Axloqiy munosabatlar Axloq va uning ta’rifi



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#166433
  1   2   3   4
axloqiy munosabatlar


Axloqiy munosabatlar
Axloq va uning ta’rifi. Hech bir inson jamiyatdan tashqarida, yakka holda yashamaydi. U odamlar orasida o‘sadi, ulg‘ayadi, hayot kechiradi, o‘zining butun hayoti va faoliyati davomida har xil toifadagi ko‘plab insonlar bilan, kattayu kichik mehnat jamoalari bilan muloqotda bo‘ladi. Bu insonning o‘z kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishi zarurligi bilan bog‘liq.
Jamoa bo‘lib yashash jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an’ana va qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya’ni ijtimoiy munosabat xulq-atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarining majmui axloqning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning manbai jamiyat ehtiyoji va manfaatlaridan iborat.
Kishilarning kundalik hayotida odob, xulq-atvor, axloq kabi tushunchalar ko‘plab ishlatiladiki, bunda odob biron kishining o‘zini tuta bilishi tufayli sodir etadigan oddiy, chiroyli, yoqimli xatti-harakatini (masalan, yoshlarning keksalarga salom berishi, transportda joy berishi kabilarni) anglatsa, xulq-atvor esa kishiga odat bo‘lib qolgan, takrorlanib turadigan muomala, xatti-harakat va ruhiy xususiyat, fe’l va avzoyining bir butun majmuini (masalan, muayyan kishining to‘y-marakalarda ochiq ko‘ngil bilan chin dildan xizmat qilishini) bildiradi. Demak, «odob» torroq, «xulq-atvor» esa unga qaraganda kengroq ma’nolarga ega tushunchalardir.
«Axloq» – arabcha so‘z bo‘lib, kishining tabiati, muomala, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya, adab, xatti-harakat odobi degan ma’nolarni anglatadi1. Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarni o‘zida mujassam etadi.
1 Qarang: Ўзбек тилининг изоҳли луғати. Ж.1. – Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2006. – Б.120.
Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishida, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan munosabatlar; ularning xulq- atvori, yurish-turishi; adolat, sadoqat, burch, baxt kabi bir qator tushunchalarda ifodalanadigan munosabatlarining majmuiga aytiladi. Shundan kelib chiqqan holda, jamiyatning serqirra va murakkab axloqiy hayotini aks ettiruvchi «axloq» tushunchasini kategoriya sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin.
Axloq inson va jamiyat o‘rtasidagi obyektiv aloqadorlik tufayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida har bir shaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat prinsip va normalarining majmuidir.
Axloq ijtimoiy hodisa bo‘lib, jamoalar bilan shaxslar o‘rtasidagi ehtiyoj va manfaatlarga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabat sifatida insoniyat jamiyati bilan bir vaqtda vujudga kelgan. U o‘zining tarixiy taraqqiyoti davomida quyidagi vazifalarni bajargan:

  • umuminsoniy madaniyatning inson tabiiy xislatlarini o‘zgartiruvchi faoliyat shaklidagi tarkibiy qismi;

  • jamiyatda yashovchi har bir shaxsni har tomonlama kamol toptiruvchi ma’naviy-ijtimoiy omil asoslaridan biri;

  • kishilarning ichki tuyg‘ulari, hissiyotlarini o‘stirib, umuminsoniy moddiy va ma’naviy qadriyatlarni anglab yetish, asrash va kelgusi avlodlarga yetkazib berish yo‘llaridan eng afzali;

  • oila va kundalik turmushda mavjud bo‘lgan oilaviy burch, o‘zaro hurmat, sadoqat, or-nomus kabi an’analarni avloddan-avlodga o‘tkazish asosida davom ettirish vositasi;

  • adolatli jamiyat qurish va unda boy-badavlat, tinch-totuv, baxtli yashash g‘oyasi va h.k.

Axloqning mazmunini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi, kishilarning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosi xilma-xil shakllardagi mulklardan iborat bo‘lgan bir vaqtda uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish, o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi, vatanparvarlik
tashkil etadi1. Shubhasiz, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalq- larining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilgan masalalar, ya’ni axloq, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli kabi muammolarni o‘rganish bilan bevosita axloqshunoslik fani shug‘ullanadi.

Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin