Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

87-rasm. 
Steroid gormonlar o‘tmishdoshi pregnenalon sintezi


337
Fermentlar ikkita ketma-ket keluvchi gidroksillanish va xolesterin
yon zanjirining ajralish (izokapron kislota aldegidi sifatida)
reaksiyalarini katalizlaydi. Murakkab oksigenaz sistemada elektron
tashuvchi sifatida sitoxrom R-450 qatnashadi. Bundan tashqari elektron
tashuvchi oqsil, xususan adrenodoksin va adrenodoksinreduktaza,
ishtirok etadi.
Steroidogenezni keyingi bosqichlari murakkab gidroksillanish
sistemasi yordamida katalizlanadi, bu sistema buyrak usti bezi po stloq
qismi hujayralari mitoxondriyasida topilgan.
Glyukokortikoidlar turli to‘qimalardagi modda almashinuviga
turlicha ta’sir etadi. Mushak, limfatik, biriktiruvchi va yog‘ to‘qimalarida
glyukokortikoidlar katabolik ta’sir ko‘rsatib, hujayra membranalari
o‘tkazuvchanligini pasaytiradi va natijada glyukoza va aminokislotalarni
kirishi tormozlanadi; ayni vaqtda ular jigarga qarama-qarshi ta’sir
ko‘rsatadi. Glyukokortikoidlar ta’sirini oxirgi natijasi bo‘lib, asosan
glyukoneogenez hisobiga, giperglikemiyani rivojlanishi hisoblanadi.
Bundan tashqari, glyukokortikoidlar yuborilgandan keyin
giperglikemiya rivojlanish mexanizmiga mushaklarda glikogen
sintezlanishini pasayishi, to‘qimalarda glyukoza oksidlanishining
tormozlanishi va yog‘lar parchalanishining kuchayishi kiradi.
Kortizon va gidrokortizonni jigar to‘qimasidagi ba’zi oqsil-
fermentlar sinteziga indutsirlovchi ta’siri isbotlangan. Bunday
fermentlarga triptofanpirrolaza, tirozintransaminaza, serin- va treonin
degidrotaza va boshqalar kiradi. Demak, gormon genetik axborotni
o‘tkazishini birinchi bosqichi transkripsiyaga ta’sir etib, m-RNK
sintezini tezlashtiradi.
Mineralkortikoidlar (dezoksikortikosteron va aldosteron) asosan
natriy, kaliy va xlor ionlarini ushlanib qolishi va kaliy ionlarini siydik
bilan chiqarilishini ta’minlaydi. Ehtimol, buyrak kanalchalarida natriy
va xlor ionlarini qayta so‘rilishi modda almashinuvini boshqa
mahsulotlarini, xususan siydikchil chiqarish hisobiga sodir bo‘ladi.
Aldosteron molekulasida 13-uglerod atomida metil guruhi orniga
aldegid guruhi bo‘lganligi sababli shu nomni olgan. Aldosteron boshqa
kortikosteroidlar orasida eng faol mineralokortikoiddir, xususan u
mineral almashinuviga ta’sir etishi bo‘yicha dezoksikortikosterondan
50-100 barobar faoldir.
Ma’lumki, kortikosteroidlarning yarim parchalanishi davri 70-90
min tashkil etadi. Kortikosteroidlar yoki qo‘sh bog‘larni uzilishi hisobiga
qaytariladi yoki 17-uglerod atomida joylashgan yon zanjirini ajralishi


338
bilan boradigan oksidlanishga uchrab, ikkala holatda ham gormonlarni
biologik faolligi pasayadi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlarini
oksidlanishidan hosil bo‘lgan mahsulotni 17-ketosteroidlar deb ataladi;
ular oxirgi mahsulot sifatida siydik bilan chiqariladi. Erkaklarda esa
erkaklar jinsiy gormoni almashinuvining oxirgi mahsuloti hisoblanadi.
17-ketosteroidlarni miqdorini siydikda aniqlash katta klinik ahamiyatga
ega. Me’yoriy sutkalik siydikda: erkaklarda 10-25 mg, ayollarda esa 5-
15 mg 17-ketosteroidlar bo‘ladi. Ular sekretsiyasini ortishi urugdonlar
interstitsial to‘qimasini saratonida kuzatiladi. Boshqa testikulyar
saratonlarda uni miqdori me’yorda bo‘ladi. Buyrak usti bezi po‘stloq
qismi saratonida 17-ketosteroidlarni siydik bilan ekskretsiyasi keskin
ortib, bir sutkada 600 mg gacha chiqarilishi mumkin. Po‘stloq qismni
oddiy giperplaziyasida siydik bilan ketosteroidlarni chiqarish darajasi
unchalik yuqori bo‘lmaydi.
Saraton yoki oddiy giperplaziyani differensial tashxis qilishi uchun
α
- va 
β
-17-ketosteroidlarni alohida aniqlashdan foydalaniladi. Gipofiz
oldingi bo‘lagi gipofunksiyasidagi yevnoxoidizmda siydik bilan 17-
ketosteroidlar kam ajratiladi. Erkaklarda addison kasalligida, 17-
ketosteroidlar ekskretsiyasi keskin pasaygan (1-4 mg/sut), ayollarda esa
bu kasalliklarda u amaliy jihatdan kuzatilmaydi. Bu 17-ketosteroidlarni
nafaqat buyrak usti bezi gormonlaridan, balki erkaklar jinsiy gormonidan
ham hosil bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Miksedemada (qalqonsimon
bez gipofunksiyasi) ekskretsiyalanuvchi 17-ketosteroidlar miqdori
minimal darajaga (2-4 mg) yaqin. Lekin, asosiy kasallikni davolashda
qalqonsimon bez gormonlaridan foydalanish samarali bo‘lsa ham, siydik
bilan 17-ketosteroid ekskretsiyasiga kam ta’sir etadi.
Buyrak usti bezi po‘stloq qismi gormonlaridan hozirgi vaqtda klinik
amaliyotda dori moddalar sifatida keng qo‘llanilanadi. Davolash
maqsadida kortizondan foydalanish tasodifiy kuzatuv natijasidir.
Homiladorlikda revmatoid artrit simptomlarining og‘irlik darajasi keskin
pasayishi, lekin tug‘ruqdan keyin barcha simptomlarni paydo bo‘lishi
kuzatilgan. Homiladorlik davrida buyrak usti bezi, po‘stloq qismi
gormoni sekretsiyasini qonga chiqarilishi ortar ekan. Buyrak usti bezini
gistologik tekshirish po‘stloq qism hujayralarini tez o‘sishi va
proliferatsiyasini isbotladi. Bu kuzatuvlar buyrak usti bezi po‘stloq qismi
gormonlaridan, xususan kortizoldan, revmatoid artritlarni davolashda
foydalanish fikriga olib keladi. Revmatoid artritlarni davolashda ba’zi
mualliflar 100% ijobiy natijalar oldilar. Glyukokortitikoidlar
yalliglanish, allergiyaga qarshi antiimmun faollikka ega bo‘lganliklari


339
uchun bronxial astma, revmatoid artrit, qizil bo‘richa, sachratqi, turli
autoimmun kasalliklar, dermatozlar va boshqalarni davolashda keng
qo‘llanilanadi. Lekin kortikosteroid preparatni uzoq vaqt qo‘llash
organizmdagi modda almashinish jarayonlarini buzilishiga olib kelishi
mumkin.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin