To‘rtinchi bob
I
Bog‘i Zog‘onning bosh darvozasi oldidagi katta
maydon harbiylar bilan to‘la. Har yoqdan to‘da-to‘da
otliq sipohilar — navkarlar keladi. Otlar o‘ynoqlab
kishnaydi, tug‘lar hilpiraydi. Quyoshda dubulg‘alar,
sovutlar yaltiraydi. Beklaming kumush sopli qamchi-
62
lari, ot asboblaridagi kumush bezaklar, qilichlaming
qinlaridagi oltin, feruza va zabaijad toshlar ko‘z
qamashtirib yonadi. Navkarlar orasida oppoq soqoli
ko‘ksiga tushgan, lekin yigitlarday tetik qarigan chol
lar, jang maydonidagi dahshatli suronlarni ko‘ngilli bir
o‘yindek bilgan ham jang-jadal bilan suyagi qotgan
mag'rur bahodirlar bilan birga tajribasiz, miyiqsiz,
yosh-yosh yigitchalar ham bor... Tantanaga qaramay,
Hirot har kungi hayot bilan yashaydi; Hirot bunday
kunlarni ko‘p ko‘rgan! 0 ‘ynoqlagan otlarning oralari-
da g'ivillab, bir-birlari bilan baqirib-chaqirishgan
bolalar istisno qilinsa, kattalar: «Podshoh Muhamm ad
Yodgor ustiga otlanibdi», degan xabami eshitib:
«Xudo oq yo‘l bersin, yurtga tinchlik kerak», deb o‘z
tirikchiliklaridan qolmaydilar...
Mana, chorpaxil, mag‘rur Islim barios o‘zi uchun
yasatgan maxsus o‘q-yoyni osgan holda katta suvori
to‘daning boshida chang ko‘tarib, peshdor1 askarlar
sifatida il dam yo‘lga tushdi.
Bog‘i Zog'on darvozasidan Husayn Boyqaro ot
o‘ynatib chiqdi.
Tim qora, haybatli asov otining bezaklari oldida
uning kiyimlarining boy ziynati unchalik taajjublanur-
lik emasdi. Temur avlodi orasida qilich chopishdagi
mahorati bilan tanilgan Husayn Boyqaro kumush
so‘lug‘ini chaynab tipirchilagan otni pishiq tutib,
botirona bir tur bilan gerdaygan edi. Uning orqasida
beklar, sardorlar, sulton xonadonining yaqin aqrabo-
lari Xurosonning yuksak oilalariga mansub bo‘lgan,
saroyning husni, podshohning ziyofat va majlislari
uchun hashamat, dabdaba berishgagina xizmat qiladi-
gan duxoba qalpoqli, movut chakmonli, nozik ish-
langan qimmatbaho kamarlar taqqan yosh nozanin
yigitchalar to‘p-to‘p bo‘lib, otlarini gijinglatib turardi-
lar.
Bir dasta yasovullar oldin-ketin yugurib, havoda
qamchilarini o‘ynatib, podshohning yo‘lga chiqqa-
1 O ld in d a b o ru v ch i, ilg'or.
63
nidan darak berar, otliqlami, eshak minganlami egar-
dan tushirar, piyodalami ко‘charting ikki tomoniga,
devorlarga qapishtirar edilar. «Ha-hu» deguncha
odamlaming yelkalariga, boshlariga, qamchi tushib
qolar edi. D o ‘kondorlar do‘konlari ichidan chiqib,
viqor bilan qo‘llarini ko‘kraklariga qo‘yib, shohni
kutardilar...
Gavharshodbegim madrasasining sirtida, yuksak
peshtoq ostida tolibi ilmlar qalin bir guruh bo‘lib tu-
rishardi. Bular toj-taxt uchun Astrobod taraflarida
isyon ko‘targan Yodgor Mirzoning kimligi, qaysi nasi
va tarmoq bo‘yicha u Amir Temurga borib taqalishi
ustida muzokara qilishar; tirik, o‘lik, nomdor, nomsiz,
toj kiygan, toj kiymagan shahzodalami tilga olishar
edi. Sultonmurod bilan Zayniddin sho‘x hangoma va
latifalar so‘ylab, ba’zan hammani kuldirib turishar edi.
Favqulodda vajohatli, bir ko‘zi g‘ilay yasovul qamchi-
ni qahr bilan silkib, chopib оЧагкап, Zayniddin
qichqirib yubordi:
Hech kasro nazdi dud naguzoshti,
In du shohi gov gar har doshti'.
D o ‘stlar bir zumgina lablarini tishlab, jim qoldilar,
lekin yasovul kinoyani payqamay, uzoqlashib ketgach,
mahkam yumilgan lablaridan birdan qahqaha toshdi.
Sultonmurod do‘stining yelkasini qoqib dedi: «Sen
bo‘lmasang edi, bu jabrkor hayotda kulgini mutlaq
unutgan bo‘lur edik...»
Tantana bilan Husayn Boyqaro yaqin kelgach,
hamma tolibi ilmlar qo‘l qovushtirib, egildilar.
Sultonmurod boshini ko‘targanda, podshoh uzoqlash-
gan edi. Uning ko‘zi Navoiyga tushdi. Navoiy X o ‘ja
Afzal va shoir Shayxim Suhayliy, Kamoliddin Husayn
Kozargohiylar bilan bir qatorda, otini bo‘shgina tutib,
bu suron va tantanaga go‘yo loqayd, hamisha ko‘ngli-
ni to‘lqinlantirgan ilhomlarga, fikrlarga berilganday
'A g a r h o ‘kizning shoxlari eshakda b o 'lsa edi, u o ‘z yoniga h e ch k im ni y o ‘lat-
m as edi.
64
borar edi. K o ‘zlaridagi samimiy quvonch va muhabbat
bilan qarshilagan talabalarga shoir tabassum bilan ilti-
fot ko‘rsatib o‘tdi.
K o ‘chalarda hayot va harakat awalgi iziga tushdi.
Talabalar madrasaning tosh bag‘ri ichiga kirib, g‘oyib
bo‘ldilar. Sultonmurod yana hujraga kirib mutolaaga
berilishga mayl sezmadi. 0 ‘ziga zarur bo‘lgan ba’zi
nodir kitoblarni qidirib topishi kerak edi. Nogihon
uning yodiga ko‘pdan buyon uchrashmoqni istadigi
mashhur kimyogar mavlono Abdulahad tushib qoldi.
0 ‘ylab turmasdan, shahaming Darvozai Qipchoq
tarafiga qarab ketdi.
Hirotning chetida qaysi bir avliyoning sag‘anasi
bo‘lgan, zo‘r qayrag‘ochlar va qari chinorlar bilan
qoplangan katta jimjit go‘riston ro‘baro‘sida, xarob bir
uy oldida to‘xtadi. Bir vaqtlar o‘ymakoriik san’atining
go‘zal namunalaridan bo‘lgan, lekin hozirda zamon-
larning asta, omonsiz yemiruvchi ta’siri ostida o‘z
husn va tarovatini yo‘qotgan eshikni ohista taqillata
boshladi. Ichkaridan hech qanday sado eshitilma-
ganidan qattiqroq urdi. 0 ‘tkinchilardan biri o‘z
qulog'iga ishorat qilib, jilmayib, dedi: «Tosh bitgan!
Ichkariga marhamat qila bering!» U y sohibining
karligini birdan eslab, kulib, qo‘ydi-da, ichkari kirdi.
Egasi tashlab ketgan hovlidek, yowoyi o‘tlar bilan
qoplangan, og‘ir jimjitlik hukm surgan katta hovli
o‘rtasida bir nafas to‘xtadi. Atrofga bir qarab, keyin
tomida qaqqaygan quvurdan burqib tutun chiqayot-
gan, eski, lekin qo‘rg‘onday baland va mustahkam
uyga qarab yurdi. Bir necha qadam qolganda, uyning
haybatiga yarashmagan kichkina eshik ochilib, sopol
ko‘za ko‘targan bir kishi chiqdi. Uning katta, yumaloq
boshida kir taqya, egnida har joyi kuygan, turli dog‘lar
bilan yiltiragan eski jomakor; ko‘zlari yoshlangan, jid-
diy, salobatli yuzida olov yallig‘i jilvalangan, ko‘rkam
soqolining oqi kir sarg‘ish tus oigan. Ellik yoshlarda
bo'lgan bu ajoyib odam mashhur kimyogar va shoir
Abdulahad edi. U yigirma yildan buyon tinmasdan
yolg‘iz boshiga bu yerda kimyo ilmi bilan mashg‘ul
3 - 4 7 3 3
65
edi: turli moddalami qizitar, eritar, qo‘shar-ayirar, o‘z
ilmi hunarining chuqur tilsimlarida taajjublanarli sabr,
matonat va g‘ayrat bilan ishlar edi. Olov va har nav
moddalaming ta’siri ostida ko‘zlari zaiflashgan, quloq-
lari kar bo‘lgan edi.
Begona yigitni ko‘rish bilan kimyogar qotib qoldi.
Uning butun qiyofati allanechuk yomon o‘zgarib,
chuqur noroziligini bildirar edi. Sultonmurod bunday
odamlarning fe’lini yaxshi bilganligidan uning
noroziligini tabiiy deb hisobladi, tez-tez yurib, kimyo
gar qarshisida to‘xtab, samimiy ta’zim qildi. Kimyogar
xira, namli ko‘zlaridagi istehzo bilan unga boshdan-
oyoq razm solib, dilgir bo‘lganligini g‘alati, chuqur
xo‘rsinish bilan ifoda etdi.
— Faqiming ostonasiga ne maqsad bilan qadam
bosdingiz? — sekin, lekin norozilik ohangi bilan
so‘radi kimyogar.
Sultonmurod qaddini rostladi. 0 ‘jar olimning ilti-
fotini qozonish uchun quwayi nutqini ishga soldi.
Tomoqlari qirilgunday, baland ovoz bilan dastlab
kimyogarga madh-sano o'qidi, keyin o‘zini tanitib,
qanday maqsad bilan kelganini so‘zladi.
— Mashg‘ulotimga xalal berguvchilar bilan do‘st
tutunmaymen, — yana ayni dag'al ohang bilan dedi
kimyogar.
— Taqsir, — dedi Sultonmurod ehtirom bilan, —
biz shul toifadanmizki, ular ilm uchun chekilgan har
qanday mashaqqat va mahrumiyatni hayotning ulug‘
ne’mati, deb bilurlar. Janoblari ilmi kimyoda zamo-
namizning Ja’fari'dirsiz. Sizning har bir so‘zingiz biz
kabi ilm gadolari uchun tilla va nuqradan afzaldir.
Modomiki, tangri sizga benihoyat xazina baxsh
etmish, bu kamina shogirdingiz saxovat yo‘lini tut-
moqligingizdan umidvordir.
Abdulahad kuyib siyraklashgan qoshlarini chimi-
rib, indamasdan uzoqlashdi. Sultonmurod o‘jar
kimyogarning qabul qilishidan umidi so‘nib, uning
1 Qadim arab kimyogari.
66
orqasidan qarab qoldi. Olim hovlining o‘rtasidagi
chuqurga ko‘zachadan qoramtir-chirkin suyuqlikni
ag‘dardi-da, yerga qaragan holda asta yurib keldi va
boshini ko‘tarmasdan, birdan qandaydir sirli tovush
bilan so‘radi:
— Niyating xolis, kimyoga muhabbating, haqiqat-
ga imoning barqarormi?
— N e til bilan arz etay? — xitob qildi Sulton-
murod.
— Marhamat qil!
Sultonmurod haddan tashqari quvonib, olimning
ketidan uyga kirdi. Bu «kimyoxona» masjidning xona-
qosiday katta, chorxari uy edi. Is bosgan shipida ikki
joyda shaffof qog‘oz bilan qoplangan katta tuynuklar
bo‘lganidan xona ichi qorong‘i emasdi. Tokchalarda,
yerda har xil kattalikda va shaklda bo‘lgan sopol
ko‘zalar, mis va temirdan har nav idishlar, g‘alati
shishalar, katta-kichik hovonchalar, har turli temir-ter-
sak qalashib yotardi. « Kimyoxona» ning to‘riga qator
qurilgan baland-past o‘choqlar oddiy o‘choqlarga aslo
o‘xshamas edi. Bir o ‘choqda gurillab olov yonardi.
Dekchaga o‘xshash bir idishda nimadir burqib tu-
radi...
Sultonmurod o‘zini allaqanday bir tilsimot ichida
sezdi. Kimyoning sirlarini tezroq fahmlashga orzusi
qancha kuchli bo‘lmasin, sirli amaliyotga qancha
oshiqmasin, lekin bironta idishga, bironta moddaga
qo‘l tekkizishga botinmadi. Abdulahad esa go‘yo uni
butunlay unutganday, «churq» etmasdan, jiddiy
timirskilanadi; goh olovga qaraydi, goh burqigan mod-
dani ternir asbob bilan kavlaydi, goh ularni qo‘shadi-
da, bir chekkaga olib qo‘yadi. G o h chuqur o‘yga
botib, keyin birdan harakatga kirib ketadi. Xovon-
chada nimanidir tuyadi.
Chamasi ikki soat shu tariqa sukutdan so‘ng
Abdulahad bir chekkada qaqqayib, uning har bir
harakatini ko‘zdan qochirmagan yigitning oldiga
keldi. Kinoyasiz tabassum bilan unga qaradi.
— Ilmi kimyo, — dedi u shivirlaganday, — ilmi
67
xufyadir, asrori g‘ayb' ilmidirki, nomahramning nazari
mushkilotning haliga mone bo‘lishi mumkin. Bu bob-
ning ustod komili Ja’fardan boshlab, bu zamonga
qadar ozmuncha xaloyiq bu maqsad yo‘lida zahmat
chekmagan!
—
Muhtaram ustoz, — dedi Sultonmurod yali-
nib,— kaminaning niyati pokligiga zarra qadar shubha
etmangiz. Bu qulbachchangizning murodi m a’rifatdir.
Bundan o‘zga hech bir andisha uning ko‘ngil oinasiga
aslo soya solmagandir. Yana bir nuqtani ishorat et-
moqni lozim bilamenki, dunyoda uch nimarsa uch
nimarsasiz qoim bo‘lolmagay: mol — betijorat, dav-
lat — besiyosat, ilm — bebahs... Taqsir, bahs asnosida
fikrlaming zarbalaridan haqiqatning chaqmog‘i yon-
g‘usidir...
Kimyogar bir qadar yumshaganday bo‘ldi. Ba’zi
ilmlar haqida suhbatlashgandan keyin Sultonmurod-
ning bir ko‘p ilmlarda bag‘oyat komil ekanini sezdi.
Uning zehnining o ‘tkirligiga, ma’lumotining kengligi-
ga o‘z ichida taajjublandi. Bu nodir qobiliyatning
o‘tinchini qaytarishni axloqqa munosib ko‘rmadi
shekilli, nihoyat, o‘z ilmining sirlarini ocha boshladi.
Dunyoni tashkil etgan mashhur to‘rt unsur2 haqida
qadim yunon va arab donishmandlarining fikrlarini
tushuntirib, bu unsurlaming aslida vohid3 ekanligini,
qandaydir bir javhar mavjud bo‘lib, hamma jismlar-
ning suratlari unga bog‘liq ekanini, ham yetti sayyo-
raga muvofiq tushadigan yetti modda mavjudligini,
shu jumladan oltin— quyoshga, kumush— oyga, mis —
Zuhra yulduziga... va hokazo mos kelishini bayon
qildi. Kimyogarning so‘zi borgan sari sir pardasiga
chuqurroq o ‘rala boshladi. U barcha m a’danlami ikki
guruhga ayirdi. Birinchi guruhni nuqsonli, illatli mod-
dalar deb atadi. Bu m a’danlamnig tabiatidagi illatni
kimyo yo‘li bilan sug‘urib tashlab, ulami oliy darajaga
ko‘tarish, ya’ni, masalan, simobdan kumush, misdan
1 O sm on sirlari.
1 Suv, havo, tu p ro q va o ‘t.
’ Birlik.
68
oltin yasamoq mumkinligini shavq va hayajon bilan
so‘zlab ketdi. Bu fikrlar bilan Sultonmurod yaxshi ta-
nish edi. Ammo kimyogar illatli moddalami oliy dara-
jaga ko‘tarmoq uchun eksir degan bir nima kerakligi-
ni ham uni hosil qilmoq uchun nimalar qilish zarurli-
gi to‘g‘risida sir bilan to‘la m a’lumotni soatlarcha
so‘zlagach, diqqat bilan tinglagan Sultonmurodning
tinkasi quridi. Lekin o‘z ilmining sehriga berilgan ham
misdan oltin yasash fikriga umrining gulini bag‘ishla-
gan ajoyib olimning so‘zini kesishga botinmadi.
Nihoyat, qaysi bir o‘choqdan keskin, noxush hid
dimog‘iga urgach, kimyogar birdan qo‘zg‘alib, yugur-
dida, moddalar ustida uzoq urinib qoldi. Sultonmurod
bahsni yangilamaslikka tirishdi. Oqshom Abdulahad
qumg‘on qaynatib, dasturxon yozdi.
Shu uyning o‘zida, miltillagan sham nurida ular
dam kimyodan, dam ilmi badi’‘dan gapirishib, non
ham magiz bilan qorin to‘ydirdilar.
Sultonmurod bu yerda bir qancha vaqt qolib, ustod
bilan birga ishlab, eksiming siriga yaqindan voqif
bo‘lish niyatida ekanligini so‘zlagach, kimyogar uning
bu talabini hech bir e’tirozsiz qabul qildi.
Ikkinchi kun yosh olim katta shavq va ruhlanish
bilan kimyoga berildi. Moddalar ustida ishlarkan,
qo‘llarini va kiyimlarini kuydirdi. Moddalarning
o‘zgarishi haqida Abdulahad bilan soatlarcha suhbat-
lashar, ba’zan talashar edi. Ishga qiziqqandan, tong
otib, quyosh botganini sezmay qolardi. Shu tariqa o‘n
besh kun bosim mashg‘ul bo‘ldi. U kimyo yo‘li bilan
misni oltinga aylantirish xayolidan uzoq bo'lgani
uchun
kasb
etgan
m a ’lumotni keyincha
o‘zi
chuqurlashtirmoqqa yetarli hisobladi-da, nihoyat,
kimyogar bilan ota-o‘g‘il kabi samimiy xayrlashdi.
Vaqt peshindan oqqan edi. Sultonmurod shahar
ichiga kirib borgan sayin uchragan amaldorlarning,
navkarlaming harakatlarida, odamlarning ko‘zlarida,
bolalaming yugurishlarida qandaydir o‘zgacha m a’no-
' G o 'z a llik ilm i, she’r va sa n ’a t nazariyasi.
69
ni seza boshladi. Hayotda favqulodda bir hodisa ro‘y
berganiga ishondi. K o ‘m-ko‘k panjali qo‘llarini keskin
sollantirib, ildam ketayotgan bo‘yoqchini to‘xtatib,
so‘rashga tirishdi. Buyoqchi sabrsizlik bilan, dag‘algi-
na qilib: «Ey, mullam, ulusning dardi ko‘p, qay birini
aytayin!» dedi-da, yugurganicha ketaverdi. Sulton-
murod hayajonlandi. Odamlar orqasidan ildam jo‘na-
di. Halloslab, rangi o‘chib, Devonxonaga kelgach, bu
yerda, maydonda qalin olomonni ko‘rdi. Aksari sha-
haming har nav kosib-hunarmandlari ham atrofdan
kelgan uzuq-yuluq kiyimli dehqonlar edi. Xalq qurol-
siz edi, lekin ko‘zlarida yongan g‘azab, yuzlaridagi jid-
diy qahrli ifoda uni portlashga tayyor dahshatli bir
kuchga aylantirgan edi. Shaharlaming qamalini, katta-
kichik janglami bir vaqtlar o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan
Sultonmurod nogoh ichidan titrab ketdi. Olomon
asabiy to‘lg‘andi. Havoda kuchli g‘ulg‘ula-suron to‘l-
qinlanadi. Navkarlaming rangi o‘chgan. Ular xavfsi-
ranib, ko‘zlari ola-qaroq bo‘lib, chetlanib yuradilar...
Sultonmurod qo‘rqinchli suvning sayoz yerlarini oldin
sinab, keyin chuqur tomonlariga ehtiyot bilan borgan
suzuvchi kabi, olomon orasiga asta-asta kirib bordi.
Ham m a amaldorlardan, soliqchilarning zulmidan,
soliqlarning og‘irligidan shikoyat qilardi. Xalq bir ko‘p
amaldorlarni barala haqorat qiladi, qarg‘aydi.
— X o ‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin, Nizomiddin
Baxtiyorlar chiqsin qoshimizga! — qichqiradi yuzlar-
cha ovoz...
Aftidan yuvosh ko‘ringan bir m o‘ysafid yig‘i-sig‘i
bilan Sultonmurodga shikoyat qildi: «Podshoh musul-
mon, vazirlar musulmon. Lekin bunchalik jabmi koflr
ham o‘z eliga ravo ko‘rmaydi. Yurtdan insof-adolat
ko‘tarilgan!
Shariat xor! Xonavayron bo‘ldik!»
Sultonmurod titrak lablari bilan unga taskin berarkan,
juldur kiyimli, qahrdan yuzlari tirishgan bir dehqon
quloqlari ostida hayqirdi: «To‘g‘onbekni qo‘limizga
topshirmagunlaricha, bu yerdan ketmaymiz!»
— Qaysi T o ‘g‘onbek, birodar? — yelkasidan turtib
so‘radi Sultonmurod.
70
—
Yangi tug‘ilgan itlardan... Bilamiz, T o ‘g‘on-
bek! — Sultonmurodga qaramasdan, to‘lqin ichida
yo‘qoldi dehqon.
Sultonmurod qaynagan olomon ichida turtki yeb,
bosilib, ezilib, uzoq yurdi. Haqorat, g‘azab alam bi-
lan aytilgan uzuq-yuluq gaplardan bu g‘alayonning
asli sababini uqib ola bildi: podshoh va bir ko‘p vazir-
lar Hirotni tark etishi bilan zakot ishlarini idora qiluv-
chi X o ‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin, Nizomiddin
Baxtiyor va hokazo ma’murlar, o‘z bilgilaricha, xalq-
qa yangi soliq soladilar. Xazina uchun emas, o‘z
foydalari uchun yig‘moqchi bo‘lishgan soliqni vaqt
g‘animatda mumkin qadar tez undirishga jadal qiladi-
lar. Buning uchun eng qattiq va chirkin choralar
qo‘llaydilar. Bundan tashqari, ular fuqaroga har xil
jabr-sitam ko‘rsatib, uning haq-huquqlarini poymol
etadilar.
Zamon olimlarining saromadi bo‘lishgagina intil-
gan Sultonmurod shu vaqtgacha xalq tirikchiligidan
uzoq yashar, uning dardlariga begona edi. Uning
butun fikri ilmiy nazariyalar samosida, qalin kitob-
larning changlari orasida, olimona munozaralaming
so‘z maydonida parvoz qilardi. Xalq kim, u nima
bilan tirikchilik qiladi, nima o‘ylaydi, dardi nimada,
o‘z mushkilotlarini qanday hal etadi — mana buning
singad masalalami aslo o‘ylab ko‘rmagan edi. Uning
e’tiqodicha, xalq ilmga begona insonlardan iborat bir
guruh edi. U ilm orqasida raso inson bo‘lish mumkin-
ligiga ishonganidan, xalqni har yerda, har ishda
jahlning qurboni, deb tushunar edi. Uning bu qarash-
lari, qanoatlari hozir xalq bo‘roni ichida ost-ust bo‘ldi.
Katta, favqulodda voqea qarshisida inson har narsani
unutib, yolg‘iz shu voqeaning hayajoni, sezgisiga
berilganidek, yosh olim ham butun vujudi bilan xalq
fikriga, xalq dardiga qiziqdi. U dahshatli suron ichida,
kuchli hayajonda bo‘lishiga qaramay, isyonning
sabablarini muhokama qildi va ichida shunday qaror-
ga keldi: «Xo‘ja Abdullo, X o ‘ja Qutbiddin kabi oliy
vazifador ham ilmdan bahramand zotlar o‘z nafslari,
71
xudkomliklari1 uchun fiiqaroga bu daraja zulm-sitam
qilibdilar. Aslida, johillar ulardir. Filhaqiqat, insoni
komil bo‘lmoq uchun ilmdan o‘zga yana bir ko‘p
sifatlar kerak emish. Undog‘ zolimlarga har nechuk
jazo ham ozdir!»
Xalq, kuchli yer bilan chayqalgan dengiz kabi, bir-
dan qo‘zg‘aldi. Sultonmurod o‘zini chetga olmoqqa
tirishsa ham, xalq to‘lqini uni surib ketdi. Devonxona
eshigida dahshatli shovqin, ur-yiqit boshlandi. To‘lqin
katta hayqiriq bilan ichkariga intildi. Keng daraxtzor
sahnga yoyildi. Mahkamadagi xonalarga yuzlarcha
toshlar g‘izillab uchdi. Odamlar shovqin bilan xonalar
ga yopirildilar. Darichadan X o ‘ja Abdullo o‘zini uloq-
tirib, daraxtzorlar ichiga yugurdi. Orqasidan toshlar
g'izilladi. Mana, u bir zum qotib boshini ushladi — oq
salla qip-qizil qonga bo‘yaldi. Olomon hayqirib,
chuwos solarkan, yarador amaldor yiqila-qo‘pa
daraxtlar orasida g‘oyib bo‘ldi. Olomon endi X o ‘ja
Nizomiddin Baxtiyomi la’natlab, to‘rt ko‘z bilan
hamma yoqni qidira boshladi. Lekin to'polonning
boshlang‘ichidayoq uyga borishga qo‘rqib, qaysi bir
madrasa
orqali
yo‘lni
chap
berib,
qaergadir
yashiringanini habardor odamlar bildirishgach, xalq
yana chuwos ko‘tarib la’natladi.
Namoz asrga yaqin olomonning g‘azabi asta-asta
sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi. Isyonchilaming
boshqa bir qismi yana qaysi bir amaldoming uyi oldi-
da g‘avg‘o ko‘tarish uchun, zug‘um bilan bir yoqqa
jo‘nadi. Tiqilinchdan, shovqindan ancha charchagan
edi, olomon ichidan surilib chiqib, o‘z madrasasi
tomon ketdi. Namozni tark qilmaslik uchun yo‘lda,
bir masjidda asr namozini ado etib, shomdan keyin
madrasaga keldi. Taassurotini so‘zlashga oshiqib,
Zayniddin hujrasiga o‘zini urdi. Lekin do‘stini top-
masdan, Aloiddin Mashhadiy hujrasiga o‘tdi. Shoir
barmoqday shamning xira nurida, har vaqtdagi kabi,
taqir po‘stakda o‘tirar, burchakda to‘ngakday og‘ir
'Y o lg ‘iz o ‘z m an fa a tin i k o 'zlo v ch i, o ‘zinigina sevuvchi.
72
cho‘kkan T o ‘g‘onbekka nimanidir miljinglar edi.
0 ‘choqda gurillab olov yonadi, qozonda et qaynaydi.
T o ‘g‘onbekning yonida shishalarda may...
Salom-alik qilishgandan so‘ng Sultonmurod hov-
liqib so‘radi:
— Eshitdilaringmi?
— Nimani? — so‘radi Aloiddin.
— Ajab voqealar bo‘lmoqda, xalqning haqiqat
talab qiigan ovozidan butun Hirot larzada... — shavq
bilan dedi Sultonmurod.
— Eshitdik, — dedi Aloiddin qozonga telmurib. —
Xalq emas, bir guruh hayvon na’ra tortmoqda!
Sultonmurod titrab ketdi. Bu ojiz banda bilan bahs-
lashmoqni foydasiz bildi-da, u T o ‘g‘onbekni achitdi.
— Siz bir vazifada edingiz, — dedi u istehzoli
kulib, — ammo uning na ekanini bizdan pinhon
tutardingiz.
Alhamdulillo,
bukun bilib
oldik...
Maslahatim shulki, bukun shaboxun1 urib, o‘zga biron
go‘shaga chekiling!
— Ulusga ne yomonlik qilibmiz? — beparvolik
bilan so‘radi To‘g‘onbek.
— Ulus, — javob berdi Sultonmurod tanbehlovchi
ovoz bilan. — X o ‘ja Abdullo Xatibning boshini yordi.
Sizning ismingizga la’nat toshlari otdi!
T o ‘g‘onbek garchi vaziyatini ozgina bo‘lsin o ‘zgar-
tirmagan bo‘lsa ham, tili kesilib, vahm bir sukutga
ketdi. Aloiddin titrab, yarim yumuq ko‘zlari bilan
Sultonmurodga o ‘qrayib qo‘ydi.
— T o ‘g‘onbek o ‘zi bir tog‘, — dedi u jahl bilan,
asabiy ravishda chiyillab. — Uning orqasida yana bir
silsila tog‘lar bor!..
— Ishonamen, lekin xalqning qudratiga, bo‘roni-
ga hech qanday tog‘ dosh kelolmas! — dedi-da,
Sultonmurod keskin odimlar bilan chiqib ketdi.
'T u n p an asid a.
73
|