Biokimyo pmd


RNK tuzilishining xususiyatlari



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

RNK tuzilishining xususiyatlari
Tuzilishi va funksiyalarning xususiyatlari jihatidan RNKning uchta
asosiy turi tafovut qilinadi.
1. Ribosoma RNKlari (
rRNK
) — ribosomalarning tarkibiy
qismlaridir. rRNK ulushiga hujayradagi butun RNK ning taxminan 80
% to‘g‘ri keladi; rRNK ning uch turi: molekulyar massasi 1,5 mln.
atrofida bo‘ladigan 28 S rRNK (nukleotid qoldiqlarining soni
16-rasm.
DNK fragmentlari modellari


72
taxminan 4000 ta); molekulyar massasi 700000 atrofida bo‘ladigan 18
S-rRNK; molekulyar massasi 30 000 atrofida (nukleotidlarning qoldig‘i
taxminan 100 ta) bo‘ladigan 5 S-rRNK mavjud.
2. Transport RNKlar (tRNK) hujayradagi butun RNKning taxminan
15%ni tashkil etadi. tRNKning birlamchi strukturasi bilan bir-biridan
farq qiladigan necha o‘nlab turi bor. tRNKning molekulyar massasi
25000 atrofida. tRNK birlamchi strukturasining xarakterli xususiyati
molekulalarida odatdagidan monomerlaridan tashqari minor
nukleotidlar deb ataluvchi (kam miqdorlarda bo‘ladigan) monomerlar
ham borligidir. Minor nukleotidlar tarkibida odatdan tashqari asoslar
(masalan: metillangan asoslar) bo‘ladi; Psevdouridilat kislotada asos
bilan riboza qoldig‘i o‘rtasidagi bog‘ odatdan tashqari (N – C emas ,
balki C –C dir);
3. Matritsa RNK (mRNK) hujayradagi barcha RNK ning taxminan
2%ni tashkil etadi. Birlamchi strukturasi jihatidan bir-biridan farq
qiladigan juda ham ko‘p miqdordagi — organizmda turli oqsillar
qancha bo‘lsa, shuncha miqdorda mRNK bor. Matritsa RNKlarini
axborot RNKlari, ya’ni informatsion RNKlar (mRNK) deb ham aytiladi.
RNKning ikkilamchi strukturasi
RNK molekulalari DNKdan farq qilib, bitta polinukleotid zanjiridan
tuzilgandir. Lekin bu zanjirda bir-biriga komplementar bo‘lgan qismlar
borki, ular qo‘sh spirallar hosil qilib o‘zaro ta’sir eta oladi. Bunda A…U
va G …S nukleotid juftlari birikadi. Spirallangan qismlarda (bularni
shpilkalar deb ataladi) odatda kam miqdordagi nukleotid juftlari bo‘ladi
(20-30 tacha) va ular spiral bo‘lmagan qismlari bilan navbatlashib
keladi.
Transport RNKlarning ikkilamchi strukturasi xarakterlidir. Bu
RNKlarda spiral holiga kelgan to‘rtta qismi va bir zanjirli uchta (ba’zida
to‘rtta) qovuzlog‘i bo‘ladi. Ana shunday struktura tekislikda
tasvirlanganida «beda bargi»ga o‘xshash shakl yuzaga keladi. Hujayrada
bo‘ladigan necha o‘nlab turli-tuman tRNK larning hammasi fazoviy
strukturasi bir xilda bo‘lgani holda, lekin tafsilotlari jihatidan bir-biridan
farq qiladi (17-rasm, a, b).
Barcha transport RNK larida ribosoma, aminokislota va fermentlar
bilan bog‘lanadigan qismlar, shuningdek antikodon deb nomlangan
uchta nukleotid ketma-ketligi (triplet) mavjuddir. Antikodon mRNK
dagi (kodon) uch nukleotidlar ketma-ketligiga komplementardir. tRNK
ayrim qismlarini vazifasi oxirigacha ochilmagan. Psevdouridil qovuzloq


73
aminoatsil – tRNK ribosoma bilan bog‘lanishini ta’minlaydi,
digidrouridil qovuzloq esa, ehtimol, sayt (joy) sifatida spetsifik
aminoatsil – tRNK – sintetazani – tanib olish uchun zarurdir. Bundan
tashqari, yana qo‘shimcha qovuzloq bo‘lib, uning tarkibi turli tRNK
molekulalarida turlicha bo‘lib, vazifasi noma’lum. Antikodon
qovuzloqni funksiyasi to‘liq ochilgan. U 7 nukleotitdan iborat: uchtasi
markaziy o‘rinni egallab, yuqori spetsifik antikodonni hosil qiladi. Uni
ikki tomonida 2 tadan nukleotid joylashgan bo‘lib, modifikatsiyalangan
purin va o‘zgaruvchan asos bir tomonda joylashgan, ikkinchi tomonda
esa ikkita pirimidin asoslari bo‘ladi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin