Biokimyo pmd


Rilizing omillari. Gipotalamus-gipofiz tizimi



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Rilizing omillari. Gipotalamus-gipofiz tizimi
Rilizing omillari yoki liberinlar gipatalamusning nerv hujayralarida
hosil bo‘lib, portal kapillyarlar tizimi bo‘yicha gipotalamusga o‘tadi
va gipofizar gormonlar sekretsiyasini, aniqrog‘i, ajralib chiqishini
(ehtimol, biosintezini ham) boshqaradi. Gipofizar gormonlar ajralib
chiqishini (ehtimol, biosintezini ham) susaytiruvchi ingibitor
moddalarga statinlar deb ataladi (86-rasm).
Hozirgi vaqtgacha gipotalamusda yettita liberinlar va uchta statinlar
topilgan; xususan: kortikoliberin, tireoliberin, lyuliberin, folliliberin,
somatoliberin, prolaktoliberin, melanoliberin hamda somatostatin,
prolaktostatin va melanostatin.
Gipotalamus va miyaning kulrang moddasidan o‘tadigan nerv
(impulslari) gipotalamik boshqaruvchi gormonlar ajralish tezligiga ta’sir
etadi. Ushbu gormonlar esa gipofizar qon aylanish portal tizimi orqali
adenogipofizdan maxsus gormonlar (rilizing omillar) ajralishini
ta’minlaydi. Xususan, shu tizim (nerv yollari) vositasida adenogipofiz
gormonlarining sekretsiyasini, masalan: tashqi muhitning xilma-xil
ta’siri bilan (sovuq, gipoksiya, travma (jarohatlanish), zaharli moddalar
va boshqalar), yoki ma’lum bir fiziologik holatda (qorqish,
hayajonlanish va hokazo) boshqariladi.


332
86-rasm. 
Gipotalamo-gipofizar tizimi
Gipofiz gormonlari
Gipofizda oqsil va peptid tabiatiga ega bo‘lgan qator biologik faol
gormonlar sintezlanadi. Sintezlanish joyiga ko‘ra, gipofizning oldingi,
orqa va orta bolagining gormonlari tafovut qilinadi.
Adenogipofiz (gipofiz oldingi bo‘lagining) gormonlari
Adenogipofizda tropgormonlar hosil bo‘lib, qonga o‘tgandan so‘ng
tegishli periferik endokrin bezlardan zarur bo‘lgan gormonlar hosil
bo‘lishini ta’minlaydi. Gormon esa a‘zo va to‘qimalarda yaxlit
organizmning tegishli kimyoviy va fiziologik javob reaksiyasini keltirib


333
chiqaradi. Oqsil va peptid tabiatli gormonlar uchun hujayralar sathida
maxsus retseptorlar (glikoprotein va gangliozidlarning uglevod
parchalari) mavjud bo‘lib, gormonlar shu retseptorlar orqali maxsus
biokimyoviy o‘zgarishlarni amalga oshiradi. Steroid gormonlarning
retseptorlari esa sitoplazma va yadroda joylashgandir.
Quyidagi jadvalda gipofizning oldingi bo‘lagi gormonlari, ularning
molekulyar og‘irligi hamda gormonlar yetishmasligi va ortiqcha hosil
bo‘lishida rivojlanadigan asosiy sindromlar keltirilgan:

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin