Biokimyo pmd



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

37-rasm.
 
Kofermentlar funksiyalar
Metallar ham ferment tarkibiga kiradi (11-jadval). Metallofermentlar
keng tarqalgan bo‘lib barcha fermentlarning ko‘p qismini tashkil qiladi.
Metallofermentlar 2 guruhga bo‘linadi: fermentlarda faollashtiruvchi
vazifasini o‘tovchi metallar (bunday fermentlar metallarsiz ham katalitik
vazifani bajaradi) va kofaktorlik vazifani bajaruvchi metallar (metall
ionlarisiz ferment faol emas).
11-jadval
Turli sinflardagi metallofermentlarga misollar
Sinflar Fermentlar nomi va shifri Metall Katalizlaydigan reaksiyalar
Oksidore- Alkogoldegidrogenaza, Rux Spirt va aldegidlar oksidlani-
duktazalar 1.1.1.1 shi, aldegidlarni spirtlarga
qayta o‘tishi.
Nitratreduktaza, 1.7.99.4 Temir, HNO
3
ni HNO
2
ga qaytarilishi.
molibden
Ferridoksindegidrogenaza, Temir Turli moddalarni qaytarilishi-
1.12.7.1 da molekulyar kislorodni
ishlatilishi.
Alfa-amilaza, 3.2.1.1 Natriy Kraxmalning 1,4-glikozid
bog‘larini gidrolizlaydi.
Gidrola- Dipeptidaza, 3.4.13.11 Rux Dipeptidlar gidrolizi.ATF
zalar ATF-aza, 3.6.1.4 kalsiy, gidrolizi.
natriy,
kamiy,
magniy
Liazalar Fosfopiruvatgidrataza, 4.2.1.11 2-fosfoglitseratdan fosfo-
yenolpiruvatni hosil bo‘lishi.


116
Muhitning ferment faolligiga ta’siri.
Fermentlar molekulasining
sirtida ko‘pgina zaryadlangan guruhlar mavjud. Ferment molekulasining
umumiy zaryadi manfiy va musbat zaryadlangan guruhlarning nisbati
bilan belgilanadi. Muhitning o‘zgarishi zaryadning ortishi yoki
pasayishiga olib keladi.
Muhitning ma’lum qiymatida oqsil zarrachasi elektroneytral bo‘lib
qoladi, ya’ni manfiy va musbat zaryadlar soni bir xil bo‘lib qoladi va
ferment molekulasi zaryadga ega bo‘lmaydi, ya’ni izoelektrik nuqtada
bo‘ladi. Ko‘pchilik fermentlar yuqori turg‘unlik va faollikka izoelektrik
nuqta yoki unga yaqin bo‘lgan sharoitda ega bo‘ladilar. Muhitning
keskin o‘zgarishi molekula konformatsiyasining o‘zgarishiga olib
keladi; denaturatsiya va fermentning inaktivatsiyalanishini vujudga
keltiradi. Fermentativ faollik eng yuqori bo‘lgan nuqta fermentning
optimal pHi deb ataladi. Bunda ham ferment faol markazidagi funksional
faol guruhlar maksimal reaksion holatda ham substrat fermentning bu
guruhlari bilan bog‘lanishining eng qulay holatida bo‘lishi mumkin.
Ferment faolligining pHga bog‘liqligi qo‘ng‘iroqsimon shaklga ega.
Hujayra ichida joylashgan fermentlar odatda neytral muhit (pH 7,2),
ya’ni tana suyuqliklari ega bo‘lgan pH qiymatiga egadirlar. Pepsin kabi
hujayradan tashqarida faollik ko‘rsatuvchi fermentlar optimum pHga
kislotali muhitda ega bo‘lishlari mumkin (12-jadval).

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin