Asr oshgan asarlar


Yillar tutubon shayx maqolotiga go ‘sh



Yüklə 7,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/161
tarix22.10.2023
ölçüsü7,98 Mb.
#159903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Navoiy romani. Oybek

Yillar tutubon shayx maqolotiga go ‘sh,
N e ko ‘ngluma zflvq yetti, ne jonim a jo ‘sh.
Jonimga navo soldi-yu, k o ‘nglimg‘a xurush,
Bir j u r ’a bila mug‘bachai bodafurush.
Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum qopladi. 
Siyoh qurigandan keyin, qog‘ozni usti o‘yma gulli 
charm juzdonga tiqib, arabcha qalin kitobni varaqlash- 
ga boshladi.
* * *
Ertasi quyosh yoyilganda, eshikka chiqishi bilan, 
jussasi kichikroq b o ‘lsa ham, semiz, yuvosh, yo‘rg‘a 
jiyron otni xizmatkor tutdi. Shoir uzangiga oyoq 
qo‘yib, o‘zini egarga olishga ulgurmasdanoq ot asta 
yurib ketdi.
Bozor kuni b o ‘lganidan ko‘chalarda qatnov zo‘r 
edi. Ot, eshak mingan dehqonlar, qo‘ng‘iroqlarini 
jaranglatib salmoqlangan qator tuyalar, kalava to ‘la 
savatlarini boshlariga qo‘ygan kampirlar, matolarini
41


qo‘ltiqlagan to ‘quvchilar va hokazo qurama olomon 
bozor tomonga oqardi.
Shoir Xiyobon ko‘chasini o‘tib, Bog‘i Zog‘onning 
katta darvozasiga yetishi bilan bu yerda tartib kuzatib 
turgan navkarlar muhrdorga salom berib, darrov 
otning jilovini ushladilar. Shoir ulaming yordamisiz 
otdan tushdi-da, Bog‘i Zoqonga kirdi. — Bu turli qasr- 
lar, ko‘shklar va boshqa go‘zal binolar va ajoyib xi- 
yobonlarga boy g'oyat katta bog‘ edi. Daraxtlar oralab 
ketgan keng, toza va quyosh nurlari bilan olachalpoq 
yo‘ldan borib, bir necha tanob joyni ishg‘ol etgan 
katta gulzorga chiqdi. Bu yerga go‘yo butun dunyo- 
ning gullari to‘plangan edi. Turli-tuman rang va ziyo 
bilan quyoshda yashnagan bu chaman ko‘zlarni 
qamashatirardi. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. 
Har kungidek, to‘xtab, zavq bilan tomosha qildi. 
Keyin bu chamanzor qarshisidagi koshonaga — devor- 
lari, ustunlari, eshiklari naqqoshlar qo‘li bilan yasal- 
gan naqsh gulzorini tovlantirgan binoga tom on yurdi. 
Oltin qubbachalar, o‘ymakor gullar bilan bezangan 
eshikni ochib, kichikroq, lekin serhasham bir xonaga 
kirdi. Bu yerda uni do‘sti Xo‘ja Afzal qarshi oldi. 
Bu — past bo‘yli, tiyrak ko‘zli, xushmuomala, qariyb 
o ‘zi bilan tengdosh kishi edi. Xo‘ja Afzal daftardorlik, 
hisob-kitob ishlariga juda mohir bo‘lish bilan baravar, 
davlat ishlarida tadbirli, vijdonli bir mansabdor edi.
— 
Ko‘zim sizda edi, marhamat qiling, — o ‘rnidan 
turib joy ko‘rsatdi Xo‘ja Afzal. — Hali devonda hech 
kim yo‘q. G ‘olibo, xoqon hazratlari hanuz haram1 
doirasidan chiqmagan bo‘lsalar kerak.
Navoiy o‘tirib, do‘stining shaxsiy ishlari haqida 
so‘ragandan keyin, awalgi suhbatlarda bo‘lganidek, 
gap yana davlatga, xalqqa doir umumiy masalalar 
sohasiga ko‘chdi. Navoiy adolatli davlatning asosiy 
sifatlari nimalardan iborat bo'lishi kerakligi, pod- 
shohning xalqqa va xalqning podshohga munosabati, 
vazirlardan va beklardan tortib, to eng kichik amal-
1 P o d s h o h n in g x o tin lari va saroy xonirrüari yashaydigan bino.
42


dorgacha har bir ish uchun qonun oldida mas’ul 
bo‘lishi, xalqning tirikchiligini yaxshilamoq uchun 
lozim bo'lgan choralar va hokazo to ‘g‘risida gapirdi. 
Butun bu masalalar ustida Xo‘ja Afzal shoiming fikri- 
ni quwatladi ham bu yaxshi niyatlami hayotda 
ko‘rmoqni orzu qildi.
— Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, — dedi 
Navoiy shavqlanib, — o‘zga xalqlar ibrat ola bilsinlar. 
Tokaygacha insonlar vahshat sahrosida qolurlar! Inson 
barcha maxluqotning tojidir. U sharafli, sof, go‘zal 
yashamog‘i kerak. Davlat arboblari aql va adolatni 
shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning 
zangini oltinga aylantirmoq mumkin.
— G ‘oyat go'zal fikr, g‘oyat go‘zal niyat, — ta ’kid- 
ladi Xo‘ja Afzal. — Lekin bu mamlakatda mansab- 
dorlar toifasining xalqqa jabr-zulm qilmog‘i bir odat va 
an’ana holiga kirib qolgan... Mana bu zo‘r balo!
— Har yerda jabming tig‘ini sindirmoq zarur, — 
dedi Navoiy qat’iyat bilan. — Zolimlar bilan murosa 
qilmoq jinoyatdir. Mabodo o‘zimiz sindira olmasak, 
podshohga arz etmog'imiz, uni aqlga, insofga da’vat 
qilmog‘imiz kerak.
Mulozim kirib, Navoiyga podshoh uni yo'qlayot- 
ganini bildirdi. Shoir tashqari chiqib, o‘ng yoqdagi 
qirq marmar ustunli qasrga tomon yurdi. Yeriga gul- 
dor chinnilar qoplangan dahlizda kafshini qoldirib, 
zarhal eshikni ochib, ichkari kirdi. To‘rda, taxtda 
o‘tirgan Husayn Boyqaroga uch marta bukilib, rasmiy 
ta’zimni bajo qilgach, ijozat so‘rab o ‘tirdi. Husayn 
Boyqaro belidan yuqorisi kengayib borgan qabariq 
ko‘krakli, keng yag'rinli, miqti gavdali edi. Yirik, 
qiyiq, o‘tkir qarovchi ko‘zlari iroda va ingichka hiyla 
bilan birga qandaydir beqarorlik, yengil va sho‘x tabi- 
atni ham ifodalar edi; boshida yirik gavharlar qadal- 
gan qorako‘l qalpoq, egnida yoqasi oltin gullar, qim- 
matbaho toshlar rang-barang porlagan qizil abrishim 
to ‘n. Enli kamarida oltin qubbachalar, yirik gavharlar, 
Badaxshonning asil la’li-yoqutlari olovlanar edi. 
Darichalari go‘zal boqqa ochilgan katta, yorug‘ uy-
43


ning devorlari, shipi porlagan oltin-kumush bilan, 
san’atning m o‘’jizasi bo‘lgan naqshlarning jonli 
gullari, yorqin va ohangdor bo‘yoqlari bilan ko'zlami 
beixtiyor ham uzoq vaqt o‘ziga qadab qo‘yardi. Yerda 
chamanday gullagan ipak gilamlar, baland shiplardan 
osilgan oltin qandillar, tokchalardagi asil ajoyib xitoy 
idishlar, ziynat aqlni shoshirar edi.
Navoiy o‘zini, har vaqt uchrashgandagidek, sar- 
bastlik bilan tutib, podshohning kayfini so‘radi. Hu- 
sayn Boyqaro ham shoir bilan uchrashganda o‘zini 
qadimgi do‘stdek tutishga tirishar edi. U ba’zi viloyat- 
larga, tumanlarga hokim tayin etish, Abusaid Mirzo- 
ning o‘g‘li Sulton Mahmud bilan qanday munosabat- 
da bo‘lish va hokazo masalalar haqida shoir bilan fikr 
olishdi. Navoiy hokimlardan boshlab to mahalla 
qorovuliga qadar yolg‘iz davlat manfaatini o‘ylaydi- 
gan, xalq bilan yaxshi chiqishadigan insofli odamlar- 
dan tayin etishni hamisha bir qoida qilib olmoq 
zarurligini uqtirdi. Sulton Mahmud bilan do‘stona 
munosabat bog‘lamoq kerakligini, agar u Movaroun- 
nahr bilan qanoatlanmay, Xurosonni bosib olish 
uchun fitna qo‘zg‘ab, tig‘ ko‘tar sa, omon bermaslik, 
kerakligini bayon qildi. Husayn Boyqaro bu flkrlarga 
sira e’tiroz qilmadi, bir nafas sukut qilib:
— Majiddin Muhammadni tanurmusiz? — deya 
birdan so‘radi.
— Taniymen, — javob berdi Navoiy. — Ammo, 
fe’l-atvorini bilmaymen.
— Bag‘oyat bo‘lumli inson, — dedi Husayn 
Boyqaro boshini tebratib. — Mirzoyi Kichikka ixlos 
bilan xizmat qilmoqda. Bizga sadoqati, himmati ba­
land, havasim keldi. Men uni parvonachi1 qilib olsam, 
degan mulohazaga keldim.
— Agar sadoqati samimiy bo‘lsa, — dedi Navoiy 
ikkilanib,— xoqon hazratlari sinagan bo‘lsalar, u taq- 
dirda kamina uchun e’tirozga o‘rin qolmaydi...
1 X onlik z am o n id a yirik m a n sab lard an . P arv o n ach i k o 'p in c h a p o d sh o h q oshida 
b o 'lib , farm o n lam i yozib tu ra r, ish lar h aq id a p o d sh o h g a m a ’ru za q ila r edi.
44


Husayn Boyqaro bu xususda qayta so‘zlamadi. 
Kimxob to'shakning ostiga qo‘lini tiqib, buklangan 
qog‘ozni oldi-da, kulib shoirga uzatdi. Novoiy ipakday 
mayin, qimmatbaho qog‘ozni ochib, tabassum bilan 
podshohga qarab qo‘ydi. Bu — Husayn Boyqaro yoz- 
gan g‘azal edi.
Husayn Boyqaroning yoshlikdan she’rga havasi 
kuchli edi. Bolalikdan Navoiy bilan birga o ‘qirkan, 
forsiy, turkiy shoirlami birga mutolaa qilishar, she’r 
haqida suhbatlashar, butun-butun qasidalami, g‘azal- 
lami yodlashar edi. Lekin yoshlikda ham fikri, xayoli 
ko‘p vaqt toju saltanat orzu-armonlari bilan band 
bo‘lgani uchun bo‘lsa kerak, shoirlikka oz qunt qilar, 
ba’zan bironta g‘azal yozib qo‘yar edi.
Navoiy g‘azalni dastlab ichida o ‘qidi. Keyin tovush 
chiqarib, chiroyli o‘qidi. Husayn Boyqaroning boshqa 
g‘azallari kabi, bu ham ravon, musiqiyli oshiqona 
g‘azal edi. Navoiy shu misralami maqtadi:

Yüklə 7,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin