Bog`liqlikni


Foydalanuvchini Intelektual tizimi bilan o’zaro hamkorligining sxemasi



Yüklə 59,28 Kb.
səhifə3/4
tarix19.06.2023
ölçüsü59,28 Kb.
#132527
1   2   3   4
SoatovMustafo

Foydalanuvchini Intelektual tizimi bilan o’zaro hamkorligining sxemasi


Intelektual tizimlaridan foydalanuvchilarning quyidagi guruhlarini ajratamiz: Foydalanuvchilar - mutaxassislar.
Foydalanuvchilar - mutaxassis bo’lmaganlar. Ekspertlar.
Foydalanuvchilar - o’rganuvchilar.
Ularni barchasini quyidagilar birlashtiradi:
Intelektualtizimi bilan muloqot tili - bu dasturlash tili emas - balki cheklangan

O’zaro hamkorlik komponentlarining umumiy sxemasi.


Foydalanuvchilarning Intelektualtizimi bilan o’zaro hamkorlik jarayoni savol- javob turidagi jumlalarni almashishidan iborat bo’lmaydi, balki Shoxlangan muloqotni namoyon qiladi, unda tashabbus bitta ishtirokchidan boshqasiga o’tadi.
Intelektual tizimlari tarkibida o’zaro hamkorlik komponenti ajratiladi.
Uning belgilanishi quyidagilardan iborat (1.2-rasm). Foydalanuvchi Intelektualtizimi muloqotini tashkil qilish.
Ayrim xabarlarni muloqotning joriy holatini hisobga olish bilan ya’ni Intelektualtizimining ichki Shaklidagi tabiiy tili bilan ishlab chiqishni amalga oshirsh. Hozirgi vaqtda Intelektualtizimi bilan muloqotning umum qabul qilingan modellari mavjud emas. Umumiy holdamuloqot quyidagi tarkibiy qismlar bilan
ta’riflanishi mumkin.
Muloqot va mavzuning ishtirokchilarini belgilovchi parametrlarini ko’pchiligi bilan.
Parametrlarning bayoni bilan. Muloqotning makrotuzilmasi bilan.
    1. Intelektual tizimlaridan foydalanishning texnologiyalari.


Intelektual tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish axborot texnologiyalaridan foydalanishning kontseptual bosqichlaridan biridir. Ba’zi bir predmetli sohaning muammolarini intellektual echishning asosida tajribali mutaxassis
- ekspertlar bilimlarining qayta tiklash tamoyili etibdi.
Intelektualshaxsiy tajribasidan kelib chiqqan holda vaziyatni tahlil qiladi va eng foydali axborotlarni bilib oladi, qarorlar qabul qilishni muvofiqlashtiradi, boshi berk yo’llarni epib qo’yadi.
Intelektualtizimi - bu ba’zi bir predmetli sohadagi murakkab vazifalarni echish uchun bilimlarni tashkil qilish, jamlash va qo’llash usullari va vositalarini majmuasidir. Intelektualtizimi mutaxassislar guruhining yuqori malakali tajribasiga suyangan holda qarorlarni tanlab olishda ko’p sonli muqobillarning oshiqchaligi hisobiga yuqoriroq samaradorlikka erishadi, yangi omillarning katta hajmining ta’sirini strategiyalarni qurishda ularni baholab, bashorat imkoniyatlarini qo’shib tahlil qiladi. Intelektualtizimining asosi qarorlar qabul qilish jarayonini shakllantirish maqsadlarida tarkiblashtirilgan bilimlar (bilimlar bazasi)ning majmuasidan iborat.
Intelektual tizimlari o’qitishni hisobga olish bilan ishlab chiqiladi va qarorlarni tanlash mantiqini asoslashga qodirlar, ya’ni moslashuvchanlik va uni dalillar bilan isbotlash xususiyatlariga egadir. Ko’pgina Intelektual tizimlarida izohlash mexanizmi mavjud. Bu mexanizm tizim qanday qilib ushbu qarorga kelganligini izohlash uchun zarur bilimlardan foydalaniladi. Intelektualtizimini qo’llash sohasini, undan foydalanish va harakat qilish chegaralarini aniqlash juda muhimdir.
Tajribali mutaxassislardan foydalanishga nisbatan Intelektualtizimining afzalligi quyidagilardan iborat:
Erishilgan omilkorlik yo’qotilmaydi, hujjatlantirilishi, uzatilishi, qayta tiklanishi va ko’paytirilishi mumkin.
Barqarorroq natijalar mavjud bo’ladi insoniy ishonchsizlikning hissiyotli va boshqa omillari yo’q.
Ishlab chiqishning yuqori qiymati, foydalashning past qiymati, nusxa ko’chirish imkoniyatlar bilan tenglashtiriladi, birgalikda ular yuqori malakali mutaxassisdan
orzondir.
Intelektual tizimlarining zamonaviy holati uchun xos bo’lgan kamchiligi yangi qoidalar va kontseptsiyalarga o’qitishga, ijodiyot va kashf qilishlarga kamroq moslashuvchanligidan iboratdir. Intelektual tizimlaridan foydalanish ko’pgina hollarda yuqori malakali mutaxassislardan voz kechishga imkon beradi, ammo tizimda pastroq malakali ekspertga joy qoldirishni ko’zda tutadi. Intelektual tizimlari yakuniy foydalanuvchining kasbiy imkoniyatlarini kengaytirish va kuchaytirish uchun vosita bo’lib xizmat qiladi.
Intelektualtizimi omilkorlikni namoyish qilishi, ya’ni aniq predmetli sohada mutaxassis-ekspertlar darajasiga erishishi kerak. Yaxshi qarorlarni topish etarli emas, buni tez qilish kerak. Tizimlar predmetni nafaqat chuqur, balki etarlicha keng tuShunishi kerak. Muammolar echimlarini topish usullariga noaniq ma’lumotlar yoki qoidalarning to’liq bo’lmagan majmualari hollaridan fundamental tamoyillardan kelib chiquvchi mulohazalar asosida erishiladi. Bunday xususiyatlar kompyuterli Intelektual tizimlarida kamroq ishlab chiqilgan, ammo xuddi ular yuqoriroq darajadagi mutaxassislarga xosdir.
Quyidagilar Intelektual tizimlarining oddiy kompyuter tizimlaridan farqlari bo’ladi. Intelektual tizimlari bilimlar bilan, qolgan har qanday tizimlar ma’lumotlar bilan manipulyatsiya qiladilar.
Intelektual tizimlari qoidaga ko’ra, samarali muvofiq qarorlarni beradi va ba’zida xato qilishga qodirlar, ammo an’anaviy kompyuter tizimlaridan farqliroq ular o’zlarini xatolaridan o’qishning salohiyatli qobiliyatlariga egalar.
Intelektual tizimlari foydalanuvchilar ishidagi instrument sifatida amaliy ishni borishida qiyin, ajoyib vazifalarni echuvchi o’z imkoniyatlarini takomillashtiradi.
Intelektual tizimlari turli xildagi vazifalarni echish uchun yaratiladi, ular turlarini kategoriyalarga guruhlash mumkin (1.1-jadval).
1.1-jadval.
Intelektual tizimlarini qo’llashning tipik kategoriyalari



Kategoriya

Echilayotgan muammo

Interpretatsiya

Datchiklardan kelib tuShgan axborotlar bo’yicha vaziyatni bayon qilish.

Bashorat

Berilgan vaziyatlarning ehtimol bo’lgan oqibatlarini
aniqlash.

Diagnoz qo’yish

Kuzatishlar natijalari bo’yicha tizimni noto’g’ri faoliyat
yuritishning sabablarini aniqlash.

Loyihalashtirish

Berilgan cheklanishlarda ob’ektlarning konfiguratsiyasini
qurish.

Rejalashtirish

Harakatlarning izchilligini belgilash.

Kuzatish

Kuzatishlar natijalarini kutilgan natijalar bilan solishtirish.

Sozlash

Tizimni noto’g’ri faoliyat yuritishini tuzatish retseptlarini
tuzish.

Ta’mirlash

Buyurilgan tuzatishlarning izchiligini bajarish.

O’qitish

O’quvchi xulqiga diagnoz qo’yish, sozlash va tuzatish.

Boshqarish

Tizim xulqini bir butun sifatida boshqarish.

Quyida Intelektual tizimlari qo’llaniladigan predmetli sohalarning ba’zi birlari sanab o’tilgan. Ular ayniqsa tabbiyotda ommaviydir.


Intelektual tizimlarini qo’llash sohalari.


Intelektual tizimlari o’z imkoniyatlarini chegaralarini bilib olishda va ularni qo’llanish chegaralari yaqinida ishonchsiz faoliyat yuritadi. Sun’iy intellekt sohasidagi bundan keyingi taraqqiyot vaqt o’tishi bilan o’z imkoniyatlarining chegaralarini aniqlash usullarini taklif qiladi.
Bilimlar bazasini to’ldirish uchun katta mehnat sarflanishi Intelektualtizimining boshqa kamchiligi bo’ladi. Ekspertlardan bilimlarni olish va ularni bilimlar bazasiga kiritish vaqt va mablag’larni ancha sarflanishi bilan bog’liq murakkab jarayondan iborat bo’ladi. Intelektual tizimlarini loyihalashtirish ham belgilangan qiyinchiliklar va cheklanishlarga ega, bu ularni ishlab chiqishga ta’sir qiladi.
Xorijiy tajriba Shuni ko’rsatadiki, Intelektual tizimlari asosan universitetlar, ilmiy tadqiqot markazlari va kosmik tashkilotlarda ishlab chiqiladi, shu jumladan moliya sanoati uchun ham moliyaviy xizmat ko’rsatish sohasida bu tizimlar sug’urta kompaniyalariga tijorat xavf-xatarini tahlil qilish va baholash tashkilotlarga kredit ajratishda qarz miqdorini belgilash, loyihalar smetasini tuzishda yordam beradilar.
Intelektual tizimlarini qo’llash sohasi kengaymoqda. Faoliyatning har xil sohalarini kamlab olishdan tashqari, bilimlarni zamonaviylashtirish Intelektual tizimlarini ishlab chiqishning eng muhim oqibatlaridan biri bo’ladi. Ishlab chiquvchilar bilimlarning katta murakkab bazalarini ko’rganlari sari kompyuter tizimiga bog’liq bo’lmagan bilimlar bozori paydo bo’lmoqda. Belgilangan amaliy sohani o’rganuvchilar uchun o’qitish vositalari paydo bo’lmoqda. Metabilimlar,
ya’ni predmetli bilimlardan foydalanishning muvofiq strategiyalari va tadbirlari haqidagi bilimlar, tijorat mahsuloti bo’ladi. Intelektual tizimlarini intellektga rivojlanishi uskunalar, ularni yaratish vositalari (tillari) va Intelektual tizimlarining o’zlarining kontseptsiyalarini birlashishidan iboratdir. Intelektual tizimlarni birlashishi ayniqsa murakkab infratuzilmalarda samaralidir. Intellektual tizimlar xorijda faqat tijorat foydalanishi uchun ishlab chiqilmoqda va joriy qilinmokda.
FOLIO Intelektualtizimi (AQShning Stenford universiteti) investitsiyalar bo’yicha maslahatchilarga mijozlarning maqsadlarini aniqlash va bu maqsadlarga ko’proq mos keluvchi qimmatbaho qog’ozlar portfelini tanlab olishga yordam beradi. Tizim intervyuni borishida mijozning zaruriyatlarini aniqlaydi va keyin mijoz so’rovlarini eng yaxshi tartibda qanoatlantirish uchun har xil fond uskunalari o’rtasida kapital kiritmalarni qanday nisbatlarda taqsimlash kerakligini tavsiya qiladi. Tizim qimmatbaho qog’ozlar sinflarining eng katta sonini ajratadi (masalan, yuqori bo’lmagan xavf-xatarga ega aktsiyalar dividendlariga mo’ljallangan yoki yuqori darajadagi xavf-xatarga ega aktsiyalarga mo’ljallangan) va qimmatbaho qog’ozlarning har bir sinfining xususiyatlari (masalan, sarmoyaga yillik foizlar) haqidagi bilimlarga ega. Tizimda qoidalarga asoslangan maqsadlarni chiqarish uchun mulohazalarning to’g’ridan to’g’ri zanjiriga ega bilimlarni taqdim etish sxemasi va maqsadlar va taklif qilinadigan portfeli o’rtasidagi eng katta moslik uchun to’g’ri chiziqli loyihalashtirishning sxemasi qo’llanilgan.
Intelektualtizimining intellektual omilkorligi odamni to’liqligicha almashtirmaydi. Intelektualodam axborot va bilimlarni qayta tashkil qilishga va ulardan yangi bilimlarni sintez qilish uchun foydalanishga qodir. Ijodiy faoliyat sohasida odamlar eng aqlli tizimlarga nisbatan kattaroq qobiliyatlar va imkoniyatlarga egallar. Ekspertlar hodisalarning kutilmagan o’zgarishlari uddasidan chiqadilar, va yangicha yondashishlardan foydalanib, boshqa predmetli sohalardan o’xshatishlarni o’tkazishga qodirlar. Ekspertlar o’zgaruvchan
sharoitlarga moslashtilar va o’z strategiyalarini muammolar va vazifalarning kengroq diapazoniga yangi holatlariga moslashtiradilar. Intelektual tizimlari yangi kontseptsiyalar va yangi qoidalar darajasidagi o’qitishga kamroq moslashganlar, 14
ular haqiqiy vazifalarning butun murakkabligini hisobga olish kerak bo’lgan holda unchalik samarali emaslar va kamroq yaroqlidirlar.
Ekspertlar kiruvchi: simvolli, ko’rinuvchi, rasmli, matnli, tovushli, sezilarli va hidlanuvchi axborotlarning butun majmuasini bevosita qabul qilishlari mumkin. Ekspertli tizimda esa faqat simvollar bor, ular yordamida u yoki bu kontseptsiyalarni o’z ichiga oluvchi bilimlar bazasi berilgan. Sensorli axborotlarni simvolicha o’zgartirilishi axborotlarni bir qismi yo’qotilishi bilan birga bo’ladi.
Ammo asosiysi, Intelektual- mutaxassislar egallagan juda katta hajmdagi bilimlarni (kasbiy bilimlar va dunyo va unda amalda bo’lgan qonunlar haqidagi bilimlar)ni intellektual tizimlarga, buning ustiga har qanday Intelektual tizimlari kabi bunchalik ixtisoslashganga qurishga hali erishilgani yo’q.

Yüklə 59,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin