№
7-son.
2-jadval:
“Sho‘rtanneftgaz” mas’uliyati cheklangan jamiyati sanoat korxonasi ma’muriyat personalining majburiyat
tasnifi
№
Ko‘rsatkichlar nomi
Personal boshqaruv xodim (rahbar)lari lavozimi
Xm.m
Mf.b.
Mx.
Direktor
Bosh muhandis
Moliyaviy ishlar
bo‘yicha o‘rinbosar
Kadrlar bo‘limi
boshlig‘i
Mehnatni muho
-
faza qilish xizmati
boshlig‘i
Mehnatni tashkil
-
la-shtirish boshlig‘i
1.
Xodimlarning mehnat faoliyatidagi asosiy funksiyalari
1.1. Rejalashtirish
Xm.m.
Xm.m.
Xm.m.
Mf.b.
Xm.m.
Xm.m.
5
1
0
1.2. Mehnatni tashkil qilish
Xm.m.
Xm.m.
Xm.m.
Xm.m.
Mf.b.
Xm.m.
5
1
0
1.3. Nazorat qilish
Xm.m.
Mf.b.
Xm.m.
Xm.m.
Xm.m.
Xm.m.
4
2
0
1.4. Motivatsiya
Mf.b.
Mf.b.
Xm.m.
Xm.m.
Mf.b.
Xm.m.
3
3
0
1.5. O‘zaro muvofiqlashtirish
Xm.m.
Xm.m.
Mf.b.
Mf.b.
Mf.b.
Xm.m.
3
3
0
2.
Personalning majburiyat darajasi
2.1. Yuqori malakali xodim
4
3
4
3
2
5
21
2.2. O‘rtacha malakali xodim
1
2
1
2
3
0
9
2.3. Malakasiz xodim
0
0
0
0
0
0
0
Bunda: Xm.m. – majburiyat, mas’uliyat va malakaga ega bo‘lgan xodim; Mf.b. – mehnat faoliyati davomida bajarishi
mumkin bo‘lgan mehnat funksiyasi (doimiy holda emas); Mx. – mutlaqo bu mehnat funksiyasini bajarmagan yoki xab-
ardor emas.
Yuqoridagi 2-jadvaldan, korxona bosh direktori doimiy holda mehnat faoliyatida motivatsiya funksiyasini,
bosh muhandis nazorat qilish va motivatsiya mehnat funksiyasini, moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar mehnatni
o‘zaro muvofiqlashtirishni, kadrlar bo‘limi boshlig‘i rejalashtirish va mehnatni o‘zaro muvofiqlashtirishni, mehnat-
ni muhofaza qilish xizmati boshlig‘i mehnatni tashkil qilish, motivatsiya va mehnatni o‘zaro muvofiqlashtirish
mehnat funksiyalarini mos ravishda bajarmasligini ko‘rish mumkin. Aniqlangan natijalardan qayd qilish mumkin-
ki, tahlil qilinayotgan korxonadagi xodimlar mehnat malakasi va majburiyatini to‘liq bajarishi 70 foiz, qisman ba-
jarilish holatlari esa 30 foizni tashkil qilmoqda. Korxonada personal boshqaruvi xodimlari mehnat funksiyalarini
bajarishda lavozim majburiyati va mas’uliyatini his qilgan holda samarali mehnat faoliyatini olib borishgan yoki
boshqacha qilib aytganda, lavozim darajasida salohiyatga ega bo‘lgan xodimlar ulushi yuqoriligini ko‘rsatmoq-
da. Mehnat funksiyasini bajarishga mas’ul bo‘lgan xodim, o‘z lavozimidagi mehnat funksiyasini bajarishi lozim.
Bunday holat, xodimlarning lavozim bo‘yicha mehnat funksiyalariga kirmaydigan ishlarni qilmaslik va unga
javob bermaslikni yuzaga keltiradi hamda pirovardida lavozim mehnat funksiyalaridagi majburiyatlarni to‘liq
bajarilishini ta’minlab beradi.
Tadqiqotlarimiz natijasida tasniflangan majburiyat tasnifi korxonadagi lavozim mehnat majburiyatini ifoda
etadi. Shunday qilib, xodimlar mehnat faoliyatidagi lavozim talablariga javob berishi, shuningdek mavjud lavozim
ham personalga mos kelmog‘i kerak. Bu albatta korxonaga xodimlarni lavozimga tayinlash va sifatli mehnat
funksiyalarini bajarish uchun xodimni qo‘shimcha o‘qitish, seminar-trening yoki malakasini oshirishga sarfla-
nadigan vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni tejash imkonini beradi. Tanlangan sanoat korxonasida xodimlarni
qo‘shimcha o‘qitish va malakasini oshirishga sarflanadigan vaqt hamda moliyaviy sarflarni tejab qolish maqsa-
dida korxonaning muhandis-texnik tsehi xodimlarini mehnat funksiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijas-
ini tahlil qilinganida 56 nafar omilkor, frezerlovchi va tokarchidan iborat bo‘lgan xodimlarni qo‘shimcha o‘qitish
uchun sarflanishi lozim bo‘lgan 156,8 mln.so‘mni va 4480 daqiqa ish vaqtini tejab qolish imkoniyatini berdi.
Personal mehnatini baholash natijalaridan korxona rahbariyati nafaqat personal mehnat sifatini, balki maz-
kur lavozimga xodimni mos kelishini ham aniqlash imkonini beradi. Xodim o‘z majburiyati darajasida yuqori
mehnat natijalarini ko‘rsatsa, demak mehnat lavozimiga munosib hisoblanadi.
145
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yuqorida keltirilgan hisoblash ko‘rsatkichlaridan foydalanib personal mehnati hisoblab topiladi va ularni
lavozim bo‘yicha majburiyat darajalarini qiyoslash asosida personal mehnatini aniqlash imkonini beradi. Agar
mehnat natijasi lavozim bo‘yicha personal majburiyat darajasiga muvofiq kelsa, xodimlar samarali mehnat faoli-
yatini olib borayotganligini anglatadi, aksincha majburiyat darajasiga mos kelmasa, unda rahbariyat tomonidan
bajaradigan funksiyani qayta ko‘rib chiqishi, mehnat funksiyasini oshirishi yoki qisqartirishi evaziga mehnat
samaradorligini oshirishi mumkin bo‘ladi. Shuni qayd etib o‘tish mumkinki, majburiyat darajasi asosida ishchilar
mehnatini baholash: birinchidan, xodimlarning lavozimga muvofiqlik darajasini ifoda etadi; ikkinchidan, belgil-
angan mehnat funksiyasini bajarishda xodimning mehnat samaradorligi, uning professional kasb va majburiyat
darajalariga ega ekanligini aniqlash; uchinchidan, zamonaviy texnologiyalarni ishlata oladigan kadrlar shakllan-
tirish imkonini beradi. Majburiyat darajasi bo‘yicha baholashda agar foydalanilayotgan ko‘rsatkichlar obyektiv,
hisoblash darajasida ifoda etilgan va asoslangan bo‘lsa samarali hisoblanadi. Baholashda majburiyat darajasi
uslubidan foydalanib aniqlash amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki ko‘rsatkichlar har bir xodim bo‘yicha
mehnat standartini aniqlamasdan, balki uning mehnat sur’atini namoyon etadi. Bu har qanday holat(vaqt)da
ham baholash xodimning mehnatini yoki bajaradigan mehnat funksiyasini korreksiya qilish mumkinligini ang-
latadi va bu sanoat korxonasida mehnat samaradorligini samarali boshqarish imkoniyatini kengaytiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni qayd qilishimiz mumkinki, yirik sanoat korxonalarida mehnat
samaradorligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy va iqtisodiy ishlab chiqarish maqsadlariga erishishda innovatsion
menejmentga amal qilish muhim hisoblanadi (3-rasm).
3-rasm:
Yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishga innovatsion menejment ta’siri
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
146
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Yirik sanoat korxonalari faoliyatida innovatsion menejmentni joriy etish mehnat samaradorligini oshirishda:
axborot, boshqaruv, tahliliy va nazorat vazifalarini o‘taydi. U butun korxona faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lib,
korxonaning uzoq muddatli strategiyasi talablariga javob beradigan personal mehnat natijasini oshirib borish
kabi maqsadga erishishni kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: |