Standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va tatbiq etish tartib-qoidalari.
Standartlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
O‘zbekiston Respublikasida standarlashtirishga oid ishlarni tashkil etishda “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlari O‘z RST 1.0-92 “O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalari”, O‘z RST 1.1-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi” larga asoslaniladi. Bu me’yoriy hujjatlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi standarti (keyinchalik-standart) standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun juzband qilib, muqovalab topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, standartga raqamli belgini “O‘zstandart” agentligi beradi.
Belgi hujjatning ko‘rsatkichidan – O`z DST; ro‘yxatning tartib raqamidan va tasdiqlangan yilning sonlaridan iborat bo‘ladi, masalan, O`z DST 996:2001 “Xizmatlar. Asosiy atamalar va ta’riflar”.
O‘z RST 1.2 - 92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Texnikaviy shartlarni ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” standartida muayyan mahsulotning (xizmatning) texnikaviy shartlarini, shuningdek ularga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari yoritilgan. Bu standart asosida texnikaviy shartlarga tegishli masalalarni oldingi ma’ruzada ko‘rib chiqilgan.
O‘z RST 1.9-95 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Tarmoq standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi” standarti davlat boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar, korxonalar birlashmalari, assotsiatsiyalar, konsernlar, ishbilarmonlar, standartlashtirish bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar va tayanch tashkilotlar tomonidan qo‘llaniladi.
Tarmoqni boshqarish davlat idorasi, tarmoq standartini ko‘rib chiqadi va o‘zi belgilangan tartibda, uni tasdiqlash yoki qayta ishlashga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. O‘z RST 1.3-92 “O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Korxona standartlarini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” standarti korxona standarlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning asosiy talablarini belgilaydi. Mazkur standart talablari korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
Xulosa:
Men ushbu taqdimotni tayyorlash davomida standartlarni qanday tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazishni o’rganib oldim.
Adabiyotlar:
Metrologiya asoslari. Ismatullaev P. Qodirova Sh.
Maxmonov U.A., U.O.Amirqulov. U.O. STANDARTLASHTIRISH, METROLOGIYA VA SIFATNI BOSHQARISH