Mavzu: ommaviy madaniyat va axborot xuruji



Yüklə 280,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix29.10.2022
ölçüsü280,46 Kb.
#66792
1   2   3   4   5   6   7   8
fcZngssMYcRWHclHWNe3PM2WQ6MxwBh2aD7DdE8c

“centrum” – doira markazi so`zlaridan olingan)ning ma’nosi – o`z fikr-
o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va 
odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira 
olmasligini bildiradi.
Globallashuv sharotida dunyoning mafkuraviy manzarasi hozirda juda 
murakkablashib ketdi. Unda ta’sir kuchiga ega bo`lishni eng maqbul yo`li 
sifatida, mablag` qancha ketishidan qat’iy nazar yirik axborot 
tarqatuvchilik mavqeini egallash ekanligi hozirda sir bo`lmay qoldi. 
Jahonda informatsion urush ketayotganini hatto oddiy insonlar ham 
sezishlari mumkin. Misol uchun biron mamlakat hududida ma’lum 
turmush tarzini, qadriyatlar tizimini ulug`lovchi risolalar, san’at asarlari, 
kinofilmlar, axborotlar va hokazolar tarqatilmoqda.
Hozirgi axborot inqilobi oldingi davrlarda paydo bo`lgan axborot 
uzatish usullarining ko`pgina tomonlarini o`zida sintez qilgan zamonaviy 
kompyuter texnologiyalariga asoslangan Internet kabi hodisalarning paydo 
bo`lishi bilan bog`liq. Axborotni keng jamoatchilikka etkazib beruvchi 
matbuot, radio, televidenie kabi hodisalarni o`zida birlashtiruvchi 
ommaviy axborot vositalari jamiyat hayotiga ulkan ta’sir o`tkazish 
quvvatiga ega. Axborot oqimi hajman keng, mazmunan rang-barang, 
uzatilishga ko`ra tezkor bo`lgan bugungi kunda bu jarayon yanada 
chuqurlashib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari muayyan xabarni 
uzatish yoki biror bir g`oyaning mohiyatini ochib berish orqali uning 
o`zlashtirilishiga, 
kishilar 
ongida 
barqaror 
tasavvurlar, 
obrazlar, 
qadriyatlarning shakllanishiga ham ko`maklashadi. Sodda qilib aytganda
u ijtimoiy fikrga doimiy va izchil ta’sir o`tkazish, uni shakllantira olish 
imkoniyatiga egadir.
―Kimki axborotga ega bo`lsa, u, dunyoga egalik qiladi,- degan fikr 
bugungi kunda barcha tomonidan e’tirof etilgan. SHunday ekan, bugungi 
kunda har bir fuqaromizda axborot olami imkoniyatlaridan oqilona 
foydalanish malakasini shakllantirish hayotiy-amaliy ahamiyatga ega. 


Ommaviy axborot vositalari va ma’naviy-g`oyaviy tahdidlar haqida gap 
ketar ekan, eng avvalo g`araz maqsadlarda amalga oshirilayotgan tashqi 
g`oyaviy 
ta’sirlar, 
mamlakatimiz 
hayotida 
sodir 
bo`layotgan 
o`zgarishlarga xolis yondashuv bayrog`i ostida berilayotgan bir yoqlama 
axborotlar va baholarning oldini olish, ularga qarshi ob’ektiv 
ma’lumotlarni kishilarga tezkor, tizimli va tadrijiy etkazib berish masalasi 
dolzarb bo`lib turganini alohida qayd etish zarur.
Bunday informatsiyalar jamiyatda ma’lum ijtimoiy fikrning 
shakllanishiga ta’sir etmay qolmaydi. SHu munosabat bilan birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov ―YOshlarni ochiq axborot olish davrida 
hukm surayotgan umumbashariy ahloqiy inqirozdan asrash muammosiga 
alohida e’tibor qaratgani diqqatga sazovor: -...keyingi yillarda ko`plab 
namoyish etilayotgan jangarilik filmlarni ko`pchilik, ayniqsa, yoshlar 
maroq bilan ko`radi, chunki odamzot tabiatan mana shunday to`polonlarni 
tomosha qilishga moyildir. Afsuski, tarix tajribasi shundan dalolat beradi, 
insonni tabiatidagi insoniylikdan ko`ra vahshiylik, ur-yiqit instinktlari, 
ya’ni xatti-harakatlarini qo`zg`atib yuborishosonroq. Ongi shakllanib 
ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko`pincha 
turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o`rganadi, xolos. Natijada 
ularning diydasi qotadi, qalbidan toshbag`irlik, zo`ravonlik, axloqsizlik 
kabi illatlar joy olganini o`zi ham sezmay qoladi. Hatto shunday tomosha 
va filmlarning qahramonlariga ko`r-ko`rona taqlid qilishni istaydigan 
yigit-qizlar ham topiladi. CHunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida 
qo`l urayotgan ishi qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib 
etmaydi.
Globallashuv jarayoniga jamiki insoniyat tortilayotgan bo`lsada, 
ammo yoshlarning ishtiroki jiddiy o`rganishni talab etadi. Bu biz 
yoshlarga kelajagimiz davomchisi sifatida g`amxo`rlik qilishgina emas, 
balki globallashuv jarayoni aynan yoshlar ishtirokida keng qamrovli 
ahamiyat kasb etayotgani bilan izohlanadi. CHunki globallashuv tufayli 
erishilgan yutuqlar va orttirilgan ommaviy madaniyat dinamik harakterda 
bo`lib, uning tarqatish vositalari – zamonaviy kommunikatsiya va axborot 
texnologiyalari, internet tarmoqlari va kompyuter tizimlari tezlikni talab 
qiladi va bu imkoniyat yoshlarda aks etgan. Qolaversa, ushbu tizimlarning 
faoliyatiga bo`lgan qiziqish ham yoshlarga xos jarayon. ―Bugungi kunda 
yoshlarimiz nafaqat o`quv dargohlarida, balki radio-televidenie, matbuot, 
internet kabi vositalar orqali ham rang-barang axborot va ma’lumotlarni 
olmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir 
sharoitda bolalarimizning ongini faqat o`rab-chirmab, uni o`qima, buni 
ko`rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor 
bilan o`rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu 


maqsad-muddaolarimizga ham to`g`ri kelmaydi. - deb ta’kidlaganlari bejiz 
emas.
Taassufki, bugun yoshlarimizning aksariyati globallashuv tufayli 
Evropa va xorijiy ma’naviy-madaniy oqimlar ta’siriga ko`proq 
ishtiyoqmand bo`lib, milliy ma’naviyatimizning hayotbaxsh, yuksak 
axloqiylikka asoslangan tamoyillarga ixlosmandligi sust kechmoqda. 
Inson qadri, mas’uliyati, axloqiga bepisandlik ba’zi yoshlarning kiyinishi, 
fe’l-atvori, yurish-turishida yaqqol ko`zga tashlanib qolmoqda.
Ta’kidlash joizki, globallashuv sharoitida intellektual zahiralarning 
o`zaro boyitishi va muloqot imkoniyati o`sibgina qolmay, balki milliy 
madaniyat boyitilib, umuminsoniy qadriyatlarga erishish imkoniyati 
ortadi. SHuningdek, globallashuv etnomilliy omillarning siqib chiqarilishi 
bilan bog`liq xavfni vujudga keltirib, yoshlarda o`z turmush madaniyatini 
o`rganishga ishtiyoqning susaytirishi, g`arb madaniyati ta’sirida ma’naviy-
mafkuraviy qashshoqlashish, xalqona qadriyatlarning unifikatsiyalashuvi 
kabilarning yuzaga kelishiga imkoniyat tug`dirishi ham mumkin. Bunda 
globallashuvning o`zi madaniyatga to`g`ridan-to`g`ri,bevosita ta’sir 
ko`rsatmay, balki axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya 
tarmoqlari (sputnik televidenie, internet)ning keng tarqalishi va intensiv 
o`sishi va rivojlanishi katta ta’sir ko`rsatadi.

Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin