hayotning ma’nosi – avtomobil, televizor, kompyuter va shunga o`xshash
texnik vositalargagina ega bo`lishdir.
ommaviy madaniyatda ommaviy musiqa alohida o`rin tutadi.
ommaviy musiqa ni ―yangi rok belgilaydi. ―yangi rok, ta’bir joiz bo`lsa,
kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. ya’ni jazavali ritm, zarb,
shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga emas, balki
vujud harakatiga, talvasali raqsga yo`naltirilgan. ommaviy madaniyat dagi
texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda,
polifonizm-musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo`qqa
chiqarmoqda.
Hozirgi davrga kelib ommaviy madaniyat rivojlangan mamlakatlar va
ayniqsa, rivojlanish jarayonida bo`lgan milliy davlatchilikka jiddiy xavf
sola boshladi. Turli olimlar ommaviy madaniyat tushunchasini turli talqin
etsalarda, ommaviy madaniyat XX asrda insoniyat yaratgan klassik
madaniyatga salbiy ta’sir etishi bilan namoyon bo`la boshladi. Olimlar
ommaviy madaniyatni alohida olingan ijtimoiy omil sifatida talqin etib,
uning kelib chiqishi, o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanish tamoyillarini
tadqiq etmoqdalar.
Dostları ilə paylaş: