Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

75-rasm. 
Nihan sindromida purinli nukleotidlar metabolismining
bloklanishi.


303
Podagrani davolashda allopurinoldan
foydalaniladi, u gipoksantinning strukturali analogidir.
U ksantinoksidazaning raqobatli ingibitori bo‘lib,
kuniga 0,2-0,8 g miqdorda qabul qilinsa, siydik
kislotaning qondagi miqdori normal raqamlargacha
pasayadi. Gipoksantin miqdori esa ortadi, lekin siydikda
siydik kislotaga qaraganda on baravar yaxshi eriydi va
organizmdan oson chiqariladi. Umuman olganda
ikkilamchi giperukemiya va podagra kam uchraydi.
Qon va buyraklarning ba’zi kasalliklarida,
qorg’oshindan zaharlanishda, ba’zi dori moddalarni
ichish tufayli boshlanadi. Ikkilamchi giperuri-
kemiyalarga odatda siydik kislotani chiqarib
tashlashning izdan chiqishi yoki purinli nukleotidlar metabolizmi
fermentlarining tashqi omillar ta’sirida zararlanishi sabab bo‘ladi.
Pirimidinli nukleotidlar almashinuvi
Pirimidinli nukleotidlarning pirimidin yadrosi uglerod dioksidi,
glutaminamid gruppasi, asparaginat kislotadan hosil bo‘ladi. Bir nechta
ketma-ket reaksiyalar natijasida uridinmonofosfat sintezlanadi. Bu
modda boshqa pirimidinli nukleotidlar sitidintrifosfat va timidintrifosfat
o‘tmishdoshi bo‘lib xizmat qiladi. Reaksiyalar quyidagi tartibda ketadi:
1.Karbamoilfosfat sintezi karbamoilfosfatsintazaII yordamida
katalizlanadi
karbamoilfosfat sintaza
CO
2
+ glu NH
2
+ 2ATF ——————————

H
2
N-CO O- F +glu
+ 2ADF+Fn.
2. Karbomoilfosfat aspartatkarbamoiltransferaza ishtirokida
asparagin kislota bilan reaksiyaga kiradi. Bu ferment allosterik ferment
bo‘lib, STF uning ingibitori, ATF esa aktivatoridir.
3. Digidroorotaza fermenti ishtirokida digidroorotat kislota hosil
bo‘lishi bilan siklik halqa hosil bo‘ladi.
4. NAD-saqlovchi digidroorotatdegidrogenaza ishtirokida
digidroorotat kislota digidrogenlanadi va orotat kislota hosil bo‘ladi.
5. Orotat kislota orotidin-5-fosfatpirofosforilaza fermenti ishtirokida
fosforibozilpirofosfat bilan reaksiyaga kirishib orotidin-5-fosfat hosil
qiladi.


304
6. Orotidin-5-fosfat orotidin-5-fosfatdekarboksilaza ishtirokida
dekarboksillanadi va natijada uridinmonofosfat hosil bo‘ladi.
2 molekula ATF fosfat guruhlari hisobiga ikki kinaza ta’sirida UMF
UTF gacha fosforillanadi
UMF + ATF 

UDF + ADF
UDF + ATF 

UTF + ADF
Uratsil 2 uglerod atomining glutamin hisobiga aminlanishi natijasida
sitozin hosil bo‘ladi. Shunday qilib, UTFdan STF hosil bo‘ladi.
Asoslarning o‘zgarishi faqat trifosfatlar bosqichida boradi.
UMF sintezi manfiy qayta bog‘lanish mexanizmi bo‘yicha idora
etiladi: UTF shu metabolik jarayon birinchi fermenti II
karbamoilfosfatsintetazaning allosterik ingibitoridir. Bu mexanizm


305
asosida boshqa primidinli nukleotidlar ham UMF dan hosil bo‘lganligi
uchun ularni ortiqcha sintezlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin