Biokimyo pmd


MODDALAR ALMASHINUVI VA FUNKSIYALARNING



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

MODDALAR ALMASHINUVI VA FUNKSIYALARNING
GORMONLAR ISHTIROKIDA IDORA ETILISHI
Idora etish mexanizmlarining ta’siri natijasida hujayralarda barcha
kimyoviy reaksiyalar va fizik-kimyoviy jarayonlar tezliklarining bir-
biriga moslashishiga erishiladi hamda barcha organlar funksiyalarining
uygunlashuvi va organizmning tashqi muhit o‘zgarishlariga mos
reaksiya ko‘rsatishi ta’minlanadi.
Idora etish sistemasining ta’siri tufayli organizm optimal rejimda
ishlaydi va tashqi taassurotlar hamda ichki o‘zgarishlarga javob bera
oladi. Organizm ichki muhitining o‘zgarmay, birdek bo‘lib turishiga
gomeostaz
deb ataladi. Organizmning quyidagi holatlarida ba’zi
ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin:
1. Ontogenez. Ontogenez davrida turli genlarning faolligi turlicha
bo‘lib, ba‘zilarning ta’siri toxtab qoladi, ba‘zilari esa ma’lum davrlarda
faol bo‘ladi. Buning natijasida metabolik jarayonlar, a‘zolar tuzilishi,
funksional holati o‘zgaradi.
2. Siklik o‘zgarishlar (bioritmlar). Fermentlar faolligi, gormonlar
va ba’zi metabolitlar miqdorining siklik o‘zgarib turishi ma’lum. Bu
o‘zgarishlar yilning mavsumi, sutkaning vaqtiga bog‘liq bo‘lishi
mumkin.
3. Fiziologik aktivlikning o‘zgarishlari, ularning harakat aktivligi,
nerv sistemasi, sezgi a’zolari, hazm qilish sistemasining funksional
holatiga bog‘liqdir.
4. Organizmda tashqi omillar tufayli yuzaga keladigan adaptiv
o‘zgarishlar: sovuqda issiqlik hosil qilishning kuchayishi, havoda
kislorod miqdori kam bo‘lganda gemoglobin konsentratsiyasining
ortishi bunga misol bo‘la oladi.
5. Tashqi muhitning shikastlovchi omillarga javoban yuzaga
keladigan reaksiyasi. Antigenlarga qarshi antitelolar sintezi, yot
moddalarning ta sirida mikrosomal gidroksilazalar sintezining ortishi,


315
qon tomirlari shikastlanganda tromblar hosil bo‘lishi, yalliglanish
reaksiyasi va boshqalar bunga misol bo‘la oladi.
Organizmdagi gomeostazning saqlanishida moddalar
almashinuvining boshqarilishi alohida o‘rin tutadi va uning quyidagi
darajalari tafovut etiladi:
Birinchi darajasi
. Idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlarini
o‘z ichiga oladi. Bunda fermentlar faolligi alohida orinni egallaydi va
unga quyidagi uch usul bilan ta’sir etish mumkin:
a) fermentlarni ingibirlash yoki faollashtirish, muhit va harorat,
kofaktor va kofermentlar, oraliq metabolitlar miqdorini o‘zgartirish
orqali ta’sir etish mumkin;
b) fermentlar va ba’zi oqsillar sintezini induksiya yoki repressiya
qilish, ular parchalanish tezligini o‘zgartirish yoli bilan ular miqdorini
o‘zgartirish mumkin;
d) membrana orqali moddalarning o‘tishiga ta’sir etish orqali.
Endokrin sistema idora etishning 
ikkinchi darajasidir 
(77-rasm).
Ma’lum bir ta’sirotga javoban ichki sekretsiya bezlaridan gormonlar
ajralib chiqadi va ular nishon hujayralarda ichki mexanizmlar orqali u
yerdagi modda almashinuvini tegishli ravishda o‘zgartiradi. O‘z
vazifasini bajarib bo‘lgan gormon maxsus fermentlar ta’sirida
parchalanadi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin