2.2. Fizika kursini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
Keyingi yillarda kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi bilan bog‘liq
holda dars mashg‘ulotlarni tashkil etishning yangi shakllari shakllanmoqda.
Ulardan, keng foydalanayotgan amaliy ishlardan biri kompyuterda maxsus
dasturlar yordamida kuzatilishi qiyin bo‘lgan fizik jarayonlarni elektron darsliklar,
animatsiyalar, vertual tajribalar va taqdimotlar vositasida ko‘rgazmali
tushuntirishdir.
Chunki, ushbu elektron vositalarni ta’lim muassasalarida fanni o‘qitishda
fizik jarayonlarni, elektron darsliklar, animatsiyalar, virtual laboratoriya va
tajribalarni tinglovchilarga dars davomida ko‘rsatib borilmoqda. Jumladan, ta’lim
jarayonida mavjud barcha fanlarning, ma’ruza laboratoriya va amaliy
mashg‘ulotlarida yangi zamonaviy tehnologiyalar va asbob-uskunalar ya’ni,
raqamli o‘lchash asboblari, vertual laboratoriyalar, animatsiyalar, elektron
darsliklar, hamda ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish keng yo‘lga
qo‘yilgan va undan tashqari veb-saytlarning samarali tashkil qilinishi, ta’lim-
tarbiya samaradorligini oshirishda ham maktabda o‘tkazilayotgan turli xil ilmiy-
amaliy, ma’naviy-ma’rifiy anjumanlarning ahamiyati katta bo‘lmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, har jabhada qilinayotgan ilmiy va amaliy ishlar
zamirida esa yetuk, intelektual mutaxassis kadrlar ta’minlash asosiy
maqsadimizdir. Fizika fanini o‘qitishga kompyuter texnologiyalarini qo‘llash va
ular asosidagi multimediya vositalardan foydalanish pedagogik va psixologik
nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi muhim natijalarga olib
kelishi ma’lum: O‘quv-tarbiya jarayoni faollashib, dars samaradorligi oshadi;
O‘quv materiallarining turli shaklda uzatilishi tinglovchilarning diqqatini o‘ziga
tortadi; Yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik, tinglovchida o‘rganilayotgan fanga
nisbatan katta qiziqish uyg‘otadi; O‘rganilgan o‘quv materialining uzoq muddatga
xotirada saqlanishini ta’minlaydi; Tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish
imkoniyatlari ko‘payadi va vaqt tanqisligi muammosi kamayadi; Ta’lim jarayonida
zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkillashtirish
uchun ma’lum bir shart-sharoitlar va texnik vositalar mavjud bo‘lish kerak.
19
Birinchidan, axborot resurslariga: Shaxsiy kompyuter, proyektor, multimediya
vositalar, skaner, videokamera, printer, nusxa ko‘chirish qurilmasi va boshqa
anjomlar. Ikkinchidan, maxsus dasturiy ta’minotlar hisoblanadi. Ta’lim tizimida
multimediali elektron o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar virtual laboratoriya ishlari, har
hil animatsion dasturlar slaydlar yaratishda kerak bo‘ladigan maxsus dasturlar
hisoblanadi. Ta’lim tizimida yuqorida keltirilgan dasturlarda tayyor modellar
mavjud bo‘lib bunda foydalanuvchi boshlang‘ich parametrlarni kiritib bir necha
turkum ishlarni (laboratoriya, yong‘in xavfsizligi masalalarini tahlil qilishda,
taqdimot ma’ruzalarida animatsiyalar) dan keng foydalanishi mumkin. Fizik
jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradigan dasturlariga: MatCad,
MatLab, Maple, Crocodile, Physics, Electronics Workbench va boshqa dastur
paketlarini misol keltirish mumkin. Axborot texnologiyalarning imkoniyatidan
foydalangan holda kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida foydalanish
o‘zining samarasini beradi. Kompyuter modellarini o‘quv jarayonlarida qo‘llash
tamoyillari quyidagilar: kompyuter dasturi tajribani o‘tkazish mumkin bo‘lmagan
yoki tajriba kuzatib bo‘lmas darajada harakatlangan paytda qo‘llanilishi lozim;
kompyuter dasturi o‘rganilayotgan detalni aniqlashda yoki yechilayotgan
masalaning illyustratsiyasida yordam beradi; ish natijasida tinglovchi model
yordamida
hodisalarni
tavsiflovchi
kattliklarning
ham
sifat,
miqdor
bog‘lanishlarini bilishlari kerak; Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish
uchun axborot texnologi-yada fizik bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek,
modellashtirishning o‘ziga xos muhim tomonlari shundaki, turli xil asboblar
tayyorlash shart emas, hodisalarni jonli va tabiiy ko‘rinishda tasvirlash, tajribani oz
fursat ichida istal-gan paytda takrorlash, kuzatish qiyin bo‘lgan va umuman
kuzatilishi mumkin bo‘lmagan jarayonlarni ham namoyish eta olish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Kompyuter dasturini qo‘llash orqali o‘tilgan mashg‘ulotlar oddiy
mashg‘ulotlardan ko‘ra yaxshiroq samara beradi. Fizika fanini o‘qitishda
kompyuter dasturlaridan foydalangan holda, animatsiyali mashg‘ulotlar olib borish
o‘qituvchi va tinglovchiga qulaylik yaratib, fizik jarayonlarning yuz berish
mexanizmlari va bosqichlarini tushunib yetishda yaxshi samara beradi.
20
Fizik jarayonlar mexanizmlarini, ularni ma’ruza, amaliy va ayniqsa tajriba
mashg‘ulotlarida namoyish etish va bu holatlarni kompyuter texnologiyalariga
tayangan holda olib borish o‘qitish jarayonida tinglovchilarga bilim berish va fan
asoslariga doir ko‘nikmalar hosil qilish samaradorligini oshiruvchi omillari bo‘lib
hisoblanadi.
21
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan dasturlardan
ma’ruza jarayonida qo‘llash natijasida qisqa vaqt ichida kerakli axborotni tin-
glovchi va o‘quvchilarga ko‘rgazmali o‘tkazish imkoniyati bor. Bu esa o‘quv
samaradorligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Albatta, zamonaviy
texnologiyalardan ilm-fan rivoji uchun to’g’ri qo’llash bilan katta yutuqlarga
erishish mumkin. Ko’rgazmali material sifatida yasama asboblardan foydalanish
katta samaradorlikga erishish uchun poydevor bo’lib hizmat qiladi. Kurs ishimda
fizika darslarini o’qitilishi, yasama asboblardan foydalanish va kompyuter
texnologiyalari yordamida darslarni noodatiy o’tilishi haqida fikr yuritildi. Shu
asnoda fan kelajagiga qo’shilajak hissani orttirishga intildim.
|