MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
bo’yichatalabaningmustaqilta’limishufannio’rganishjarayoniningtarkibiyqismibo’lib,
uslubiyvaaxborotresurslaribilanto’lata’minlangan. Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-
o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan
tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan
misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida
qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo’yicha testlar yechadi.
Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi. Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha
darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va
ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy
izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan
foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini
chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun
ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas. Uy vazifalarini tekshirish va
baholash amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni
o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi
tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: