ilk fïkrlar
Agrokim yo fani dehqonchilikning hayotiy zarur talablari asosida
yuzaga keldi. M a ’lumki, dehqonchilik insoniyat tarixidagi eng qadimiy
ishlab chiqarish sohasi hisoblanadi. Dehqonlar juda qadim zam onlardan
buyon tu p ro q unum dorligini oshirish uchun turli tum an vositalardan
foydalanib kelganlar. Bu vositalar ko‘p hollarda tavakalchasiga ishlatilsa
ham , o 'z in in g ijobiy natijalarini bergan.
M asalan, qadimgi rimliklar tuproqqa chorva mollarining axlatlaridan
tashqari kul, gips, ohak va mergel kabi m inerai m oddalarni ham solish
lozimligini yaxshi bilganlar. Tuproqning tip larig a qarab m ergelning
turli xillarini q o ‘llash yaxshi natija berishini e ’tiro f qilganlar. Shu-
ningdek, ekinlar alm ashlab ekilganda, tu p ro q q a solinadigan m oddalar
yakka ziroatchilikdagidan ko‘ra yuqori sam ara berishi am alda isbot-
langan.
Ayrim o ‘simliklarning gullash davrida urib, tuproqqa aralashtirib
yuborish, izidan ekiladigan ekin hosildorligini sezilarli darajada oshirishi
Vezuviy vulqoni yon bag‘irlarida lyupin o ‘sim ligini y etishtirish
jarayonida aniqlangan.
Lekin tuproqqa aralashtirib yuborilgan ko‘k massa uni azot bilan
boyitishini, shuningdek, vulqon lavasi tarkibidagi ko‘p miqdordagi
qiyin eriydigan fosfor va kaliyni lyupinning ildizidan
ajraladigan
nordon suyuqlik eritib, o'simlik o'zlashtira oladigan holatga o'tkazib
berishini m ahalliy aholi bilmagan, albatta.
M eksikada yashagan hindu qabilalari o 'z la rin in g ehtiyojlaridan
ortib qolgan, shuningdek, toMqinlar q irg ‘o q q a chiqarib tashlagan
baliqlarni maydalab, tuproqqa solish, m akkajo‘xori hosildorligiga ijobiy
ta ’sir ko‘rsatishni kuzatganlar, lekin uning m ohiyatini tushunib yetm a-
ganlar. D ehqonchilik «kashf qilingan» ilk davrlarda insonlar hosil
taqdirini bevosita xudolarning nomi va faoliyati bilan bog‘laganlar.
Lekin vaqt o ‘tishi bilan agrotexnika tadbirlarining, shu jum ladan o ‘sim -
liklarni oziqlantirishning dehqonchilikdagi ahaniiyati yaqqol nam oyon
bo'la bordi va bu masalaga oid asarlar paydo boMdi. M asalan, o ‘z
davrining m ashhur kishisi K olum ellaning asarlarida dehqonchilikka
oid kitob yozgan 50 dan ortiqroq tad qiqotchining nomi keltirilgan.
Lekin ularning ju da ham kam qismi bizgacha yetib kelgan.
M iloddan avvalgi VIH asrda G esio d d e h q o n c h ilik taqv im in i
nazm da ifoda qilgan bo'lsa, undan uch asr keyin (m iloddan aw algi V
asr) K senofondning «ïqtisod» asarida d e h q o n c h ilik m asalalari bir
m uncha keng bayon qilindi.
« 0 ‘sim liklar qanday qilib va nim a bilan oziqlanadi» — degan
savol q a d im -q a d im la rd a n buyon in s o n la rn i, ay n iq sa ilm a h lin i
qiziqtirib kelgan.
Bu savolga birinchi bo'lib buyuk yunon m utafakkiri Arastu (Aris-
totel) eram izdan avvalgi IV—III asrlarda t o ‘g ‘ri javob berdi. U
0
‘sim -
liklar o ‘zlarining ildizlari bilan tuproqdan kerakli oziq m oddalarni
o ‘zlashtiradi, degan xulosaga keldi.
Feofrast (Arastuning eng iqtidorli shogirdi) ustoziga qarshi o ‘laroq,
o'sim liklar faqatgina yashil barglari bilan oziq lan ad i, ildizlar esa,
o'sim liklarni substraída tutib turish uchun xizm at qiladi, degan g ‘oya-
ning tarafdori edi.
M ana shu ikkita taxm in (gipoteza) keyinchalik o ‘siniliklarning
oziqlanishidagi bitta jarayonning ikki tom onini-ildizdan (m ineral) va
havodan (fotosintez) oziqlanishlarning rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Feofrastni botanika fanining «otasi» deb ataydilar. Lekin u tuproq-
shunoslik haqida fikr yuritib, uning xossalari va tarkibini o ‘rgangan,
ekinlarni guruhlashga harakat qilib, ularga
o ‘g‘it (mahalliy o ‘g ‘it,
albatta) turlarini tavsiya qilgan edi.
Y unonistonda dehqonchilik va o ‘simlikIarning oziqlanishi haqidagi
fikrlar ancha erta shakllangan bo ‘lsa, dunyoning boshqa chekkalarida
bir m uncha keyinroq paydo boMdi. M iloddan aw algi II asrda rimlik
Katon (yirik q u ldo r va davlat arbobi) «Dehqonchilik» asarini yozdi.
Asarda «tuproq unum dorligi nima» degan savolga u «yerni shudgorlash,
shudgorlash va g o ‘nglash» deb javob berdi.
M iloddan aw algi 35-yilda Varron (81 yoshda) qishloq xo'jaligiga
oid traktat yozdi. Bunda u ko'proq Feofrastning fikrlariga tayanadi.
Eram izning boshlariga kelib Italiyada dehqonchilikka oid ko‘p
sondagi adabiyotlar to ‘plandi. Ayrim ekinlarni (sabzi, karam, bug‘doy,
tok va boshqalar) o ‘g ‘itlashga doir maxsus asarlar yozildi. M asalan,
Kolum ella o ‘z ishlarida o 'g ‘itlashga jiddiy e ’tibor berib, go‘ng va
ko'kat o ‘g‘itlardan tashqari yerlarga yog‘och kuli ham da tuproq solish
ekinlar hosildorligiga ijobiy ta ’sir ko‘rsatishni ta ’kidlagan.
Shu zaylda o ‘sim liklarning oziqlanishi to ‘g‘risidagi m a’lum otlar
asta-sekin to ‘planib bordi, lekin ularni jam lash va tartibga solish uchun
muayyan bir dastur boMmaganligi sababli nazariya yaratish imkoni
boMmadi.
Qadimgi faylasuflarda suv, yer, havo va olov (harorat va yorug‘lik)
o ‘simliklarning asosiy hayotiy omillari, tuproqlar tarkibidagi «yog‘»
ularni sem irtiradi, «semiz» tuproqlar esa u nu m do r bo‘ladi, degan
aqida mavjud edi.
Bu fikr keyinchalik chirindi bilan oziqlanish nazariyasiga asos
bo'lgan b o isa , ajab emas.
Keyinchalik cherkovning reaksion ta’sirida bo'lsa kerak, XVI asrning
o 'rta la rig a c h a O v ro ‘pad a o 'sim lik larn in g oziqlanishini o ‘rganish
borasida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilm adi.
0 ‘rta asr tadqiqotchilari asosan qadimgi faylasuflaming fikrlarini
takrorlash bilan birga ko‘proq «Oyning nurini qoilanilayotgan go‘ng
samaradorligiga t a ’sirini» o ‘rganish bilan m ashg‘ul boMdilar.
0 ‘simliklaming «tuz», «selitra» va «suv» bilan
oziqlanishi haqida
Faqatgina 1563-yilga kelib Bernar Palissining m ineral m oddalarni
hosil bo‘lishi va o ‘g ‘itlarning ahamiyati haqidagi asari («Трактат o
различных солях в сельском хозяйстве») yuzaga keldi.
U m azkur asarda «go'ngning o ‘g‘it sifatidagi aham iyati, uning
tarkibidagi somon va pichan qoldiqlarining chirishidan hosil bo'ladigan
tuzdadir», deb ta ’kidlaydi. Bu haqdagi fikrlarni davom ettirib, «yakka-
ziroatchilik sharoitida o'sim liklar o ‘z hosili bilan tuproqdan hayotiy
zarur tuzlam i olib chiqib ketadi, natijada yerdagi tuz m iqdorining
kamayishi va hosildorlikni pasayishi kuzatiladi. Shuning uchun uni
o ‘g‘itlash yoki bo ‘lmasa, bir necha yil dam berish lozim» deb yozadi.
«Dehqonlar kuzda g'alla som onlarini dalaning o'zid a yoqib yubo-
radilar, tabiiyki, bunda yerga m a’lum m iqdorda tuz tushadi, dcgan
xulosaga keladi muallif.
Bu-tuproqqa tushadigan mineral m oddalarning asosiy manbayi deb
e ’tirof etilgan birinchi to ‘g‘ri yozma m a’lum ot bo'lib, unda tuproqlar
unum dorligining pasayib borish sabablari ochiq ko ‘rsatib berildi va
uning oldini olish uchun o'simliklar tom onidan olib chiqib ketiladigan
oziq moddalari albatta tuproqqa qaytarilishi lozimligi bayon qilindi.
B. Palissining m azkur haqqoniy ñkrlari zam ondoshlari va o ‘zidan
keyingi tadqiqotchilar tom onidan qo'llab -quw atlanm ad i (chunki asar
uning vafotidan keyin Anatol Frans tom onidan nashr qüindi) va faqatgina
oradan uch yuz yil o'tgach isbotlandi. M ana shu davrdan boshlab
o ‘simliklarning oziqlanishi haqida goh to ‘g‘ri gohida noto‘g‘ri talqinlar
yuzaga keldiki, bu agrokimyo fanini asta-sekin yuzaga kelishini ta’m inlay
boshladi. M asalan, Serr o'zining 1600-yilda n ashr qildirgan asarida
V. Palissiga qarshi o ‘laroq, «go‘ngning o ‘simliklarga ko‘rsatadigan ijobiy
ta’siri faqatgina undan ajralib chiqadigan haroratdadir» deb ta’kidladi.
0 ‘tgan asrlarda u yoki bu taxm inning o m m a orasida keng tarqal-
masligi ham da to ‘g ‘ri-n o to ‘g‘riligining tezda e ’tiro f etilmasligini tad -
qiqotlarda miqdoriy analizning qo'llanilm asligi bilan izohlash m um kin.
Bundan tashqari, kashfiyot va yangiliklarni tan olishdan k o 'ra
qadimgi faylasuflarning nufuzli fikrlariga sajda qilish odat tusiga kirib
qolgan edi.
F.
Bekon XVIII asrning boshlarida ilmiy bilishning asosi hisoblangan
eksperiment, tajriba va kuzatishlarning natijalari asosidagina haqiqatni
yuzaga chiqarish m um kin, degan fikrni o 'rta g a tashladi.
0 ‘sim liklar oziqlanishi muammolarini tajriba yo'li bilan aniqlashga
birinchilardan b o ‘Iib gollandiyalik olim Yan Batist V an-G elm on t
1629-yilda kirishdi. U besh yil davomida boshlang'ich og'irligi m a ’lum
bo'lgan tol niholini m a ’lurn og‘irlikda (200 funt) tuproq joylashtirilgan
idishda, faqatgina y o m g 'ir suvi bilan sug'orib, tajriba o ‘tkazdi. Besh
yildan keyin nih olning og'irligi qariyb 33 barobar oshgani holda (164
funt 2 unsiya) idishdagi tuproqning massasi atigi 2 unsiyaga kamaygan-
ligini aniqladi va o ‘sim liklam ing oziqlanishi uchun faqatgina suvning
o ‘zi yetarlidir degan xulosaga keldi. Chiqarilgan xulosa noto‘g‘ri bo'Isa
ham, m azkur tajriba to ‘g‘ri amalga oshirilgan birinchi analitik tajriba
sifatida katta am aliy ahamiyatga egadir.
1661 -yilda R obert Boyl shu tajribani oshqovoq o'simligi ustida
amalga oshirdi va V an-G elm ontning o'sim liklar «suv bilan oziqlanadi»
degan nazariyasini tasdiqladi.
Bu nazariya qariyb bir yarim asr davomida o ‘z nufuzini saqlab
turadi, hattoki, uning yangicha talqini uchun nemis olimi Shreder
1800-yilda Berlin akademiyasining medaliga sazovor bo‘ldi. 1650-yilda
nemis kimyogar olim i G lauber o'simliklarning oziqlanishi asosida selitra
(selitra deganda, barch a ishqoriy tuzlar nazarda tutilgan) yotadi degan
g'oyani ilgari surdi va bunda u faqatgina fikrlashga emas, balki kuzatish
va tajribalarga asoslanadi. Og'ilxonadagi m ollar ostiga to 'shalgan
taxtadan oq tusli tuz kristallarini ajratib oldi va u bilan oziqlantirilgan
ekinlar gurkirab o 'sish n i aniqladi.
G lauber-selitra hayvon axlatlari tarkibida uchrar ekan, uni chorva
mollari o'sim lik lardan , ular esa o ‘z navbatida uni tuproqdan oladi,
degan taxm inlari bilan V. Palissining fikrlarini to ‘g‘riligini isbotladi.
Lekin bu g‘oya ham m unosib baholanm adi, davrning noto‘g‘ri lekin
nufuzli g ‘oyalari ichida g ‘arq bo ‘lib ketdi. Shunday b o lsa d a , o ‘simlik-
larning oziqlanishi tajribalar yo‘li bilan takom illashib boraverdi.
0 ‘simliklarning «havodan oziqlanishi» nazariyasining
shakllanishi
0 ‘sim liklarning ildizdan oziqlanishi m uam m olari goh to ‘g ‘ri, goh
«boshi berk ko‘ch alarda adashib» rivojlanayotgan bir davrda havodan
oziqlanish haqidagi t a ’lim ot nisbatan qisqa fursatda dunyoga keldi.
H avodan oziqlanish haqidagi birinchi to ‘g ‘ri fikrni M.V. L om o
nosov o ‘zining 1756-yilda nashr qilingan «Слово явлениях воздуш
ных» asarida bayon qildi.
1774-yilda farangistonlik kimyogar A ntuan Loran Lavuaze o ‘zining
«Об обжиге олова в закрытых сосудах» nom li m aqolasida atm osfe-
raning miqdoriy tarkibini, kislorodning oksidlanish va yonish jarayon-
laridagi rolini asoslab berdi (U ning m ineral oziqlanishga oid m a’lu-
m otlari faqatgina vafotidan yarim asr o ‘tgach m a ’lum bo'ldi va nashr
qilindi).
Undan ikki yilcha aw al, ya’ni 1772-yilda J o z e f Pristli o ‘sim liklar
hayvonlarning nafas olishi jarayonida buzilgan havoni tozalay olishini
ko‘rsatdi (yalpiz shoxchasi va sichqonlar ustida o ‘tkazilgan tajribalarni
eslang), lekin bu hodisani faqat yorugMik sh aro itid a sodir bo'lishini
isbotlab bera olmadi.
Gollandiyalik olim , vrach Yan Ingenguz 1979-yilda yashil o ‘simlik-
lar yorugMik ishtirokida havoni tozalaydi, q o ro g ‘ulikda esa, aksincha,
buzishini isbotlab berdi.
Jan Senebe va N ikola Teodor Sossyurlar «havoning tozalanishi»
nafas olish emas, balki oziqlanish jarayoni ekanligini ilmiy dalillar
bilan isbotlab berdilar.
Lekin fotosintez jarayonining sodir boMish m exanizm ini tushuntirib
berish uchun keyinchalik juda ko‘p tad q iq o tlarn i amalga oshirishga
to ‘g‘ri keldi.
0 ‘simliklarning havodan oziqlanishi nazariyasining yaratilishi inso-
niyatning eng yirik ilmiy yutuqlaridan biri b o ‘lib hisoblansa ham suv
bilan oziqlanish nazariyasi kabi dehqonchilik am aliyotining rivojiga
turtki bera olmadi. H ar ikki nazariya ham h a m m a joyda suv va havo
m iqdori bir xil bo ‘lgani holda, nima u ch u n ekinlarning hosildorligi
turlichadir, bunda tuproqning aham iyati borm i yoki yo‘qmi degan
savolni qo‘ya olmadi.
Valerius va Teyer — «chirindi nazariyasi»ning
asoschilari
XVIII
asrning oxiri, XIX asrning boshlarid an boshlab
0
‘sim lik-
larning mineral oziqlanishi masalalarida k o 'p ro q t o ‘g‘ri fikrlar paydo
b o 'la boshladi.
1699-yilda Vudvort V an-G elm ontning tajribasidagi nuqsonlarni
ko'rsatib berdi. U yalpiz o'simligini daryo suvida yom g'ir suvidagidan
ko‘ra yaxshiroq rivojlanishini, bir oz tu p ro q aralashtirilgan (loyqa)
suvda esa yanada yaxshi rivojlanishi u ch u n z a ru r m oddalar borligini
ko'rsatib berdi.
1758-yilda F aran g isto n d a Dyugamel Sena daryosining suvida
o ‘simliklarni o ‘stirib, yana bir bor o‘sim liklar faqatgina suvda ham
m e’yorida o ‘sib rivojlana oladi, degan xulosaga keldi, lekin bunda
daryo suvining teri oshlash korxonasining chiqindilari bilan ifloslan-
ganligini hisobga olm adi.
1789-yilda nem is olimi Ryukkert turli ekinlar har xil tuproqlarni
«xush ko‘rishi»ni, ayrim ekinlar surunkasiga bitta dalada yetishtirilsa,
tuproqning m ad o rin i quritib qo ‘yishini aniqladi va bunda dalalar
unum dorligini o ‘g ‘it q o ‘llash yo’li bilan tiklash mumkinligini aytdi.
1761-yilda shvetsiyalik kimyogar Vallerius o ‘simliklarning chirindi
bilan oziqlanishi haqidagi taxminini o'rtaga tashladi. U «o‘simliklarning
ildizi tu p ro q d a n m urakkab organik m od d alarn i to ‘g ‘rid a n -to ‘g ‘ri
o'zlashtira oladi, tuproqning boshqa tarkibiy qismlari esa (bo‘r va
boshqa tuzlar) ch irin d inin g yog‘simon m oddalarini eritib beradi»,
degan xulosaga kelib, deyarli sakson yil davom ida tadqiqotchilarning
tashabbusiga t o ‘g ‘an o q bo‘ldi.
Keyinchalik g ‘arb da keng tarqalib ketgan bu g‘oya Albrext D aniel
Teyer to m o n id an rivojlantirildi. U m urnan olganda, u o ‘z davrining
ilg‘or kishilaridan bittasi edi: birinchi oliy qishloq xo‘jalik m aktabiga
asos soldi, u ch d a la li alm ashlab ekish o 'rn ig a sebarga, boshqa
dukkaklilar va ildiz mevali ekinlar ekish lozimligini qattiq turib targ‘ib
qildi.
Teyer o ‘z davrida ancha yuqori mavqega ega bo ‘lganligi sababli
uning ayrim n o to ‘g ‘ri qarashlari ham om m a orasiga tez tarqaldi. U
o ‘simliklarni «chirindi bilan oziqlanishi» g ‘oyasini (bu g‘oya ko‘proq
uning «рациональны е основы сельского хозяйства» asarida bayon
qilingan) b oshqalardan, xususan G ossenfratsdan, o'zlashtirib oigan
edi, Teyer «tuproq unum dorligi to ‘la to‘kis chirindiga bog‘liq, faqatgina
chirindi va suv o ‘sim liklarga oziq manbayi bo ‘lib xizmat qiladi» deb
takrorlar edi.
Keyinchalik, Libix o ‘z asarlarida chirindining tuproq unumdorligida
tutgan o ‘rnini kam sitm agan holda, o'sim liklar undagi moddalarni faqat
minerai holatdagina o ‘zIashtirishini isbotlab berdi.
Zam onasining ko‘pchilik taniqli tadqiqotchilari, jum ladan Devi
va Berseliuslar ham , uglerodning to ‘g‘rid a n -to ‘g ‘ri ildiz tizimi orqali
yutilishi haqidagi g ‘oyaning ashaddiy tarafdorlari edilar.
Ba’zi olim lar oziqlanishning «chirindi nazariyasi» ga ochiqdan-
ochiq e ’tiroz bildirdilar. U lar qatorida olmoniyalik Shprengel va faran-
gistonlik Bussengolarni kiritish mumkin.
0 ‘simliklarning azot bilan oziqlanishini asoslashda
Bussengoning xizmati
Jan Batist Bussengo qumli m uhitda tajribalar o'tkazib, aw a ld an
kuydirib olingan qum ga m a’ium m iqdorda kul qo 'shdi va chirindisiz
m uhitda o ‘simlik yetishtirdi: bu bilan o ‘sim Iiklar uglerodni tuproqdan
em as, balki havodan olishini isbotladi.
U 1836—1838-yillarda o ‘tkazilgan tadqiqotlari asosida chirindi
nazariyasi o ‘rniga azot bilan oziqlanish nazariyasini ilgari surdi. Aniq
dala tajribalari asosida almashlab ekish sharoitida (alm ashlab ekish-
ning toMiq bir rotatsiyasi davomida) kirim va chiqim elem entlarining
miqdori aniq hisobga olindi va hosil to m o n id an go ‘ng bilan tuproqqa
tushadigandan ko‘ra ancha ko‘p m iqdordagi uglerod chiqib ketishi
ko'rsatib berildi. 0 ‘tkazgan laboratoriya va dala tajribalari asosida
dukkakli ekinlarning tuproqdagi azot balansi (m uvozanati) ni yaxshi-
lashdagi ahamiyatini ham ko'rsatdi.
J.B. Bussengo bundan tashqari 1834-yilda ja h o n d a birinchi bo ‘lib
agrokimyo tajriba stansiyasini (Elzasda) tashkil qildi. Bu yerda am alga
oshirilgan dala tajribalari asosida azot o ‘sim liklar hayotida eng m uhim ,
birinchi darajali oziqa elem enti ekanligi isb o tlandi. XIX asrning
o ‘rtalaridan boshlab O vro'pa va A m riqoning ekin m aydonlarida chili
selitrasining keng koMamda qoMlanila boshlanishi ham Bussengo g ‘oya-
larining ishlab chiqarishga amaliy tadbig‘idir.
Bussengo haqli ravishda yangi fan-agrokiniyoning asoschisi bo'lishi
munikin edi. Lekin uning qonidagi «yetti o 'ic h a b bir kesish» odati
tajribalar asosida oigan m a'lum otlarini keng om m aga tez yetib borishiga
imkon bermadi.
Akademik D .N . Pryanishnikovning iborasi bilan aytganda Bussengo
fanda uchraydigan «klassik» va «rom antik» larning birinchi toifasiga
m ansub edi.
Yustius Libix-agrokimyo fanining asoschisi
1840-yilda olnioniyalik kimyogar olim Yustius Libixning «Kimyoning
dehqonchilik va fiziologiyaga tadbig‘i» nom li kitobi nashr qilindi va
ju d a katta tezlikda dunyo b o ‘ylab tarq ald i. U 1848-yilgacha 01-
moniyada va Buyuk Britaniyada to 'rt m artadan, Am riqo ham da Faran-
gistonda ikki m artadan va Daniya, Italiya, Polsha ham da Rusiyada
bir m artadan nashr qilindi.
2 — A g ro k im y o
17
Kitobda oziqlanishning «chirindi nazariyasi» qattiq tanqid qilingan
va o ‘sim liklarning m inerai oziqlanish nazariyasi ta ’riflangan bo‘lib,
o ‘simliklarning m inerai oziqlanishiga doir qarashlarni tubdan o'zgari-
shiga sabab b o ‘ladi.
Libix yakka ziroatchilik (bitta maydonga muttasil bir xil ekin ekish)
sharoitida tuproq unum dorligining pasayib borishi sabablarini ishonarli
tarzda tushuntirib berdi va o ‘zining hosildorligini saqlash va ko‘tarish
uchun tuproqlarni o 'g'itlash lozimligi haqidagi nazariyasini ilgari surdi.
Bu nazariya tu p roq dan olingan barcha m inerai moddalarni tuproqqa
qaytarib berish lozim ligiga asoslangan edi (D ehqonchilik fanidagi
«qaytarib berish qonuni» ni eslang).
Libix d e h q o n c h ilik d a m o d d a la r a y la n ish in i ongli rav ish d a
boshqarish lozim ligini, chunki uning buzilishi tuproq unum dorligining
pasayishiga olib kelishi haqidagi g'oyani birinchi bo‘lib dadil aytdi.
Ilgari surilgan niazkur g ‘oyada azotli o ‘g‘itlarga e ’tibor bermaslik
(Libix u davrda b archa o ‘sim liklar azotni havodan o ‘zlashtiradi, degan
fikr tarafdori edi), g o ‘ngning o ‘rniga kuydirib kulini ishlatish, tuproqqa
o'sim lik to m onidan olib chiqib ketiladigan barcha elem entlarni (shu
jum ladan krem niy kabilarni hani) qaytarib berish, o ‘g‘itlarni faqatgina
o ‘ta qiyin eriydigan shakllarda qoMlash (bu masalada u bir necha
kimyoviy birikm alarni tavsiya ham qilgan) kabi noto‘g‘ri fikrlar ham
rnavjud edi.
Aytib o'tilgan kam chilik va nuqsonlar Libixning shogirdlari ham da
muxoliflarining e ’tiroziga uchradi va tezda tuzatildi. Shu narsa diqqatga
sazovorki, nuqsonlarning aksariyatini Libixning o ‘zi tuzatdi. Olimning
shoshma-shosharligi kuchli m unozara va tanqidlarga uchragan boMsada,
agrokimyo fanining tez su r’atlarda rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
Libixning tavsiyasi asosida angliyaning Rotamsted stansiyasida 1843-
yilda birinchi s u n ’iy m inerai o ‘g‘it-superfosfat (suyak talqonini sulfat
kislota yordam ida ishlash yo‘li bilan) olindi. Keyinchalik, 1857-yilda
Saksoniyaning Stasfurt shahri yaqinidan kaliy tuzlari koni topildi va
1861 -yilda uni qayta ishlab o ‘g‘it olish b o ‘yicha birinchi zavod ishga
tushirildi.
Lekin azotli o ‘g ‘itlar masalasi ancha vaqtgacha m uam m oligicha
qolaverdi. Yarim asr davom ida Chili dunyo dehqonlarini azot bilan
ta ’minladi (tabiiy Chili selitrasi bilan), lekin XIX asrning oxiriga kelib
uning ham intihosi borligi sezilib qoldi. U zoq urinishlardan keyin
Friy G aber birinchi m arta sintetik am m iakni hosil qildi. 1916-yilda
m uhandis Karl Bosh birinchi sintetik am m iak zavodini ishga tushirdi.
Katta aham iyatga ega bo‘lganligi sababli har ikki ish ham x alq aro
N obel m ukofotiga sazovor b o ‘ldi.
K.A. Tim iryazev Libixning fanga q o ‘shgan xizm atlariga t o ‘g ‘ri
baho berib: «Aham iyatini cheklashga b o ‘lgan har qanday u rin ish la rd an
q at’i nazar, Libixning oziqa elem entlarini tuproqqa qaytarib berish
haqidagi ta ’lim oti fanning eng buyuk yutuqlaridan bittasidir» degan
edi. Shuning u c h u n ham Yustius Libix agrokim yo fanining asoschisi
hisoblanadi.
M ana shu davrdan boshlab agrokim yoviy ilmiy tad q iq o tlar keng
ko'lam da yo‘lga q o ‘yila boshlandi.
1842-yilda nem is tadqiqotchilari V igm an va Polstroflar m in eral
oziqlanish nazariyasini tasdiqlovchi tajribani amalga oshirdilar. U la r
o'sim lik o ‘rniga platina sim qiyqimlari va kislota bilan yuvilgan q u m d a
undirdilar ham da nihol tarkibidagi kul elem entlarining m iqdori u ru g ‘
tarkibidagiga teng b o ‘lishini aniqladilar va bu m uhitga q o ‘sh im c h a
kul elem entlari va azot birikmalari kiritilm asa, nihollar tezda rivojla-
nishdan to ‘xtab qolishini isbotladilar.
1846-yilda Salm Gorstm ar organik m oddalardan to ‘la to za lan g a n
va aw aldan kuydirib, fosfor ham da azo t birikm alari qo‘shilgan q u m d a
suli o ‘sim ligidan «risoladagiday» hosil yetishtirdi. U shuningdek, kul
elem entlari alohida-alohida ishlatilganda hosildorlik sezilarli d a ra jad a
kamayib ketishini ham ko‘rsatib berdi.
Mineral oziqlanish masalalarini o ‘rganishda oziqa aralashm alarining
(tayyorlash uchun oziqa elem entlarini tutgan tuzlar suvda e ritilad i)
roli juda ham kattadir. 1859-yilda K nop to ‘la oziqa aralash m asini
yaratdi va unda o ‘simliklar m e ’yorida o ‘sib rivojlanishi m um kin ligin i
isbotladi. Hozirgi kungacha turli ek inlar uchun 100 dan o rtiq o ziq a
aralashm alari tavsiya qilingan.
Dostları ilə paylaş: |