Axloqiy munosabatlar Axloq va uning ta’rifi



Yüklə 68,28 Kb.
səhifə4/4
tarix20.11.2023
ölçüsü68,28 Kb.
#166433
1   2   3   4
axloqiy munosabatlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Axloqiy
Axloqning tarkibiy qismlari. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi murakkab tuzilishga ega bo‘lib, asosan uch tarkibiy qismdan: axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlardan tashkil topadi.
Axloqiy ong. Jamiyatda yashovchi har bir insonning mehnat faoliyati, xatti-harakatlari uning ongi orqali boshqariladi. Chunki ong kishilarning obyektiv olamni, ya’ni jamiyatni, tabiatni aks ettiruvchi g‘oyalari, naza- riyalari, his-tuyg‘ulari va odatlarining majmui bo‘lib, siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar va kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Binobarin, axloqiy ong ijtimoiy ongning bir shaklidir.
Ichki ishlar idoralari xodimlarining axloqiy ongi xizmat jamoalari- ning manfaatlariga mos keluvchi axloqiy tushuncha, g‘oya, qarash, ishonch, tuyg‘u, hissiyotlarning bir butun tizimidan iborat bo‘lib, kishilar, xususan, ichki ishlar idoralari xodimlarining jamiyatdagi, kundalik turmushdagi axloqiy faoliyati va xulqi u aks ettiradigan obyekt hisob- lanadi.
Axloqiy ongning tuzilishi. Axloqiy ong ikki ajralmas qismdan, ya’ni muayyan bir xodimning ongi bo‘lgan individual ong va bir qancha xodimlar birlashmasi bo‘lgan xizmat jamoalarining ongini o‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy ongdan iborat bo‘ladi. Individual axloqiy ong tarkibiga – shaxsning his-tuyg‘usi, fikr-mulohazalari kabilar, ijtimoiy axloqiy ong tarkibiga esa jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etiladigan kodekslar, kategoriyalar, normalar, prinsiplar, mafkuraviy g‘oyalar va boshqa qonun-qoidalar kiradi.
Axloqiy ong darajalari. Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy ongi kundalik-hissiy va aqliy-nazariy darajalarga ega.
Kundalik-hissiy darajadagi axloqiy ongga axloqiy tuyg‘ular, hissi- yotlar kiradi. Ma’lumki, hissiyot insonning mavjud voqelikka munosabati uning ehtiyoji va manfaatlariga muvofiq kelishi yoki kelmasligini aks ettiruvchi ichki kechinmalari, his-tuyg‘ulari bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyoti ularning o‘zi va boshqa odamlar tomo- nidan bajarilgan xatti-harakat, ish, muomala, qiliqlarga nisbatan paydo bo‘lgan ichki, subyektiv ruhiy kechinmalari hisoblanadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyoti – ularning o‘zi va boshqalar sodir etgan xatti-harakatlarni, muomalalarni ma’qullashlari yoki qoralashlari, ularga nisbatan axloqiy mamnuniyat yoki axloqiy norozilik izhor qilishlariga qarab ijobiy va salbiy turlarga bo‘linadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyotlari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

  1. Vatanga bo‘lgan muhabbat tufayli vujudga keladigan vatanpar- varlik, kasbiy burchga sadoqat, jamiyat oldida mas’ullik, milliy iftixor, adolatparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari;

  2. xodimlarning shaxsiy xislatlarini namoyon qilishda paydo bo‘ladigan vijdon, or-nomus, qadr-qimmat, g‘urur, o‘z xatti-harakatlaridan qoniqish, qilmishidan xijolat tortish hissiyoti;

  3. odamlarga yordam berish, ularning hojatini chiqarib, ko‘nglini olish hamda boshqa xayrli ishlar qilish jarayonida yuzaga keladigan yaxshilik qilish, ezgulikka intilish fazilatlari;

  4. o‘zaro munosabat vaqtida paydo bo‘ladigan g‘amxo‘rlik, ishonch, hurmat, samimiyat, rahmdillik hissiyotlari.

Ichki ishlar organlari xodimlarining axloqiy hissiyotlari jamiyat rivojida quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:
birinchidan, ular kishilar tomonidan sodir etilgan axloqiy xatti- harakatlarga jamoat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan axloqiy norma, prinsip va qonun-qoidalar nuqtai nazaridan baho beradi, ulardagi ijobiy va salbiy axloqiy qadriyatlarni, insonning ularga munosabatini ko‘rsatib beradi;
ikkinchidan, axloqiy hissiyotlar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni boshqaruvchi hamda shaxsiylik bilan ijtimoiylikni uyg‘unlashtiruvchi vosita vazifasini o‘taydi;
uchinchidan, axloqiy his-tuyg‘ular tufayli qoida, norma va prinsiplar insonning ishonch-e’tiqodiga aylana boradi, bu esa, o‘z navbatida, insonning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qiladi;
to‘rtinchidan, axloqiy hissiyot nafaqat boshqarish, uyg‘unlashtirish vazifalarini, balki shaxsning o‘zligini anglash, ichki imkoniyatlarini har tomonlama rivojlantirib, voqelikka aylantirish vositasi vazifasini ham bajaradi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, axloqiy hissiyotlar bo‘lmasa, shaxslar o‘rtasida chinakam axloqiy munosabatlar ham bo‘lmaydi. Chunonchi, axloqiy hissiyotlar insondagi ijtimoiylikning ichki ko‘rinishi bo‘lib, ularni to‘laqonli shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nazariy-aqliy darajadagi axloqiy ong norma, prinsip, qoida va g‘oyalar shaklida bo‘ladi.
Axloqiy amaliyot. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb axloqi asoslaridan birini xodimlarning axloqiy amaliyoti tashkil etadi. Ma’lumki, har bir faoliyatda aniq bir maqsadni ko‘zlab, tegishli vosita va usullar orqali harakat qilinadi hamda ma’lum natijalarga erishiladi. Demak, maqsad, vosita va natijalar inson faoliyatining, jumladan axloqiy amaliyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Yüklə 68,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin