Biokimyo pmd


MODDA ALMASHINUVIGA KIRISH



Yüklə 2,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/273
tarix27.12.2023
ölçüsü2,44 Mb.
#200674
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   273
Sobirova-R.A-biokimyo-1

MODDA ALMASHINUVIGA KIRISH
OVQATLANISH BIOKIMYOSI
Modda almashinuvi va uning asosiy bosqichlari
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri – tashqi muhit bilan modda
almashinuvidir. Biologik kimyo fani esa buning negizida yotuvchi
kimyoviy jarayonlarni o‘rganadi. Organizmning tashqi muhit bilan
modda almashinuvida murakkab biokimyoviy jarayonlar kechadi va
buning natijasida ozuqa mahsulotlari – oqsillar, karbon suvlar va
yog‘larga kimyoviy ishlov berilib organizmning energetik va plastik
ehtiyojlarini qoplashga ishlatiladi.
Organizmda asosiy ozuqa mahsulotlarining o‘zgarishi 4 bosqichda
boradi:
1. Ovqatlanish va ovqat mahsulotlarining hazm bo‘lishi.
2. Hazmlangan mahsulotlarning so‘rilishi.
3. To‘qima metabolizmi, yoki ozuqa mahsulotlarning hujayradagi
o‘zgarishlari.
4. Metabolizmning oxirgi mahsulotlarining (CO
2
, H
2
O, NH
3
,
siydikchil, kreatinin, siydik kislotasi) ekskretsiyalanishi.
Modda almashinuvi bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan 2 katta
jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Bu assimilyatsiya va dissimilyatsiyadir.
Assimilyatsiya 
– murakkab kimyoviy jarayon bo‘lib, buning
natijasida tashqi muhitdan kirgan organik va anorganik moddalardan
organizmga xos spetsifikasi: oqsillar, nuklein kislotalar, yog‘lar, karbon
suvlar va boshqa moddalarning hosil bo‘lishidir. Bu jarayon
organizmning o‘sishini, rivojlanishini, yangilanishini ta’minlaydi.
Assimilyatsiya jarayonida ATF energiyasi sarflanadi.
Dissimilyatsiya
– bu organizmdagi murakkab organik moddalarning
parchalanishi va ularning oxirgi mahsulotlari: CO
2
, H
2
O, NH
3
, siydikchil,
kreatinin, siydik kislotasi va boshqalarga aylanishi. Bu jarayonda
ajralgan energiyaning bir qismi ATF holida to‘planadi.


163
Organizmga tashqi muhitdan turli moddalarning kirib turishi va
metabolizm mahsulotlarning chiqarib turilishi o‘zaro bog‘liq bo‘lib,
organizm bilan muhit o‘rtasida moddalar almashinuvini ifodalaydi.
Quyidagi 15-jadvalda vazni 70 kg bo‘lgan o‘rta yoshli odam
organizmida sutkalik modda almashinuvining ayrim ko‘rsatkichlari
keltirilgan.

Yüklə 2,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   273




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin