Yosh davrlar psixologiyasi fanining predmeti va



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix06.07.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#62672
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
yosh davrlar psixologiyasi-страницы-43-123

qaysilar? 
Psixolog B.G.Anan‟ev psixikani o„rganish metodlarini to„rt guruhga ajratib
ularni tashkiliy, empirik, (amaliy), natijalarni qayta ishlash yoki natijalarni 
sharxlash metodlari deb nomlagan. Bu guruxlar o„zining maqsad va vazifasi 
bo„yicha yana bir necha toifa hamda turlarga bo„linadi. Quyida mazkur 
metodlarning umumiy va o„ziga xos xususiyatlari hamda qiyosiy tavsifini 
keltiramiz. 
Tadqiqot metodlarining birinchi-tashkiliy guruxi o„z ichiga qiyoslash, longityud 
(uzluksiz) kompleks (ko„pyoqlama) deb atalgan turlarni oladi. Qiyoslash 
metodidan umumiy psixologiya sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruxlarni 
hamda ularning xar bir toifalarini) meditsina psixologiyasi (sog„lom va bemor 
kishilarning psixik xususiyatlarini) sport psixologiyasi (sportchilarning xolati, 
kuchliligi va ishchanligini) o„zaro taqqoslash kabilarda unumli foydalaniladi. 
Yosh davrlar psixologiyasida esa qiyoslash metodi turli yoshdagi odamlarning 
bilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarni o„zlashtirishi, aqliy qobiliyati, 
salohiyati, rivojlanish dinamikasi, jinslarning tafovutlari va o„ziga xosligi 
kabilarni o„rganishda qo„llaniladi. 
Yosh davrlar psixologiyasida qiyoslash metodi bilan bir vaqtda longityud 
(uzluksiz) metodi ham qo„llaniladi. Uning boshqa metodlardan farqi bir yoki bir 
nechta sinaluvchilar uzoq muddat, xatto o„n yillab tekshirishidir. Longityud 
metodidan foydalanib, nemis olimi V.SHtern, fransuz tadqiqotchisi R.Zazzo, 
rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytes, V.S.Muxina va 
boshqalar tadqiqotlar olib borganlar. Mazkur metod orqali bir xil jinsli (Xasan-
Xusan, Fotima-Zuxra) yoki aralash jinsli (Xasan-Zuxra, Fotima-Xusan) 
egizaklar kuzatilgan. SHuning uchun qator tadqiqotlarning «Ona kundaligi» 
(N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejziz emas. Uzoq vaqt bir 
shaxsni kuzatish, unda paydo bo„layotgan yangi fazilatlarning rivojlanish 
dinamikasini, xulq-atvoridagi illatlarni oldini olish tadbirlarini, murakkab 
psixologik munosabatlarining ichki bog„lanish qonuniyati hamda mexanizmi 
to„g„risida mukammal ishonchli barqaror ma‟lumotlar to„plash imkonini 
yaratadi. 
Xozirgi fan va texnika taraqqiyoti psixologik tekshirishlarning ilmiyligini 
yanada oshirish uchun (sub‟ektiv omillarning ta‟sirini kamaytirish maqsadida) 
kompleks dastur asosida boshqa fanlar ( meditsina, fizika, fiziologiya, 
biologiya, sotsiologiya, kibernetika, statistika, filosofiya, logika va xakazolar) 


bilan birgalikda tadqiqot ishlari olib borishni taqazo etmoqda. Amaliy yo„sindagi
ilmiy tadqiqot ana shu ko„p qirrali yondoshishni talab qiladi.
Psixologiya soxalarida (psixofiziologiya, kosmik psixologiya, meditsina 
psixologiyasi, injenerlik yoki aviatsiya psixologiyasi) tadqiqot ob‟ektiga 
sistemali yondoshish prinsipi amalga oshirilmoqda. Kompleks metod yordamida 
o„rganilayotgan ob‟ektdagi o„zgarishlar turli nuqtai-nazardan taxlil qilinadi yoki 
ularga turlicha yondoshiladi. Masalan, bolada oddiy bilimlarni o„zlashtirish 
xususiyati psixologik jixatdan tekshirilayotgan bo„lsa, kompleks yondoshish 
ta‟sirida ana shu o„zlashtirishning falsafiy, mantiqiy, fiziologik, ijtimoiy
biologik xususiyatlari yoritiladi. Aytaylik keksayishning biologik omillarini 
o„rganish uning psixologik, fiziologik, mantiqiy jixatlarini yoritishda xizmat 
qiladi. 
Kompleks dastur yordamida amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ilmiy 
ahamiyatga ega bo„lib insonshunoslik muammolarini hal qilishda katta yordam 
beradi.
Ilmiy tadqiqot metodikalarining ikkinchi guruxi empirik metodlaridan iborat 
bo„lib, bu guruxga kuzatish, eksperiment, test, anketa, so„rov, sotsiometriya
suhbat, intervg„yu, faoliyat jarayoni va uning maxsulini tahlil qilish, tarjimai xol 
kabilar kiradi va ular sinash, tekshirish, diagnoz va prognoz vazifalarni bajaradi. 
Insonda tug„ilganidan umrining oxirigacha sodir bo„ladigan psixologik 
o„zgarishlarni chuqurroq va ob‟ektivroq tadqiq etish uchun empirik metodlardan 
navbati bilan foydalanish yaxshi natija beradi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin