa gapga qolmaydi hojat. Tergovchi – paygʻambar, tergovchi –xudo. Temir zotdan kelgan buyruq –ijobat, Oʻzbek yana bitta oʻglidan judo…
(Hazin musiqa yangraydi. Sahnaga oʻquvchilar chiqishib bobolarimiz nomlariga atab sheʻrlar aytadilar). Oʻqituvchi
Yotar alpqomatli bahodirlar qator, Usmonlar, Qodiriylar, Shokirlar yotar, Yotar Fayzullolar, yotar Ahmadlar, Xudo rahmat qilgur, xudo rahmatlar.
( 1 daqiqa sukut saqlanadi). Istiqlol va mustaqillik tufayli istiqlol fidoiylarining aziz va tabarruk nomlari yana qaytadan tiklanadi. Asosiysi, birinchi prezidentimizning 2001 yil 1-maydagi farmoniga koʻra 31-avgust “Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni” deb eʻlon qilinishi ham ularga boʻlgan cheksiz hurmat namunasidir. 1. Vatanimiz qoʻynida, Bizlar baxtli yoshlarmiz, Shahidlarning qabri bor, Izlaridan boramiz. Ruhlarin qilib biz yod, Vatan uchun oʻqib biz, Boshlarimiz egamiz. Ruhlarin shod etamiz. Naqorat: Eslaymiz, yodlaymiz, Ularni unutmaymiz. Oʻqituvchi “41 yil, iyun…”sheʻrini oʻqib beradi.
(Sheʻr oʻqilganda oʻquvchilar sheʻr mazmuniga mos harakat qilib koʻrsatib turadilar). 1-bola: Qariyib 4 yil davom etgan qonli urush, insoniyat boshiga juda koʻp kulfatlar soldi. Urish yillari bir yarim million yurtdoshlarimiz shiddatli janglarda ishtirok etdilar. 2-bola: 450 mingdan ziyod mard yigitlar tinchlik, osuda hayot uchun boʻlgan qonli janglarda halok boʻldilar. 3-bola: Urushda yetim qolgan 200 mingdan ortiq bolalarni oʻzbek xalqi oʻz tarbiyasiga oldi. Gʻofur.Gʻulomning sheri: “Sen yetim emassan” oʻqiladi. 4-bola: Toshkentlik Shoahmad Shomahmudov va Bahriniso opalar oilasi 14 nafar yetim bolani oʻz qaramogiga olishib, bor mehrini insonlar xotirasiga azim shahrimizning “ Xalqlar doʻstligi” maydonida yodgorliklar majmui ham oʻrnatildiki, u bizlarni har doim tinchlikning qadriga yetishga, yurtimizga munosib farzand boʻlishiga undaydi. (Bir oʻquvchi chiqib birinchi oʻzbek generali Sobir Rahimovning buyuk jasoratli va unvoni haqidasoʻzlab T.Yoʻldoshning “General nomida” sheʻrini yoddan aytadi).
1.Vatan uchun olgʻa!-deb Olgʻa bordi, gʻalaba Daxshatli jangga kirdi B ayrogʻin hilpiratib, Mardona yurishlarda Orden taqdi koʻkragin Yov galasin xoʻp qirdi. Toʻldirib, dong taratib.
3. Lekin halok boʻldi u… Bevaqt… nomi oʻlmadi, Oʻtdi yillar, albatta, Bundaylar kam boʻlmadi.
(Bolalar “Xotira” nomli qoʻshiq kuylashadi). 1-bola: Kelajagi buyuk davlatning munosib farzandlari boʻlaylik. Uning sarhadlarida hech qachon oʻq ovozi eshitilmasin! 2-bola:
Yer yuzidagi amakijonlar Shunday iltimos, bordir sizlarga: “Chiqarmang qurol! Oqmasin qonlar! Kitob oʻyinchoq bering bizlarga”.
Poytaxtimiz markazidagi mustaqillik maydonida janglardan qaytmagan askar farzandlarini intizor kutayotgan onalar hurmatiga bunyod etilgan yodgorliklar bor. Undagi munis ona haykali goʻyo: “ Sen mening qalbimdasan, jigarim!” deyotgandek. Haykal qarshisidagi yonib turgan mangu olov onaning umid chirogʻini yoritib turgandek. Bu holatlar ziyoratga kelganlarning qalbini larzaga soladi. Ajdodlarni eslab ulardan ibrat olsak, oʻzimizdan keyingi avlodlarga ibrat boʻla olamiz. “TASDIQLAYMAN” 48-MAKTAB DIREKTORI: ____________F.M. SAYDAXMEDOVA “_____” ________2023-YIL
Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Qibray tumani maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi 48-umumiy oʻrta ta’lim maktabi
9-May –“Xotira va qadrlash” kuniga bagʻishlangan sinf soati ishlanmasi Mavzu: Xotira-muqaddas, Xotira-sharaf!