BMT — tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab-kuvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir. BMT Ustavi San-Fransiskoda utkazilgan konferensiyada imzolangan bo‘lib, 1945 yildan kuchga kirgan. BMT Ustavi barcha davlatlar rioya etishlari shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir. BMT Ustavining ahamiyati nafaqat uning tinchlikni ta’minlovchi tashkilotning faoliyatini tartibga soluvchi hujjatligida, balki barcha davlatlar uchun teng bo‘lgan jamoa ximoya tizimining yaratilishida asos bo‘lib xizmat qilishi va davlatlar tomonidan olib boriladigan harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ekologik, insonparvarlik sohalaridagi faoliyatlarini belgilovchi o‘ziga hos kodeks ekanligida hamdir. BMT Ustavi doirasida ko‘p tomonlama kelishuv va shartnomalarning ko‘p tarmoqli tizimi vujudga kelgan. BMT to‘zilishining asosiy sabab va maqsadlari uning Ustavi «Mukaddima»sida quyidagicha ifodalangan.
BMT Ustavida uning 6 ta asosiy organlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagilardir: