O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalаr vаzirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKАSI RAQAMLI TEXNOLOGIYALАR VАZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI “Kompyuter injiniringi” fakulteti
“Axborot ta’lim texnologiyalari” kafedrasi
“Elektron to’lov tizimlari” fanidan
Mavzu: Elektron to‘lov tizimi tushunchasi hamda ulardan foydalanish hamda plastik karta asosida to‘lovni amalga oshirish mexanizmi va ularning turlari.
Bajardi: Doniyorov A.A.ATS20-06-guruh Qabul qildi: ______________Jiyanov O.P.
S A M A R Q A N D – 2 0 2 3 1-Laboratoriya ishi. Mavzu:Elektron to‘lovtizimi tushunchasi hamda ulardan foydalanish hamda plastik karta asosida to‘lovni amalga oshirish mexanizmi va ularning turlari.
Ishning maqsadi: Talabalarga Elektron to’lov tizimlari haqida tushuncha berish, hamda ulardan foydalanish ishlarini tushuntirish va Elektron to‘lov tizimini joriy qilish, rivojlantirish usullarini o’rganish.
Nazariy qism: Elektron to‘lov tizimi – bu umumiy to‘lov tizimlarining bir qo‘rinishi bo‘lib, elektron to‘lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaksiya (ingl — transaction, lot. transactio — kelishuv, shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to‘lovlarning asosi sifatida pul, tovar va hizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o‘tkazadi.
1980 yillarda- muamolaga ilk bor magnit va debet kartalar kiritilib, fiat (naqd) pullar elektron tizimga o‘tkazila boshlandi.
1990 yillardan boshlab elektron to‘lov umumiy to‘lov tizimining jiddiy elementiga aylanib, pul miqdorini o‘zida saqlovchi smart-kartalar muomalaga kiritildi. Magnit va smart-kartalar naqd pullarni to‘liq almashtirmagan bo‘lsada, kartalardagi pul miqdori sezilarli darajada ko‘paya boshladi.Elektor to‘lovlar pul muamolasidagi harajatlarni kamaytirishda, kartalar egalariga tezkorlik, qulaylik va anonimlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb etdi.
2000-yillarga kelib elektron pullar elektron tijoratda eng asosiy rolni bajarishni boshladi. AQSH Federal Rezerv bankining Maslaxat Kengashi elektron pulga “elektron shaklga o‘tkaziladigan pullar” deb tushuncha berdi. Elektron pullar standart bank hisob-raqami shaklidagi bank yoki moliya institutining kafolatiga ega bo‘ldi. Aynan shu davrda dasturiy paketlar shakllangan.
2010-yillarda yangi Bitcoin-nomli piring (ingl. peer-to-peer, P2P — tengma-teng) pul tizimi yaratildi. Bunda R2R texnologiyasi qo‘lliniladigan, nazoratchi organ, markaziy bank yoki pressing markazlar aralashmagan, tranzaksiya va pul emissiyasi tarmoq ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladigan jamoaviy harakat sodir etiladi. Bu kriptovalyutaning odatiy elektron puldan yana bir farqli jihati shundaki, u birorta ham mamlakat valyuta tizimiga bog‘lanmagan.
Hozirgi kunda elektron pul tizimlari naqdsiz pulni muomala qilishning eng ommabop turiga aylandi. Yirik davlatlar butun dunyoga tarqalgan va ommaviy tusga ega bo‘lgan elektron pul muamolasi bilan bog‘liq bank kartalarni chiqarishgan. Dunyodagi eng mashhur, kredit va debet bank kartalari bilan ishlaydigan tizimlar bu:
VISA, MasterCard, VISA Electron i Maestrodir.kam
Bundan boshqa kartalar bilan ishlaydigan bir qancha tizimlar ham mavjud albatta, faqat ular qamrab olgan amal qilish doirasi nisbatan torroq.
Qo‘shimcha qilish joizki, VISA kartalari bo‘yicha yillik savdo aylanmasi 4,8 trillion AQSH dollarni tashkil qiladi. VISA kartalari dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida qabul kilinadi. Dunyoda to‘lov kartalarining 57% VISA kartalari tashkil qiladi, asosiy raqobatchilari MasterCard 26% va American Express 13% tashkil qiladi.
MasterCard Worldwide – dunyoning 210 mamlakatlaridagi 22 ming moliyaviy tashkilotlarni birlashtirgan xalqaro to‘lov tizimi hisoblanadi. Bosh ofisi AQSHning Nyu-York shaxrida joylashgan.
Internet-banking tizimida ishlaydigan to‘lov tizimlari ishlatish doirasi, xududlarni qamrab olishi va to‘lov imkoniyatiga qarab bir-biridan farqlanadi. Ularning ayrimlari MDX davlatlari xududida amal qilsa, ba’zilari xalqaro tranzaksiyalarni amalga oshirishda ishlatiladi.
SHulardan eng mashxur elektron tizimlardan biri Webmoney hisoblanadi. Bu tizimaksariyat internet-do‘konlarning elektron to‘lovlarida ishlatiladi va o‘zining o‘ta mustahkam xavfsizlik tizimi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda Webmoneytizimidan foydlanuvchilarning qariyib 70 foizi rossiyaliklardir. O‘zbekistonda ham mazkur to‘lov tarmog‘i ohirgi 2 yil ichida keng ishlatila boshlandi va, hattoki, uning WMZ-belgilarini milliy valyuta — so‘mga almashtiradigan saytlar paydo bo‘ldi.
Rossiyada ommabop bo‘lgan to‘lov tizimlaridan yana boshqalari YAndeks.Dengi va QIWI-kosheleklardir. Tadqiqotlarga ko‘ra 12 millionga yaqin rossiyaliklar “YAndeks.Dengi”, 13 millionlan ortig‘i “QIWI koshelek” akkaunt (hisob-raqam)lariga ega.
Bu elektron to‘lovtizimlarni boshqacha qilib fiatsiz elektron pullar deb ham atashadi.Bular qatoriga yana quyidagi tizimlarni kiritish mumkin:
• EasyPay
• OKPAY
• RBK Money
• Dengi@Mail.Ru (QIWI- 100% sotib olgan)
• SKRILL
• Kriptovalyutalar: Bitcoin, Litecoin
• Eleksnet
• PayQR
• Perfect Money
• PayPal
• Moneybookers com
• va boshqalar.
SHular ichidan dunyo miqyosida amal qiladigan, hammabop tizimlardan OKPAY va Perfect Moneylarni alohida ajratish mumkin.
Birinchidan, bu ikkala tizimdagi elektron pullarning himoyalik (xavfsizlik)darajasi o‘ta yuqori bo‘lib, verifikatsiya (shaxsni to‘liq tasdiqlash) operatsiyalarini amalga oshirgandan keyingina kerakli darajaga erishish mumkin. Ikkinchidan, halqaro tranzaksiyalar tezkorlik bilan, minimal foizlarda amalga oshiriladi.
Mamlakatimizda ham elektron to‘lov tizimini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha keng amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu borada qabul qilingan qonun va qonun-osti hujjatlari bank va to‘lov tizimini tartibga solishga, elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan.
O‘zbekistonda elektron pulni tranzaksiyasi bilan shug‘ullanadigan, aholi o‘rtasida keng tarqalgan tizim bu Slick.uz dir (Paynet va Uzcarddan tashqari). Undagi to‘lovlar uyali telefon tarmog‘i orqali amalga oshiriladi. www.click.uz
Shunday tizimlardan yana biri UPAY to‘lov tizimidir. Bu to‘lov tizimi 2010 yilda O‘zbekiston Savdo-sanoat Palatasi, ATB “Mikrokreditbank” va «Beeline» uyali telefon operatori hamkorligida yaratilgan va boshida «SMS-TOLOV» degan nom olgan edi. Ishlash prinsipi Slick.uz tizimiga o‘xshash. www.upay.uz
Ushbu to‘lov tizimlari orqali hozirgi kunda telefon, kommunal, internet hizmatlari, soliq, sug‘urta to‘lovlari,temir yo‘l va avia-chiptalaruga buyurtmalar berish operatsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Mamlakat xududida nnternet banking operatsiyalarini amalga oshiradigan yangi tizimlardan yana bittasi — bu WEBSUM.UZ tizimidir.
WEBSUM – bu Internet tarmog‘i orqali bir zumda tovar yoki xizmatlarni sotish yoki xarid qilish imkonini beruvchi elektron to‘lov tizimidir.
WEBSUM elektron to‘lov tizimi manzili: www.websum.uz
Afsuski, iPAY – UzExdagi birja savdolarida va internet do‘konlarda onlayn to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi, O‘zbekiston Respublikasi tovar hom-ashyo birjasining to‘lov tizimi hozirgi kunda faoliyatini to‘htatganga o‘xshaydi.
Xo‘sh, elektron to‘lov tizimning afzalliklari nimadan iborat:
• Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega
• Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati
• Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta sotuvchilarga murojaat qila olish imkoniyati
• Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati
• Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.