Biokimyo pmd


Gormonlar signalini o‘tkazishning molekulyar mexanizmlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Gormonlar signalini o‘tkazishning molekulyar mexanizmlari
Kopchilik gormonlar biologik ta’sir mexanizmini molekulyar
asoslari haqidagi zamonaviy tushunchalarni paydo bo‘lishida E.
Sazerlendning tekshiruvlari va siklik adenozil monofosfatning ochilishi
katta ro‘l o‘ynaydi.
Ma’lumki, axborot o‘tkazilish jarayonini yonaltirilishi va nozik
boshqarilishi, avvalombor, hujayra gormonal axborotni tashuvchi
retseptor molekulalarni mavjudligi bilan ta’minlaydi. Bu axborotni
retseptorlari 
ikkilamchi messenjer
deb nom olgan. Ular hujayra ichidagi
bog‘lovchilarni konsentratsiyasini o‘zgarshiga olib keladi. Messenjerni
miqdori ularni hosil qiluvchi va parchalovchi fermentlarni faolligiga
bog‘liq.
Barcha biologik faol moddalarni retseptorlari kimyoviy tabiati
bo‘yicha glikoproteinlar bo‘lib, retseptorlarni «tashuvchi» domeni
hujayraaro bo‘shliq tomonga qaragan. Retseptorning effektor sistema
bilan (xususan ferment bilan) javobgar qismi plazmatik membrana ichki
tomonida joylashgan. Barcha retseptorlarni umumiy xususiyati bo‘lib,
ma’lum bir gormonlarga nisbatan ularni yuqori spetsifikligi (0,1 dan
10 nM gacha bog‘liq konstantasi) hisoblanadi. Shuningdek, retseptorni
effektor sistemalar bilan bog‘lanishi G-oqsillar orqali amalga oshadi.
Ularni vazifasi gormonlar axborotini plazmatik membrana darajasida
ko‘p marotaba o‘tkazishdan iboratdir. G-oqsil faollangan shaklda
adenilatsiklaza orqali siklik AMF sintezini stimullaydi. U esa hujayra
ichidagi oqsillar faollanishini kaskad mexanizmini boshlab beradi.
Hujayra ichidagi «ikkilamchi» messenjerlar biologik samarasi orqali
amalga oshishining umumiy biologik mexanizmi bo‘lib, oqsillarni turli
proteinkinazalar ishtirokida nishon oqsillar molekulasidagi serin,
treonin, Ba’zida tirozin OH-guruhlariga ATFni oxirgi guruhni transport
qilish orqali, fosforillanish-defosforillanish jarayoni hisoblanadi.
Fosforillanish jarayoni oqsil molekulalarini translyatsiyadan keyingi
muhim kimyoviy modifikatsiyasi bo‘lib, ularning qurilishi va vazifasini
tubdan o‘zgartiradi. Xususan, u struktur xususiyatlarini (subbirliklarni
assotsiatsiya va dissotsiatsiyasini) hamda katalitik xususiyatlarini
faollanishi yoki ingibirlanishini chaqiradi, natijada, kimyoviy reaksiyalar
tezligi va umuman olganda hujayra funksional faolligini belgilaydi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin