Uftod ast dar jahon bisyor,
Betamiz arjimandu oqil xor
Zayniddin sinovda ko‘p durust natija bergan tak-
lifni, ya’ni Hirotning saxovatli a’yonlaridan2 yoki eski
shahzodalardan biriga qasida yozib, murojaat qilishni
taklif etdi. Bu fikr hammaga m a’qul tushsa ham,
Aloiddinga yoqinqiramadi, chunki bu uning yolg‘iz
o‘ziga xos ish bo‘lib, boshqalami sherik qilishga tobi
yo‘q edi. Kim biladi, ehtimol, Mashhadiyning silliq
nazmi, rangli uslubi valine’mat’ning ko‘nglini shunday
asir qilarki, u aqcha bilan birga bir necha qo‘y va
isqarlot4 chakhmon ham in’om qilib yuborar! Shu
damgacha Mashhadiy hech bir boyondan, hech bir
a’yondan bunday iltifotga noil bo‘lmagan esa-da,
xomtamalik orqasida shunday mulohazani xotiridan
kechirdi...
Aloiddinni yumshatish uchun Zayniddin ingichka
qoshlarini m a’nodor chimirib, dedi:
— Agar qasida shoiri bo‘lsam edi, xoqon ibni
xoqon Sulton Husayn Boyqaro hazratlariga bir bemisl
qasida yozib, janobi oliydan shohona sarupolar olar
edim, chunki ayni vaqti: ikki hafta muqaddam ul
janobning muborak boshlariga humoyun qushi5
qo‘ndi, ko'ngillari barqaror bo‘ldi. Shuaro6ga saxovat-
ning yetti darvozasini ochishlariga aminmen.
— Sulton hazratlarining o ‘zlari ham otashnafas
shoir em ishlar,— dedi Sultonm urod,— ash’or7ni
go‘zal va ravon so‘ylarmishlar. M a’niyi xos8ning,
1 M a ’ n o s i: A qlli, o 'q im ish li o d a m la r xor-zor b o ‘lib, jo h illa m in g aziz b o 'lg an i
d u n y o d a k o 'p k o 'rilg a n hodisadir.
: D avlatda y u q o ri m avqeli, e ’tiborli o dam lar.
’ H im oya q ilu v ch i, xayri eh so n li kishi.
‘ Q im m a tb a h o m ato.
s P od sh o h lik q ushi.
4 Shoirlarga.
'
S h e ’rlar.
! A lohida, n o d ir, c h u q u r m a ’no.
12
nozik, rangin xayolning oshiqi bo'lgan tojdoming,
albatta, shuaroga homiy bo‘lishlariga aslo shubha qil-
maymen...
Aloiddin bu so‘zlarga e’tibor qilmaganday ko‘ri-
nishga tirishsa ham, ichi yulindi. Zayniddinning so‘z-
larini kinoya deb tushundi. Sultonmurodning so‘zlari-
ga: «Yangi podshohning o‘zi katta shoir, nozik zavq
egasi. Sen unga qasida yozib ovora bo‘lma!» degan
m a’no berdi-da, boshini ichiga olib, sukut qildi.
Hali ham hurpayib o‘tirgan To‘g‘onbek, odati
bo‘yicha, salmoqlanib:
— SoTi so‘g‘on yer, topilsa yo‘g‘on yer, deganday,
endi podshohdan bir nim a yulmoqchimisizlar!
Tangriga sig'ininglar... Tojdorlaming o ‘ziga yarasha
tashvishi bor: navkar saqlash kerak, qo‘rg‘on tuzatish
kerak. Podshohlar madrasadan ko'ra, safar to ‘g‘risida
ko'proq o‘ylashi kerak, — dedi.
— Husayn Boyqaro hazratlari ham shoir, ham ilm-
parvar emishlar. Yaxshi ishlarga bel bog‘lashlarini
umid qilmoq m um kin,— dedi Zayniddin ishonch
bilan.
— Sahroning bag‘ri yomg‘irga tashna bo‘lga-
nidek,— dedi Sultonmurod qo‘llarini harakatga so-
lib,— ko‘hna Xurosonning eli adolat va fazilat
quyoshiga tashnadir. Shoyad umidlarimiz behuda
bo‘lmas.
To‘g‘onbek dakkam-dukkam m o‘ylabini yo‘g‘on
barmoqlari bilan chimtib, kinoyali kulib qo‘ydi.
Aloiddin Mashhadiy yarim yumuq ko‘zlarini, har
vaqt ensasi qotganda qilganidek, butunlay yumib
oldi.
Eshikda qari farrosh Hoji Solih paydo bo‘ldi.
U darveshnamo, kamtarin, xayolchan kishi edi.
— He, a ’lam m olata’lamun', shundamisiz? — dedi
Sultonmurodga va tabassum bilan davom etdi chol. —
Chorsuv tomonga yo‘lim tushgan edi, halvofiirush
do‘stingiz sizning va mulla Zayniddinning bormoq-
1 0 ‘q im asd an o q k o ‘p b ilim o rttirg an , k a tta olim m a ’n osida.
13
liqlarini o‘tinib qoldilar. Yangi ash’or o‘qib beradilar-
mi yoki o‘zga mulohaza...
Sultonmurod suyunib Zayniddinga qaradi.
— Boramiz, albatta, — dedi Zayniddin o‘midan
qo‘zg‘alib, — shirin suhbat bilan dillaming g‘uborini
sovuramiz.
— Ajab Hirot ekan! — dedi boshini qimirlatib
To‘g‘onbek. — Halvofurushi ham shoir, kabobpazi
ham shoir... Boringiz, g‘azalining toti bo‘lmas, balki
halvosining totli bo‘lishida gumonim yo‘q...
— Halvofiirush mavlono Turobiy insoni komil
odam, — dedi jahl bilan Zayniddin. — Istasangiz, siz-
ni ham olib boramiz, o‘zingiz xolis baho berursiz.
To‘g‘onbek, rozi bo‘lgandek, jilmayib qo‘ydi.
Aloiddin Mashhadiy ko‘zlarini sal ochib, yuzini ters
o‘girdi.
Ular peshin namozini o ‘qib bo‘lib, madrasadan
chiqishdi. Eski bo‘lsa ham, top-toza, uzun, keng
olacha to‘n kiygan, boshlariga qordek oppoq salla
o ‘ragan va madrasa ahliga munosib mutavoze’lik ham
g‘urur bilan ketayotgan ikki mullabachchaning o‘rtasi-
da qo‘sqi po‘stinli, katta bo‘rkli, chorpaxil To‘-
g‘onbek, otda ko‘p yurganidan, oyoqlarini kerib bosib,
lapanglab borar edi. Odati bo‘yicha, Zayniddin yo‘l-
yo‘lakay bir-ikki yerga, ko‘z ochib yumguncha kirib
chiqishi kerakligini aytib, ham rohlarini sudradi.
To‘g‘onbek norozilanib po‘ng‘illadi. Sultonmurod
m a’nodor kulib qo‘ydi. Zayniddin bilan yo‘lga chiqil-
sa, manzilga horib-charchab borilar edi. Har ko‘cha-
da, har muyushda uning turli tabaqaga mansub
do‘stlari, tanishlari, hazilkashlari va hokazo uchrar;
Zayniddin ulaming biridan Hirotda ro‘y berib, hali
quloqqa chalinmagan, ko‘pincha, qiziq bir voqeani,
sirli bir mojaroni bilib olar; ikkinchisi bilan bir nafas
hazil-mutoyiba qilar, biron latifa aytib, atrofidagilami
ko‘zlari yoshlanguncha kuldirar; uchinchisi bilan bi
ron masala ustida bahslashar... Oyoqda turib shoiming
yangi g‘azali yoki qasidasini, cholg‘uvchining yangi
maqomini tinglar; Hirotning ko‘cha yigitlari bilan
14
ulaming tilida, ruhida bir nafas hangomalashar;
mudragan semiz qassobning qomini, xasis baqqolning
pachaq tarozusini, havoni yangratib qichqirgan non-
voyning nonini bittadan bayt aytib, hajv etar... Shun-
day qilib, shahaming qarama-qarshi tomonlariga, masa-
lan, shimoldagi Darvozai Mulkdan janubdagi Darvo-
zai Feruzobodga chiqib qolganini kishi sezmay qolardi.
Sultonmurod tixirlik qilib, sug‘urilib qochishni
ko‘zlagan To‘g‘onbekning qo‘ltig‘iga kirib, do‘stining
orqasidan shod va yengil odim otdi; qariyb bir haf-
tadan buyon madrasadan chiqmay, nim qorong‘i, zax
hujrada muttasil kitob mutolaa qilganidan, iliq-yorqin
havoda kezishga mayli kuchli edi.
Hirotda bahor... Har ikki yog‘ida aksari bir qavatli,
eski, yangi, ko‘rimli, ko‘rimsiz paxsa devorli uylar
orasida boloxonali, rango-rang, guldor naqshlar bilan
bezalgan imoratlar qatorlashgan toza kolchalarda,
odamlar g‘uj qaynagan maydonlarda, zumurrad yashil-
ga ko‘milgan bog‘larda, xiyobonlarda quyosh tosh-
qini...
Zayniddin qiziq gaplar bilan hamrohlarini kuldirib
borar, goho ulardan bir zumgina ayrilib, qayerlarga
bosh suqib, qandaydir tanishlari bilan so‘zlashib, yana
qaytar va hikoyasini davom ettirardi. Sultonmurod
do‘stini tabassum bilan tinglab, Hirotning bahorda
toza husn bilan yashnagan ajoyib manzaralariga
suqlanib qarar, shodlikdan hislaming sho‘xligidan
ko‘ksi to ‘lib-toshardi. U Hirotni sevardi. Butun atrofi
muazzam kungurador qo‘rg‘on bilan o‘ralgan bu katta
shaharda ulug‘ madrasalar, qo‘sha-qo‘sha adl, yuksak
minoralarini tiniq zangori samoga uzatgan masjidlar,
san’atning butun m o‘’jizalari bilan bezalgan boy
saroylar ham bog‘chalar, chamanzorlar o ‘rtasidagi
yengil, havoiy ko‘shklar, koshonalar, ulug‘ odamlar-
ning, aziz-avíiyolaming hamisha ulug‘vor sukunatga
ko‘milgan toza, chiroyli maqbara-mozorlari va hokazo
ko‘p edi. Sultonmurod bunday yerlarga takror-takror
kelib, fikrlariga berilib tanho tentirashdan zavqlanardi.
U bu shahaming tarixiga qiziqib, uning eski binolari,
15
maydonlari, bozorlari, ko‘priklariga doir m a’lumot-
larni eski qo‘lyozmalardan, vasiqalardan, afsonalardan
to ‘plamoqqa boshlagandi. Vasiqalar, afsonalar bu sha-
hami Iskandar Zulqamayn bino qilganini so‘ylar edi-
lar... Bir yil-bir yarim yil ichida u go‘zal, tarixiy bino-
lar haqida o ‘nlab, Hirot haqida esa yuzlab baytlar,
ruboiylar to ‘play bildi. Hirotning ulug‘ligi, go‘zalligi,
ahamiyati haqida hamma qalamlar hamfikr edi:
Dostları ilə paylaş: |