1-boshlovchi:O’quvchilar ijrosida’’Yangi avlod’’ raqsi ijro etiladi.
12-o’quvchi:Yurtim ado bo’imas armonlaring bor
Toshlarni yig’latgan dostonlaring bor.
O’tmishingni o’ylab og’riydi jonim,
Ko’ksing to’la shahid o’g’lonl aring bor.
13-o’quvchi: Bag’rim o’rtar bir o’y bahor ayyomlar
Oy botgan yoqlarda ,termulib shonlar,
Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
Fayzullodek mardu maydonlaring bor.
Qo’shiq:’’Sizlarni unutmoq osonmas’’ 1-boshlovchi:.Aytish mumkinki,bu nafaqat jang maydonlarida qurbon bo’lganlarni xotirlash,balki front ortida,urushdan keying yillarda fidokorona mehnat quchog’ida,bugungi dorilomon kunlarimizda ham yorug’ dunyoni tark etib ketgan insonlarni xotirlash hamdir.
2-boshlovchi:Shuning bilan muhtaram qatnashchilar,bugungi tadbirimiz poyoniga yetib bormoqda.Biroq xotira boqiy,xotira-abad.
1-boshlovchi:Tadbirda ishtirok etib,bizga quloq tutganingiz ,namoyish etganlarimizni tomosha qilganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiramiz.
2-boshlovchi:Istardikki,xotira va qadr tuyg’usi hech birimizdan yiroqlashmasin,hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin,xayr salomat bo’ling.
Tayirova Manzura Xorazm viloyat Xonqa tuman 40-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.