0 ‘zbekist0n respublikasi oliy va



Yüklə 5,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/59
tarix23.02.2017
ölçüsü5,63 Mb.
#9386
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
9386

0 ‘ZBEKIST0N  RESPUBLIKASI  OLIY  VA



b t )

0 ‘RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI

J.  Sattorov,  S.  Sidiqov,  S . Abdullayev,  A.  Ergashev, 

Z. Xaidmuhamedova,  Ya.  Kulmurodova,

U. Qosimov,  N . Akbarov

A

G



R

O

K



I M

Y

O





‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  о ‘rta  maxsus  ta 'lim  vazirligi 

tomonidan  5141000  —  «Tuproqshunoslik»  t a 'lim  y o ’nalishi  talabalari 

uchun  darslik  sifatida  tavsiya  etilgan

0 ‘z.RFA  akademigi,  professor J .S .  Sattorovning 

um um iy  tahriri  ostida

Cho‘lpon  nomidagi nashriyot-matbaa  ijodiy uyi 

Toshkent  -  2011

UDK:  631.5(075)

631.8(075)

BBK 

40.4ya73 



A28

Taqrizchilar:

I.T.  T U R O PO V   —  Tashkent Davlat Agrar universiteti Seleksiya,  urug'chilik 



va  o'sim liklarni  himoya  qilish  fa k u lte ti  Agrokimyo  va 

tuproqshunoslik kafedrasi mudiri,  qishloq xo'jalik fanlari 

doktori,  professor,

F.X.  X O SH IM O V   —  Sam arqand  QXI  kafedra  mudiri,  qishloq  xo'jalik 



fa n la r i  doktori,  professor,

L.T.  T U R S U N O V   —  0 ‘zbekiston  M illiy  universiteti  Tuproqshunoslik 



kafedrasi  mudiri,  professor,

X.X.  T U R S U N O V   -   professor



A28 

Agrokimyo:  universitetlarning  tuproqshunoslik,  agrokimyo, 

melioratsiya,  agronomiya,  bog‘dorchilik,  o ‘rmonchilik,  ekologiya 

sohalarining  talabalari  uchun  darslik  /J.S .  Sattorov  [va  boshq.]; 

J.S. Sattorovning tahriri ostida; 0 ‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.



— T.:  Cho'lpon nomidagi  nashriyot-matbaa  ijodiy uyi,  2011. -  552 b.

1.  Sattorov, Jo ‘raqul  Sattorovich

ISBN 978-9943-05-404-2

U shbu  d arslikda  A g ro k im y o   fanining  p re d m e ti,  v azifalari,  tarixi, 

tekshirish  uslublari,  q o n u n iy a tla ri,  o ‘sim liklarning  kim yoviy  tarkibi  va 

o z iq la n ish i,  o 's im lik la r   o z iq la n ish   nuqtayi  n a z a rid a n   tu p ro q la rn in g  

xossalari,  o ‘g ‘itlar,  u la rn in g   turlari,  olinishi,  qoMlanishi,  o ‘g ‘it  qo'llash 

tizim ini  ishlab  chiq ish   va  asosiy  qishloq  x o ‘ja lik   ek in larin i  o ‘g ‘itlash. 

agrokim voning  ekologik  niuam m olari  bayon  etilgan.

Darslik  universitet  va  qishloq  xo'jalik  oliy  o ‘quv  yurtlarining  T uproq­

shunoslik,  Agrokimyo  va  agrotuproqshunoslik  ta ’lim  yo'nalishlari  talabalari 

uchun  mo'ljallangan.



.--------------- 

U D K .  6 3 ! .5 ( 0 7 5 )



6 3 1 . 8 ( 0 7 5 )







BB K  

4 0 .4 y a 7 3

IS B N  978-9943-05-404-2



©   J .S .  Sattarov  va  boshq,  20 1 1  

©   C ho'lpon  nomidagi  nash riyot-m atb aa  ijodiy  uyi,  2011

KIRISH

Kimyo  fani  inson  hayoti  va  ishlab  chiqarishning  ko‘p  sohalariga 

xizmat  qiladi.  Kimyo  fani  taraqqiy  etgan  sari,  uning  xizm at  d oirasi 

kengayib  b o rm o q d a .  T araq q iyo tn in g   hozirgi  bosq ichid a  q is h lo q  

xo‘jaligini  ham  kimyosiz tasaw ur qilish  m um kin  emas.  M asalan,  k atta 

m aydonlarda  m akro,  mikroo‘g‘itlarsiz  hosilning  m iqdorini  va  sifatini 

oshirish  m um kin  emasligi  aniq.  P estitsidlarsiz  qishloq  x o ‘ja lig id a  

zararkunandalarga,  kasallik tarqatuvchi  m ikroblarga va yow oyi  o ‘sim - 

liklarga  qarshi  muvaffaqiyat  bilan  kurashish  qiyin.

0 ‘s im lik la rn in g   o 'sish i,  ta r a q q iy o tin i  b o sh q a rish g a   im k o n  

b eru vch i  s tim u la to rla r,  v ita n iin la r,  fe rm e n tla r,  g o r m o n la rn in g  

aham iyati  beqiyosdir.  Bir so‘z  bilan   ay tg an d a,  d e h q o n c h ilik d a   h a m  

kimyo  fanining  k o 'p lab   m ah su lo tlari-m o d d alari  ishlatiladi.

Kimyoning  dehqonchilikda  q o ‘llanilishini  agronom ik  kim yo  deb 

atasa  b o ‘ladi  va  m a n tiq   n u q ta y i  n a z a r id a n   bu  fan g a   q is h lo q  

xo‘jaligining  kimyo  fani  aralashgan  b archa  yo‘nalishlari  kiradi,  deb 

hisoblaymiz.  H ar  bir  yo‘nalish  agrokim yo  fani  tarkibida 

m u staqil 

yirik  bo'lim ni  tashkil  qiladi.  Bular  —  «o‘g ‘itlar  va  ularni  q o ‘llash», 

«o'sim liklarni  kimyoviy  yo'l  bilan  him oya  qilish»,  «o'sim liklarning 

o ‘sishini,  taraqqiyotini  kimyoviy  y o ‘l  bilan  boshqarish»,  «kim yoviy 

melioratsiyalash»  va  hokazolardir.

Xalq xo‘jaligining muhim tarm oqlaridan biri o ‘simlik m ahsulotlarini 

yetishtirish  hisoblanadi.  0 ‘zbekiston  m ustaqillikka  erishgach,  qish lo q  

xo‘jaligi  m ahsulotlarini  ishlab  chiqarishda  m uhim   ijobiy  o ‘zgarishlar 

ro‘y  berm oqda.

R espublikaning  «oltin»  boyligi  h iso b lan g an   sug‘o rila d ig a n   va 

lalm ikor  y erlardan  foydalanishning  yangi  shakllari  vujudga  k e ld i, 

dehqonchilikka  oid  zamonaviy  texnologiyalar  har  xil  tuproq  va  iqlim  

sharoitlarida sinab ko‘rilmoqda va q o ilan ilm o q d a.  Ko‘pdan  ko‘p xorijiy 

davlatlar  investitsiyalari  ishlab  ch iq arish n in g   asosiy  va  y o rd a m c h i 

tarm oqlariga  yo‘naltirilmoqda.

Qishloq  xo'jaligida  ishlab  chiqarishn ing  bozor  m u n o sabatlarig a


m onandligi  tuproq  unum dorligi,  mazkur  yerlarda  yetishtirilayotgan 

ekinlar  hosildorligi,  o ‘g ‘itlardan  ilmiy  asoslangan  holda  foydalanish, 

y a ’ni  dehqoncliilik  m adaniyatiga  bog'liqdir.  Shularni  nazarda  tutgan 

holda  ushbu  darslikda  qishloq  xo'jaligi  uchun  mutaxassis  tayyorlash 

bo'yicha  bakalavriaturaning  o'quv  rejasida  ajratilgan  soat  hajmida  va 

q o ‘yiladigan  talab  doirasida  agrokimyo,  o'sim likshunoslik,  o'sim lik- 

larning  oziqlanish  nuqtayi  nazaridan  tuproq  xossalari,  o 'g 'itla r  va 

o ‘g ‘it  q o ‘llashga  oid  nazariy  va  amaliy  tushunchalar  bayon  qilingan.

Darslik  «tu p ro q -o ‘sim lik -o ‘g‘it»  tizimida  yozilib,  mavzular  shu 

uchala  obyekt  o'rtasidagi  aloqa,  bog‘liqlik  va  o ‘zaro  bir-biriga  ta ’sirni 

hisobga  olgan  holda  o ‘g ‘it  berish  yo'li  bilan  tuproq  unumdorligini 

k o 'ta r is h ,  o lin a y o tg a n   h o siln in g   m iqdori  va  sifatini  yaxshilash 

masalalarini  yoritishga  bag'ishlanadi.

0 ‘g‘itlar tuproq  unum dorligini  ko‘tarishda,  hosilni  oshirishda juda 

kuchli  omil  hisoblanadi.  C hunki 

0

‘g‘itlar  yordam ida,  eng  avvalo, 



tup roq   gumus,  azot  va  boshqa  kul  elementlar  bilan  boyiydi.  Buning 

natijasida  qishloq  xo'jalik  ekinlari  hosili  ko'payib,  sifati  yaxshilanib 

boradi.  Ekinlardan  olinadigan  hosilning  qariyb  yarmi  (ba’zi  hollarda 

60 —70%  i)  minerai  o ‘g ‘itlar hisobigaolinadi.  Aksariyat ekinlarda o ‘g ‘it 

qoMlash  bilan  bog'liq  sarf-xarajat  hosil  bilan  kam ida  2—3  barobar 

b o ‘lib  qaytadi.

0 ‘g‘itlardan  olinadigan  iqtisodiy  samara  tuproq-iqlim   sharoitlari, 

o ‘g‘itlarning m e’yori,  m uddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida 

q o ‘llash  bilan  uzviy  bog'liq.  1980-yilda  dunyo  b o ‘yicha  111,7  min.  t 

m inerai  o ‘g‘it  ishlatilgan  b o ‘lsa,  XXI  asming boshlariga  kelib,  xalqaro 

am aliy  tizimli  tahlil  instituti  (TIASA)  hisobi  b o 'y icha  287  min.  t, 

B M T   qoshidagi  Sanoat  taraqqiyoti  tashkiloti  (U N ID O )  m a’lumoti 

b o 'yich a  307  min.  t  m inerai  o ‘g‘it  tayyorlandi.  2015—2020-yillarda 

b u   k o 'rsa tk ic h   2—3  m a r ta   oshadi.  H ozirgi  k u n d a   riv ojlan gan  

m am lakatlarda  kishi  boshiga  145  kg,  rivojlanayotgan  m am lakatlarda 

esa  atigi  23  kg  m inerai  o ‘g ‘it  to ‘g‘ri  keladi.  0 ‘zbekistonda  azotli 

o ‘g‘it  unga  bo'lgan  talabga  ko‘ra  70%,  fosforli  o ‘g ‘it  40%  ishlab 

c h iqiladi,  kaliyli  o ‘g ‘itlar  esa  xomashyo  yo ‘qligi  sababli  um um an 

tayyorlanm aydi.

Qishloq xo‘jaligini  im kon  qadar  mexanizatsiyalash,  elektrlashtirish, 

kimyolashtirish va  m elioratsiyalash  asosida jadal  rivojlantirish  Respub- 

likam iz  agrar  siyosatining  asosi  hisoblanadi.  M ustaqillikning  birinchi 

kunlaridan  boshlab  o ‘g ‘it  ishlab  chiqarishni  ko'paytirish,  ular  assorti- 

m en tin i  yaxshilash,  «...  qishloq  xo'jaligini  zarur  m inerai  o ‘g‘itlar,



o'sim liklarni  him oya qilish vositalari bilan t a ’m inlashni  nafaqat tu b d an  

o ‘zgartirishi,  balki  agrokimyo  qoidalariga  q a t’iy  amal  qilishda  ta la b - 

chanlikni  oshirishi,  ularni  qo‘llash  m adaniyatini  yuksaltirish  lozim » 

ligiga  jiddiy  e ’tibor  berildi.

1996-yilning  7-avgustida  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M a h - 

kamasining  «Qishloq  xo'jalik  ishlab  chiqarishida  agrokimyo  xizm ati 

ko'rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi  qarori  h am  

dehqonchilikni  kimyolashtirishni  kuchaytirishda m uhim  qadam  b o 'ld i. 

Qurayotgan jam iyatim iz maqsadi  va vazifasidan  kelib chiqib,  o ‘g‘itlarni 

q o ‘llashda  asosiy  e ’tibor  ularni  samarali  qo'llashga  qaratilishi  kerak. 

C hunki  iqtisodiy  nuqtayi  nazardan  foyda  berm aydigan  o ‘g ‘itlarn i 

qo'llash  m oddiy  zarar  keltiradi,  xolos.

Agrokimyo  fanining  muhim  yo‘nalishlaridan  yana  biri  —  o ‘g ‘itlar 

qo 'llash  ekologiyasidir.  0 ‘g‘itlar  n o to ‘g ‘ri  qoMlansa  a tro f-m u h itn i 

ifloslantiradi va ekologik  muammolarni  keltirib chiqaradi.  0 ‘g'it q o ‘lla- 

ganda  ekologiya  m uvozanatini  buzm aslik  asoslarini  ham   ta la b a la r 

yaxshi  bilishlari  lozim.

Hurmatli  talaba! 0 ‘simliklarning  oziqlanishi,  tuproq  un um dorligi 

va  o ‘g‘it  qo'llash  sohasida  erishilgan  yu tu qlar  bilan  bir  qatorda  sh u n i 

ta ’kidlash  kerakki,  o'sim lik tom onidan  oziq  elem entlarni  o'zlash tirish  

yo'nalishida  hali  ko ‘p  yechilmagan  m uam m olar  mavjud.  H atto   ayrim  

hotlarda  yechilgan  masalalar  bo'yicha  ham   bahslar  bo'lib  turadi.  S hu 

m unosabat bilan ushbu darslikda  keltirilgan  m a’lumot,  usul, tu sh u n c h a  

va  kam chiliklar  haqida  o ‘z  fikrlaringizni  bildirm oqchi  b o 'lsa n g iz , 

oldindan  sizga  m innatdorchilik  bildiram iz.



I   bob.  AGROKIM YO  HAQIDA  T U SH U N C H A

AGRONOMIK  KIMYONING  PREDMETI 

VA  USULLARI

Inson oziqlanishi o ‘simlik mahsulotining miqdori va sifatiga bogiiq. 

B undan  tashqari,  o ‘sim lik  mahsuloti  sanoat  uchun  xomashyo  bo‘lib 

xizmat  qiladi.

Hosil  m iqdori  ju d a   k o ‘p  omillarga  bog‘liq,  shularning  ichida  eng 

m uhim laridan  biri  qishloq-xo‘jalik  ekinlarini  oziq  elem entlar  bilan 

kerakli  m iqdorda  va  o ‘z  vaqtida  ta ’minlashdir.

K o 'p chilik  tu p ro q la r  tab iatan   o‘simlik  oladigan  shaklda  oziqa 

elem entlarni  (azot,  fosfor,  kaliy,  magniy,  oltigugurt,  kalsiy,  mis,  bor, 

m arganes,  rux,  m olibden,  kobalt va boshqa elem entlar)  kam  m iqdorda 

saqlaydi.

Hosil  bilan  har  yili  tuproqdan  katta  m iqdorda  oziqa  elem entlar 

daladan  chiqib  ketadi.  U lardan  xolos  bir  qism igina  organik  massalar 

va  oziq  m oddalar  shaklida  tuproqqa  qaytib  keladi.

Bunga  yana  yuvilib  ketadigan,  havoga  uchib  ketadigan,  tuproqda 

reaksiyaga  kirishib  c h o ‘km aga  tushadigan  oziq  m oddalar  miqdorini 

ham   qo'shish  kerak  b o'lad i.

A tm osfera  azotin i  o 'zlashtiradigan  dukkakli  o ‘sim liklar,  erkin 

yashovchi  azatobakterlar,  fosfobakter  yordam ida  tuproqda  yuzaga 

keladigan  o ‘simlik  olishi  m um kin  bo'lgan  shakldagi  oziq  elem entlar 

birikmalari  tuproqdagi  defitsitni  to ‘liq  qoplay  olmaydi.

Xolos,  qo ‘shim cha  holatda  o ‘g‘itlar  sifatida  beriladigan  oziq  ele- 

m entlargina  tuproqdagi  yetishm ay  qolgan  oziq  m oddalarning  o'rnini 

qoplashi,  tuproqda  oziq  m oddalar  miqdorini  ko‘paytirishi  mumkin. 

A na  shu  o ‘g‘it  berishning  optim al  tizimini  yaratish  bilan  agrokimyo 

fani  shug'ullanadi.

Bundan  tashqari,  tabiatda  nordon,  sho‘rtob  va  taqirli  tuproqlar 

uchraydi.  N ordon  tu p ro q lar  tarkibidagi  natriy  ionlarni  siqib  chiqarish 

u ch u n   kimyoviy  usullardan  foydalanish  yaxshi  sam ara  beradi.

Bu  yo‘nalish  ham  agrokim yo  fanida alohida b o ‘limni tashkil qiladi. 

Shundan  kelib  chiqib  agrokim yo  fanining  predm etini  aniqlash  kerak 

b o'lad i.



Agrokimyo  fani  o ‘simlik  oziqlanishi  va  tuproq  meliorativ  h o latin i 

yaxshilash  jarayonlarida  o'sim lik,  tu p ro q   va  o ‘g‘it  o'rtasidagi  o ‘zaro  

m unosabatni  o ‘rganadi.  Buni  akadem ik  D .N .  Pryanishnikov  quyidagi 

uchburchak  shaklida  ko‘rsatgan  (1-rasm ):



l-rasm .  Tuproq-o‘g‘it -o ‘simlik  tizimining  o ‘zaro 

munosabati  sxem asi.

0 ‘simlik,  tuproq va o ‘g‘itlarning o ‘zaro ta ’sirini o'rganganda  iqlim  

va boshqa sharoitlar hisobga olinadi  ham da bu bog‘lanishni  quyidagicha 

tasvirlash  m um kin  (2-rasm.)



2-rasm. Tuproq-iqlim-o‘g ‘it -o ‘simlik tizimining 

o ‘zaro  munosabati  sxemasi.

Agrokimyo  fanining  asosiy  m aqsadi,  shu  fanning  asosiy  q u roli 

bo‘lgan  o ‘g ‘itlar  yordamida  eng  a w a lo   tuproq  meliorativ  h o la tin i, 

unum dorligini yaxshilash va shu orqali  o ‘sim liklar hosilining m iq d o rin i 

ko'paytirib,  sifatini  oshirishdan  iboratdir.

Shu  m aqsaddan  kelib  chiqib,  agrokim yoning  asosiy  vazifasi  q u y i­

dagicha  aniqlanadi:  turli  tuproq  sharoitlarida  har xil  o ‘g‘itlar  sa m a ra - 

dorligini  aniqlash,  dehqonchilikda  oziq  m oddalar  aylanish  d o irasin i 

o'rganish,  tuproq va o'sim liklarda borayotgan jarayonlarga  ijobiy t a ’sir 

qilish  tadbirlarini  ishlab  chiqishdir.



0 ‘simliklar oziqlanishini  o ‘rganish  agrokimyoni  aw alo   o ‘simliklar 

fiziologiyasi  va  biokimyosi  bilan  uzviy  bogMaydi.  T uproqda  o ‘g‘itlarni 

o ‘zgarishi tuproqning  xossalariga,  kimyoviy va  mikrobiologik jarayon- 

lariga bog'liq bo‘lib, agrokim yo fanini  tuproqshunoslik, tuproq kimyosi, 

biologiyasi  va  m ikrobiologiya  fanlari  bilan  bogMaydi.

Agrokimyo  dehqonchilik  va  tuproq  melioratsiyasi,  o ‘simlikshu- 

noslik, o ‘simliklarni  him oya qilish,  mexanizatsiya ham da iqtisod fanlari 

bilan  bog'langan  holda  ish  olib  boradi.

Agrokimyo fani  o ‘z oldiga q o ‘ygan vazifalarni  liai  qilishda o ‘zining 

maxsus  tadqiqot  usullaridan  foydalanadi.

Agrokimyoviy  tad q iq o tlar  q o ‘yilgan  maqsad  va  vazifalardan  kelib 

chiqqan  holda  laboratoriya,  vegetatsion,  lizimetr,  dala va  ishlab chiqa- 

rish  tajribalari  usullari  bilan  am alga  oshiriladi.

Bu usullar birgalikda qoMlaniladi va bir-birini  to ‘ldiradi.  Laborato­

riya  yordam ida  asosan  tu p ro q ,  o'simlik  va  o ‘g‘itlar  kimyoviy  analiz 

qilinadi  ham da  kichik  laboratoriya  tajribalari  o ‘tkaziladi.

Vegetatsion  tajribalar-m axsus  uychalar,  issiq  xona,  fitotron  va 

vegetatsion  m aydonchalarda  am alga  oshiriladi  va  albatta  o ‘simlik 

o 'stirish   bilan  bogMiq  boMadi.

Vegetatsion tajribalar yordam ida ayrim om illarning,  shu jum ladan, 

oziq elem entlarni o'sim likning o ‘sishi, rivojlanishi,  m odda almashinuvi 

va  hosildorligi  ta ’siri  o ‘rganiladi.

Lizim etr  tajribalar  maxsus  qurilmalarda  tabiiy  sliaroitga  yaqinroq 

bo 'lg an   m uhitda  olib  boriladi.  Bu  usul  yordam ida  tuproqdagi  oziq 

elem entlar migratsiyasi, transformatsiyasi, tuproq xossalarining o ‘zgari- 

shi  ham da  izotop usullar yordam ida o'simliklarning m odda almashinuvi 

va  m ahsulotning  sifatini  o ‘zgarishi  kabi  masalalar  o ‘rganiladi.

Dala  tajribasi  usuli  ishlab  chiqarish  sharoitiga  yaqin  bo'ladi  va 

t o ‘g ‘rid a n -to ‘g‘ri  dalada  h a r  xil  kattalikdagi  m aydonchalarda  olib 

boriladi.  M aydonning  katta-kichikligiga  qarab  m akro  va  mikro  dala 

tajribalari  boMadi.

Hali  katta  m aydonlarga  chiqarish  erta  boMgan  m asalalar  oldin 

m ikro -d ala  tajribalarida  o 'rgan ilad i,  undan  keyin  esa  katta  dalalarda 

m akrodala  tajribalari  usuliga  o ‘tiladi.  Shunday  m asalalar borki,  ularni 

m ikro -d ala  tajribalarida  o ‘rganish  yetarli  hisoblanadi.  Agrokimyo  fani 

ishlab chiqarish tajriba  usulidan  ham  foydalanadi.  Bunda tajriba uchun 

olingan  yer  maydoni  kattaligi  jihatdan  ishlab  chiqarish  maydonlariga 

yaqin  bo ‘ladi.  Shuning  uchun  ham   ishlab  chiqarish  tajribasi  natijalari 

asosida  ishlab  chiqilgan  tavsiyalarni  to ‘g‘ridan -to‘g ‘ri  ishlab  chiqarish


sharoitida  foydalanilsa  bo'ladi.  B ulardan  tashqari,  agrokim yo  fani 

kimyo,  fizika,  o ‘simliklar  fiziologiyasi,  mikrobiologiya,  am aliy  m ate- 

m atika  va  boshqa  fanlar  uslubiyatlaridan  ham  foydalanadi.

AGROKIMYONING  BO SHQ A  FANLAR  0 ‘RTASIDA 

TUTGAN  0 ‘RNI

Agrokimyo  asoslari  o ‘sim liklarning  ildiz  orqali  oziqlan ish   na- 

zariyasini,  o'sim liklarning  oziqlanishi  nuqtayi  nazaridan  tuproqning 

holati  va  xossalari,  ularni  yaxshilash,  o ‘g‘itlarning  xossalari  haqidagi 

ta ’lim otni  o 'z  ichiga  oladi.

Agrokimyo yashil o'sim liklarning funksiyasini,  o ‘sim liklar organiz- 

m ining  hayotiy  jarayonlari  qonuniyatlarini  o 'rg anuvchi  fan  b o ‘lib, 

o'sim liklar  fiziologiyasi  fani  bilan  cham barchas  bog‘liqdir.  Agroki- 

myoning tarkibida o'sim liklar organizm ining xususiyatlari,  oziqlanishi 

haqidagi  bilimlar  asosiy  qismni  tashkil  qiladi.

O'simlikiardan  yuqori  hosil olish uchun  ishlab chiqiladigan tadbirlar 

o'sim lik  organizmini  chuqur bilish,  tashqi  muhit  sharoitlarini  o'sim lik 

talabi  darajasida  moslashtirish  haqidagi  bilimlarga  asoslanadi.  Tashqi 

m uhit xususiyatlarini  iqlimshunoslik, tuproqshunoslik fanlari o'rganadi. 

Am m o  bu  fanlarning  kimyoviy jarayonlar bo'lim larini  agrokim yo  fani 

ham o'rganadi va yuqorida aytilgan fanlar bilan cham barchas bog'liqdir 

(1-jadval).

1-ja d  va!

Agrokimyoning  boshqa  fanlar  o ‘rtasida  tutgan  o ‘rni

O byekt  va obyekt 

o'rganuvchi  fanlar

Ushibiy

fanlar

Agrokim yo

A grofizika

A grobiologiya

O 's im lik

O 's im lik la r

fiziologiyasi

O 's im lik  kim yosi 

(m o d d a  

a lm a sh iiiu v i)

O 's im lik d a g i  fizik  

ja ra y o n   (e n e rg iy a  

a lm a s h in u v i)

K o 'p a y isli,

riv o jlan ish

T u p ro q

T u p ro q sh u -

noslik

T u p ro q



kim yosi

T u p ro q

fizik asi

T  u p ro q  

bio lo g iv asi

Iq lim


Iq lim s h u -

noslik


A tm o sfera

kim yosi


A tm o sfe ra -

fizik asi

A tm o sfe ra

b io lo g iy asi

A g ro tex n ik

ta d b irla r

D e h q o n c h ilik

O 'g 'iila r

q o 'lla s h

T u p ro q q a   ish lo v  

b e rish

S e le k siy a

B undan  tashqari,  agrokim yo  fani  dehqonchilik  fani  bilan  ham 

qattiq  aloqada,  chunki  uni  « o'g 'itlar  qo'llash»  b o 'lim in i  agrokimyo



fani  ishlab  chiqadi.  0 ‘g‘itlar  tizim ini  tuproq  sharoitiga,  o ‘simliklar 

turi  va  naviga  qarab  o ‘zgartirib  turadi.

Bu jad v ald an  ko‘rinib  turibdiki,  agrokimyo,  agrofizika,  agrobiolo- 

giya  fanlari  uslubiy  fanlarga  kiradi.  Y a’ni,  bu  fan  o ‘zining  mavjud 

uslublari  bilan  o ‘simlikni,  havoni,  tuproqni  o'rganib,  shu  bilim lar 

asosida  o ‘g‘it  q o ‘llash  tizim ini  ishlab  chiqadi.

T up ro q q a ishlov berish,  o'sim likni  parvarishlash,  namlik,  karbonat 

angidrid  gazi  bilan  ta ’m inlash,  o ‘sishni  susaytiruvchi  va  kuchay- 

tiruvchi  m oddalarni  qo‘llash  kabilar  foydalaniladigan  o ‘g‘itlarning 

tu rlari,  shakli,  m iqdori  tup ro qq a  solish  uslublari,  m uddatlari  bilan 

o ‘zaro  m oslashtirilishi  lozim.  Bunday  o ‘zaro  moslikka  putur  yetishi, 

y uqorida  qayd  etilgan  ekinni  parvarish  qilish  usullarining  samarasini 

ju d a   pasaytiradi.

0 ‘z vaqtida  K.A.  Timiryazov «minerai o ‘g‘itlardan samarali  foyda- 

lanish  zam onaviy  dehqonchilik  fanining  asosi  bo‘lishi  bilan  birga  u 

agronom ik kimyo va o ‘simliklar fiziologiyasiga tayangan boMishi  lozim»

—  degan  edi.  Agrokimyo  —  ham   kiniyoviy,  ham  biologik  va  qishloq 

xo ‘jalik  fanidir.  Agrokimyogar  muayyan  ekin  navidan  yuqori  hosil 

yetishtirish  uchun  o ‘g‘itlardan  foydalanib,  dehqonchilikda  qo'llanila- 

digan  h am m a   t a ’sir  etish  usulublaridan  bir  y o ia   foydalanadi.  Lekin 

bunda t a ’sir etish doirasining oqibatini qay darajada b o iish in i  inobatga 

olinishi  lozim .  M asalan,  azotli  o ‘g ‘itlardan  to ‘g‘ri  foydalanmaslik  yer 

osti  suvlarini  nitratlar  bilan  ifloslanishiga  olib  keladi.  Ichiladigan  suv, 

sabzavot  va  boshqa  o'sim liklarda  nitratlarning  tez  to'planishi  odam 

va  hayvon  organizmidagi  m odda  almashinuvini  ham  izdan  chiqaradi.

AGROKIMYO  FANINING  RIVOJLANISH  TARIXI

0 ‘simliklarning  oziqlanishi  to‘g‘risidagi 


Yüklə 5,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin