Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

17 a-rasm. 
tRNKning ikkilamchi strukturasi:
a-sxemasi / minor nukleotidlar alohida qilib ajratilmagan


74
Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi
DNK molekulasini to‘qima nukleazalari va gidrodinamik
destruksiyaga yuqori sezgirligi sababli ko‘pincha manba’lardan DNK
nativ molekulasini ajratib olish juda qiyindir. Shu sababdan
jarohatlanmagan holda virus, mitoxondriya va xloroplastlar DNKlarini
jarohatlamasdan ajratib olishga muvaffaq bo‘lingan. Bu molekulalarni
fizik (xususan, kristallografiya), fizik-kimyoviy usullar bilan tekshirish
DNK qo‘sh spiralini ba’zi qismlarida superspiral yoki ochiq halqali
shakl hosil qilishi mumkinligi ko‘rsatildi. Chiziqli DNK halqali shakldan
hosil bo‘lishi yoki shunday holda tabiatda mavjud bo‘lishi mumkin ekan.
Ba’zi viruslarda chiziqli va halqali shakldagi bir zanjirli DNK topilgan.
17 b-rasm. 
tRNKning ikkilamchi strukturasi:
b-fazoviy modeli / ba‘zi nukleotidlarningnomerlari k‘orsatilgan


75
Bakteriya yoki hayvonlar hujayra mitoxondriyalari DNK molekulasi
halqali shaklini hosil bo‘lishi ular ochiq oxirlarini kovalent bog‘lanishi
natijasida vujudga keladi. Ma’lumki, superspiral struktura DNK
molekulasini – xromosomada ixcham joylashishiga imkon beradi. Odam
xromosomasida DNK molekulasi cho‘zilgan shaklida 8 sm uzunlik
o‘rniga 5 nm uzunlikda joylashadi. DNK molekulasi superspirallik
darajasini ma’lum sharoitlarda sedimentatsiya konstantasini o‘zgarishi
bilan aniqlaniladi. Zanjirlarni birida yoki qo‘sh spiralni ikkala zanjirida
DNK ta’sirida yoki interkalyatsilovchi birikmalar bilan ishlov berilganda
18-rasm.
Nuklein kislotalarning uchlamchi strukturasi


76
DNK superspiralligini buzish mumkin. Interkalyatsiya antibiotik va
bo‘yovchi moddalar ta’sirida vujudga kelishi mumkin (18-rasm).
T-RNK nativ molekulasi deyarli bir xil uchlamchi strukturaga ega.
U «beda bargi» yassi strukturasidan, molekula turli qismlarini buklanishi
hisobiga, juda ixchamligi bilan farqlanadi. Ba’zi viruslarda (reovirus,
o‘simlik o‘simtalari yara viruslari va boshqalar) DNK strukturasi kabi
bir xil tipdagi tabiiy ikki zanjirli RNK mavduddir. pH muhit, ion ta’sirlar
va haroratni fiziologik darajalarida mRNK, rRNK bir zanjirli
strukturalari qo‘sh spiral hosil qilishi mumkin, bu esa ularni uchlamchi
strukturasini ta’minlab beradi.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin