Biokimyo pmd


Buyrak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

Buyrak usti bezining mag‘iz qismi gormonlari
Buyrak usti bezining mag‘iz qismida adrenalin va noradrenalin
sintezlanadi. Bu gormonlar (dofamin ham) tirozindan hosil bo‘ladi va
katexolaminlar deb ataladi.
Massasi 10 g bo‘lgan odam buyrak usti bezining mag‘iz qismida
atigi 5 mg atrofida adrenalin va 0,5 mg noradrenalin bo‘ladi. Qon
plazmasida ikkala gormon ham erkin holda hamda albuminlar bilan
bog‘langan holda uchraydi. Qonda ularni miqdori 1,9 va 5,2 nmol/lni
tashkil etadi.
Ikkala gormonni oz miqdori ATF bilan tuz hosil qilib, nerv oxirlarida
saqlanganda, ular qo‘zgalishga javoban ajraladi. Katexolaminlar kuchli
tomirlarni toraytiruvchi ta’sirga ega bo‘lib, arterial bosimni oshiradi va
bu jihatidan ularni ta’siri simpatik nerv sistemasi ta’siriga o‘xshaydi.
Bu gormonlar organizmdagi uglevodlar almashinuviga kuchli
boshqaruvchilik ta’sirini ko‘rsatadi. Xususan, fosforilaza fermenti
ta’sirida jigarda glikogen parchalanishi tezlashishi natijasida qonda


340
glyukoza miqdori adrenalin ta’sirida keskin ortadi. Adrenalin glyukagon
singari fosforilazani adenilatsiklaza-sAMF-proteinkinaza sistemasi
orqali faollashtiradi.
Noradrenalinning giperglikemik ta’siri birmuncha kamroqdir: u
adrenalin ta’sirining taxminan 5% ni tashkil etadi. Shu bilan birga
to‘qimalarda, xususan muskullarda, geksozofosfatlarning to‘planishi,
qon plazmasida anorganik fosfat konsentratsiyasining kamayishi va
to‘yinmagan yog‘ kislotalarining oshishi kuzatiladi.
Adrenalin ta’sirida to‘qimalarda glyukoza oksidlanishining pasayishi
to‘g‘risida dalillar bor. Uning bu kabi ta’sirini ayrim mualliflar
glyukozaning hujayraga o‘tish (transporti) tezligining kamayishi bilan
bog‘lashmoqda.
Adrenalin, noradrenalin organizmda parchalanadi va 3-metioksi-4-
oksimindal kislota, oksoadrenoxrom sifatida organizmdan siydik
tarkibida chiqariladi. Bu metabolitlar siydikda glyukuron kislota bilan
bog‘langan holda bo‘ladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin