Biokimyo pmd


Anichkovning infiltratsion nazariyasi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Anichkovning infiltratsion nazariyasi
Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda xolesterin ko‘p miqdorda
kiritilganda, ularda ateroskleroz kasalligi kuzatilgan. Ammo bu xastalik
xolesterin berish to‘xtatilgandan so‘ng qayta tiklangan, shuning uchun
bu nazariya ko‘proq muhim tarixiy ahamiyatga ega.
Goldstein va Braunlar nazariyasiga ko‘ra ateroskleroz kelib
chiqishida asosan dislipoproteinemiya ahamiyatga ega. Kapillyarlarning
endotelial hujayralarining yuzasida maxsus retseptorlar bo‘lib, ular
ZPLP larni bog‘lab plazmadan hujayraga botib kiradilar. Natijada
xolesteringa boy bo‘lgan lipoprotein hujayraga uni olib kiradi. Hujayra
lizosomalarida ZPLP va xolesterin efirlari gidrolizga uchrab erkin
xolesterin hosil bo‘ladi. Hujayrada to‘planib qolgan xolesterin u yerdan
ZYLP tarkibida olib chiqib ketiladi. Qon tarkibida dislipoproteinemiya
vujudga kelganda xolesterin hujayrada to‘planib qoladi. Bunga
ko‘maklashuvchi omillardan biri yuqori qon bosimidir. Elektron
mikrosko‘pda bunday hujayralar «ko‘piksimon» ko‘rinishga ega
bo‘ladi. Ortiqcha xolesterinni sarflash uchun hujayralar bo‘linishi
kuzatilgan, ammo bu yanada qon tomirlar torayishiga olib keladi.
Ateroskleroz birinchi navbatda yurak ishemik kasalligi bilan
kuzatiladi. Yurak ishemik kasalligiga olib keluvchi xavfli omillar bir
necha guruhga taqsimlangan:
a) aniqlangan omillar:
dislipoproteinemiya, giperxolesterinemiya, arterial gipertenziya
(yuqori qon bosimi), chekish;
b) taxmin qilinayotgan omillar: semizlik, emotsional hayajonlanish,
kamharakatlik, irsiy omil va boshqalar.
Ateroskleroz va yurak ishemik kasalligining oldini olish va bartaraf
etish biokimyoviy yollaridan yuqorida ko‘rsatilgan omillarni bartaraf
etish bilan bog‘liqdir.


256
XII BOB
ODDIY OQSILLAR ALMASHINUVI

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin