Mavzu: ommaviy madaniyat va axborot xuruji


 Yoshlarni axborot xurujlardan himoya qilishda ma’naviy



Yüklə 280,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix29.10.2022
ölçüsü280,46 Kb.
#66792
1   2   3   4   5   6   7   8
fcZngssMYcRWHclHWNe3PM2WQ6MxwBh2aD7DdE8c

 
3. Yoshlarni axborot xurujlardan himoya qilishda ma’naviy 
 tarbiyaning o`rni. 
Bugun biz tez sur’atlar bilan o`zgarib borayotgan, insoniyat hozirga 
qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o`ta shiddatli 
va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz... kimdir uni yuksak 
texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi 
axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Axborotga muayyan voqea-
hodisalar to`g`risidagi xabar yoki ma’lumot, ularni tushuntirish, tushunish 
va idrok etishda qadim zamonlardan buyon qo`llanib kelinayotgan, 
kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, 
keng ma’no kasb etayotgan tushuncha sifatida ta’rif beriladi. O`tgan 
asrning oxiri va hozirgi asr boshida axborot vositalarining jadal 
rivojlanishi XXI asrning ―Axborot asri deb atalishiga sabab bo`ldi.
Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari, axborotlashgan 
jamiyatning intellektual salohiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat 
kasb etmoqda. Bugungi kunda axborot asosida ta’lim-tarbiya jarayoni olib 
borilmoqda, ijtimoy hayot samarali boshqarilmoqda. Hozirgi kunda 
hayotning biror-bir sohasini axborotsiz tasavvur etib bo`lmaydi. 
Axborotlar banki, axborot texnologiyalari kishilik faoliyatining ajralmas 
qismiga aylanmoqda. Axborotlarni aniq maqsadda yig`ish, saqlash, 


tizimlarga ajratish va ulardan ommaviy tarzda foydalanishda texnik, 
dasturiy, algoritmik ishlar va ularning tashkiliy vositalari beqiyos 
ahamiyatga ega.
Axborotlashtirilgan jamiyattning har bir bo`g`inida axborotlar bankiga 
murojaat qilinadi va shu asosda zamonaviy ta’lim texnologiyalari 
yaratiladi va ta’lim-tarbiya jarayonlarini optimal boshqarish imkoniyati 
vujudga keladi. Mustaqil rivojlanish yo`lidan borayotgan jamiyatimizning 
hayotida sodir bo`layotgan ijtimoiy siyosiy o`zgarishlarga e’tibor berar 
ekanmiz, hozirgi kunda tobora avj olib borayotgan, mamlakat taqdiriga 
bevosita daxldor bo`lgan masalalardan biri, ya’ni aholini axborot 
psixologik xurujlardan himoya qilish masalasi eng dolzarb muammolardan 
biri sifatida baholanmoqda. Axborot psixologik xurujlar bugungi kunda 
insonning o`zligiga va kelajagiga tahdid solayotgan vositalardan biri ekan, 
albatta, bunda ana shu xurujlardan himoyalanish yo`llari, usullari ishlab 
chiqilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Hayot sur’atlari juda ham tezkor darajada ilgarilab ketayotgan bir 
davrda yashamoqdamizki, bunday vaziyatda, albatta, jamiyat a’zolarini 
atrofda bo`layotgan voqea hodisalarga nisbatan hushyor, e’tiborli, mavjud 
shart sharoitlarga nisbatan holis, mantiqan to`g`ri va aniq baho bera olish 
qobiliyatlarini shakllantirish tahdidlarga qarshi kurashishda alohida 
ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, tarixan qisqa davr ichida O`zbekiston bir 
qancha rivojlangan mamlakatlar e’tiboriga tushganiga guvoh bo`lib 
turibmiz.
Bu hozirgi kunda ta’lim, iqtisod, sport va boshqa shu kabi sohalarda 
erishayotgan ko`plab yutuqlarimiz orqali o`z isbotini topmoqda. Bugungi 
kunda hayotimizni radio televideniesiz, internetsiz tasavvur eta olmaymiz. 
CHunki yuqorida aytib o`tilgan har ikki soha ham o`zida juda katta 
darajadagi axborot sig`imini qamrab olganki, ulardan rangba rang 
ma’lumotlar, axborotlar, yangiliklarni, qulay va tez sharoitda olish 
imkoniyatiga egamiz. Lekin masalaning yana bir e’tiborli va ayni mahalda 
eng dolzarb tomoni borki, u ham bo`lsa internet va shu singari zamonaviy 
telekommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan 
holda 
keng 
jamoatchilik, ayniqsa, endigina o`sib unib kelayotgan, hali qalbi shuuri 
erilishlarga tez berilib ketadigan yoshlarni ma’naviyatiga, ma’rifatiga, 
ahloqi, ta’lim tarbiyasiga salbiy ta’sir etayotganligi kishini larzaga 
keltiradi.
Biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini 
o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, dastlabki o`rinda axborot 
xurujlaridan himoyalanish yo`llarini ishlab chiqishimiz va bu yo`lda har 
birimiz chinakam jonbozlik ko`rsatishimiz darkor. Biz xalqimizning 
ma’naviy olamini boyitish, ma’naviy bo`shliq paydo bo`lishini oldini 


olish, mafkuraviy immunitetni qaror toptirish axborot xurujlaridan 
saqlanish, himoyalanishda ahamiyatlidir. Buning uchun esa avvalambor, 
Vatanimiz taraqqiyotining mustahkam poydevorlari bo`lmish yoshlar ongi 
va qalbida sog`lom hayot tarzini barpo etish, ularda o`z tarixidan 
faxrlanish tuyg`usini shakllantirish, milliy va umummilliy qadriyatlarga 
nisbatan ehtirom, izzat ikrom singari ezgu fazilatlarni singdirishimiz 
zarurdir.
Hozirgi kunda bir qancha davlatlar axborot xurujlarini uyushtirish 
ustida ish olib bormoqda. Buning uchun ular juda katta mablag` 
sarflashdan ham tap tortishmayapti. Ayniqsa ma’naviy tahdidga, yoshlar 
ongini egallashga qaratilgan axborot xurujlari avj olsa olyaptiki,aslo 
pasaymayapti.Ba’zi g`arazli kuchlar tomonidan bu borada turli usul va 
uslublardan foydalanilmoqda. Jumladan, yolg`on axborot tarqatish, ijtimoy 
ongni manipulyasiya qilish, milliy – ma’naviy qadriyatlarni emirish, 
mentalitetga yot bo`lgan qadriyatlarni targ`ib etish, xalqning tarixiy 
xotirasini buzish va o`zgartirish,kiberterrorizm kabi turlari keng 
tarqalmoqda. Eng achinarlisi, yoshlar asosiy axborot manbai sifatida 
―o`rgimchak to`ri deb nom olgan internet tarmog`iga murojaat qilmoqda.
Albatta, bu tarmoqning qulay axborot manbai ekani, istagan 
narsalaringizni undan bir zumda topa olishingiz mumkinligini, zarur bo`lsa 
dunyoning narigi chekkasi bilan bog`lanish imkoniyati mavjudligi muhim. 
SHu bilan birga, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarining 
cheksiz in’omidan g`arazli manfaatlarda foydalanuvchilar soni ortib 
borayotganidan ham ko`z yuma olmaymiz. Masalan, ayni paytda internet 
tarmog`ida o`z joniga qasd qilishning oson yo`llarini targ`ib qiluvchi 9 
mingtadan ziyod saytlar mavjud. Undagi 49 foiz kompyuter o`yinlari 
zo`ravonlik va yovuzlikni targ`ib qilayotir. Xalqaro ekspertlar dunyo 
miqyosida 38 foiz bola millatchilik tusidagi veb sahifalarni muntazam 
kuzatib borishini aniqlashgan. Axborot xurujlari avj olgan glaballashuv 
sharoitida har bir mas’ul xodim, targ`ibotchi, tarbiyachi va rahbar o`z ish 
uslublarini o`zgartirishi, muloqot qobiliyatlarini takomillashtirishi talab 
etiladi. Bu esa ta’sir ko`rsata olish samaradorligini oshirish bilan birga 
yoshlarda mustaqil, erkin tafakkurning rivojlanishi uchun real zamin 
yaratadi.
YOshlarni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tabiyalashda, turli qaltis 
ta’sirlardan, tashqi xavf va xurujlardan asrashda axloqiy qadriyatlardan 
foydalanish, shaxs psixologiyasining nozik tomonlarini bilish va ta’sir 
ko`rsatish texnologiyasini amalda tatbiq eta bilish davr zaruratiga 
aylanmoqda. Pedagoglarning fikricha, farzandlarimizni axloqiy poklikka 
o`rgatish, jismonan va ma’naviy yuksak bo`lishga undash jarayoni 
tazyiqni, kuch ishlatishni rad etadi. Ma’muriy tazyiq yoshlarni yot 


ta’sirlaridan asrab qolaolmaydi. Buning yagona yo`li - munosabatda 
insonparvarlik tamoyillarini ustun qo`yish, erkin fikr almashish muhitining 
yaratilishidir. Ma’naviyat halqlarni birlashtiradigan, jipslashtiradigan 
qadriyatlar 
tizimidir. 
Zamonaviy 
kommunikatsion 
vositalar 
esa 
hokimiyatning samarador resursini tashkil etadi. SHu asosda axborot 
texnologiyalaridan globallashuv jarayonlarini o`z izmida hizmat 
qildirishga harakat qilayotgan kuchlar(davlatlar) dunyoga etakchilik qilish 
niyatini amalga oshirish yo`lida foydalanmoqda.
Axborot vositalariga egalik ularga, bir tomondan, keraksiz
maqsadlariga mos kelmagan nuqtai nazar, mavzu va butun boshli 
xalq,davlatlarni muloqatdan chiqarish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, 
dunyo hamjamiyatining ongu tafakkurini egallash, o`z iste’molchilik 
jamiyati qadriyatlarini umuminsoniy qadriyatlar sifatida taqdim etib, 
yagona dunyo,yagona hokimiyat hamda yagona boshqaruv markazi 
to`g`risidagi g`oyalarni singdirish vositasi bo`lib xizmat qiladi.

Yüklə 280,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin