Mavzu: ommaviy madaniyat va axborot xuruji


Ommaviy madaniyat: u bilan bog`liq tushunchalar talqini



Yüklə 280,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix29.10.2022
ölçüsü280,46 Kb.
#66792
1   2   3   4   5   6   7   8
fcZngssMYcRWHclHWNe3PM2WQ6MxwBh2aD7DdE8c

Ommaviy madaniyat: u bilan bog`liq tushunchalar talqini. 
Bugungi kunga kelib, muayyan mamlakatni zabt etish, biror xalqni 
bo`ysindirish vositalari tubdan o`zgardi. Ilgari bu maqsadlarga erishish 


uchun qanchadan-qancha qurol-aslahalar, qimmmatbaho texnika, minglab 
askarlar va ancha-muncha vaqt ham kerak bo`lar edi. Hozirda esa biror 
mamlakat yoki xalqni bo`ysindirish uchun ommaviy axborot vositalarining 
o`zi kifoya qilmoqda. Kuch ishlatish, majburlash, zo`ravonlik axborot 
orqali ta’sir qilish, odamlarni biror bir g`oyaga ishontirish, ongni 
boshqarish texnologiyalariga o`rin bo`shatyapti.
Siyosiy jarayonlarning motivlari hamda shaxsni siyosiy tarbiyalash, 
axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish va rivojlantirish 
masalalarining mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir ko`rsatish talab 
qiladi. SHuning uchun ham Davlatimiz yoshlarning siyosiy va ijtimoiy 
faolligini yo`naltirish, ularning siyosiy, huquqiy, mafkuraviy onggini 
shakllantirishga juda katta e’tibor qaratmoqda.
“Ommaviy madaniyat” - XX asr o`rtalarida ommaviy muloqot va 
axborot vositalarining jamiyat hayotiga chuqur kirib borishi va barcha 
ijtimoiy guruhlar uchun etarli bo`lishi natijasida shakllangan va mohiyatan 
barcha yoshdagi aholi uchun tushunarli bo`lgan madaniyat namunalaridir.
Kuch orqali maqsadga erishish insoniyat tomonidan birdek 
qoralanadi, chunki bunda insonga jismoniy og`riq, shikast, moddiy zarar 
etkaziladi. Ishontirish vositasida xarakat qilayotganlarni esa biror narsada 
ayblash qiyin, zero, ular targ`ib qilayotgan g`oyalari ortida qanday 
manfaatlar yashiringanini bilish oson emas. Vaholanki, so`z, fikr, axborot 
orqali inson tafakkurini zabt etish ham xalq, mamlakat, hududni bosib 
olishning biroz madaniylashgan ko`rinishi hisoblanadi, biroq bunda 
istilochining kim ekani noma’lum bo`ladi, hatto aholi o`zini bosib olish 
uchun kim kurash olib borayotganini anglamaydi ham. Bu kurash yashirin 
ravishda, zimdan oshirilgani bois, unga uyushqoq holda qarshilik ko`rsatib 
bo`lmaydi, aynan shu omil bunday qarashlarning muvaffaqiyatini belgilab 
beradi.
Gegemoniyaning bu shakli ―madaniy gegemoniya (ustunlik, 
yo`lboshchilik) deb nomlanadi. Jahon miqyosida avj oldirilayotgan bunday 
madaniy gegemoniya kurashda aldanib qolmaslik uchun istilochilarning 
asl maqsad-muddaolarini bilish, qo`llanilayotgan uslub va vositalarni 
puxta o`rganish talab etiladi.
ommaviy madaniyat tarkibidagi kishilarning dasturiy qarashi 
shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni 
e’zozlashadi. Ma’naviy dunyoni emas, maishiy-iste’molchilik his-
tuyg`ularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. 
Ularning ma’naviy pozitsiyasi – ma’naviyatni o`ldirish va ―narsalarga 
qullikni rag`batlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi 
aytganidek, ommaviy madaniyat maktabidan o`tgan avlod uchun 


hayotning ma’nosi – avtomobil, televizor, kompyuter va shunga o`xshash 
texnik vositalargagina ega bo`lishdir.
ommaviy madaniyatda ommaviy musiqa alohida o`rin tutadi. 
ommaviy musiqa ni ―yangi rok belgilaydi. ―yangi rok, ta’bir joiz bo`lsa, 
kuchaytirilgan ritmik tuzilmali musiqadir. ya’ni jazavali ritm, zarb, 
shovqin ushbu musiqaning qiyofasidir. Bu musiqa tinglashga emas, balki 
vujud harakatiga, talvasali raqsga yo`naltirilgan. ommaviy madaniyat dagi 
texnik-ijro vositalari musiqa imkoniyatlarini nihoyatda toraytirmoqda, 
polifonizm-musiqiy sadolar boyligi va rang-barangligini yo`qqa 
chiqarmoqda.
Hozirgi davrga kelib ommaviy madaniyat rivojlangan mamlakatlar va 
ayniqsa, rivojlanish jarayonida bo`lgan milliy davlatchilikka jiddiy xavf 
sola boshladi. Turli olimlar ommaviy madaniyat tushunchasini turli talqin 
etsalarda, ommaviy madaniyat XX asrda insoniyat yaratgan klassik 
madaniyatga salbiy ta’sir etishi bilan namoyon bo`la boshladi. Olimlar 
ommaviy madaniyatni alohida olingan ijtimoiy omil sifatida talqin etib, 
uning kelib chiqishi, o`ziga xos xususiyatlari va rivojlanish tamoyillarini 
tadqiq etmoqdalar.

Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin