Biokimyo pmd


ketonemiya va  ketonuriyani



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə245/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

ketonemiya
va 
ketonuriyani
vujudga keltirishi mumkin. Ketonuriya
yuqumli kasalliklarda kuzatilishi mumkin: skarlatina, gripp,
tuberkulyoz, meningit. Bu holatlarda ketonuriya diagnostik ahamiyatga
ega bo‘lmay ikkilamchidir.
Bilirubin
– me’yoriy siydikda juda kam miqdorda bilirubin bo‘lib,
uni oddiy sifat reaksiyalari bilan aniqlab bo‘lmaydi. Bilirubin ko‘p
ajralganda, bilirubinga sifat reaksiyalari musbat bo‘lganda,
bilirubinuriya deb ataladi. U o‘t yo‘llari berkilganda va jigar parenximasi
kasalliklarida uchraydi.
Bilirubinning siydik bilan chiqarilishi obturatsion sariqlikda kuchli
rivojlangan. O‘t dimlanganida o‘t kanalchalari jarohatlanadi va
bilirubinni qon kapillyarlariga o‘tkazadi. Agar jigar parenximasi
jarohatlangan bo‘lsa, bilirubin parchalangan jigar hujayralari orqali
qonga o‘tadi. Qonda bevosita bilirubin miqdori 3,4 mkmol/l dan
ortganda 
bilirubinuriya
kuzatiladi. Bilvosita bilirubin buyrak filtri
orqali o‘ta olmaydi. U faqat buyraklar qattiq jarohatlanganida bo‘lishi
mumkin.
Urobilin
– aniqrog‘i sterkobilin, siydikda doimo juda kam miqdorda
bo‘ladi. Uni konsentratsiyasi gemolitik va parenximatoz sariqlikda
keskin ortadi. Bu jigarni ichakdan so‘rilgan mezobilinogenni
(urobilinogen) ushlab qolishi va parchalash xususiyatini yo‘qolishi bilan
bog‘liqdir. Aksincha, siydikda o‘t pigmentlari (bilirubin) bo‘lganda
urobilinogenni bo‘lmasligi o‘t yo‘lini berkilishi natijasida o‘tni ichakka
tushishi to‘xtaganligini ko‘rsatadi.
Porfirinlar
– me’yorda siydik juda kam miqdorda 1 turdagi
porfirinlarni saqlaydi (sutkalik miqdori 300 mkg gacha). Lekin
porfirinlarni chiqarilishi jigar kasalliklarida va pernitsioz anemiyada
keskin ortishi mumkin (10–12 barobar). Irsiy porfiriyada 1 tur porfirinlar
432


hosil bo‘ladi (uroporfirin I va ko‘proporfirin I). Bu holatlarda sutkalik
siydikda 10 mg gacha porfirinlar aniqlanilanadi. O‘tkir porfiriyada
uroporfirin 3, ko‘proporfirin 3, shuningdek, porfobilinogenni siydik
bilan ekskretsiyasi kuzatiladi.


434
XIX BOB

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin