Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


№ 7-son. BANK TIZIMIDA RЕSURS  BAZASINI MUSTAHKAMLASH  YO‘LLARI Voxidov Oybek Rozikovich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə274/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   292
YaIT jurnali 7-son.


7-son.
BANK TIZIMIDA RЕSURS 
BAZASINI MUSTAHKAMLASH 
YO‘LLARI
Voxidov Oybek Rozikovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Maqolada tijorat banklari resurslari hozirgi holati tahlil qilingan. 2016 yilga qadar O‘zbekiston bank 
tizimidagi moliyaviy resurslar YAIMning 35-40 foizi atrofida bo‘lgan va bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning rivojlan-
ishiga to‘sqinlik qilgan. 2017 yildan keyingi davrda, tijorat banklari resurslarining YAIMdagi salmog‘i sezilarli 
oshib borgan. Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, aholi depozitlarining ko‘rilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan 
salmog‘i oshib borishi bu o‘z navbatida bank tizimiga ishonchning oshib borayotganligidan dalolat beradi. 
Shuningdek, tahlillar natijasiga ko‘ra tijorat banklarida talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning umumiy 
depozitlardagi salmog‘i yuqoriligi aniqlandi.
Ishda tijorat banklari resurslarida xorijiy valyutadagi resurslar holati ham o‘rganildiki, O‘zbekiston bank tizimida 
xorijiy valyutadagi depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i sezilarli darajada saqlanib qolmoqda.
Kalit so‘zlar:
tijorat banklari, depozit, majburiyat, transaksion depozit, muddatli depozit. 
Аннотация:
В статье анализируется современное состояние ресурсов коммерческих банков в научной статье. До 
2016 года финансовые ресурсы в банковской системе Узбекистана составляли около 35-40 процентов от ВВП, и 
этот показатель тормозил развитие экономики. В период после 2017 года доля ресурсов коммерческих банков в 
ВВП значительно увеличилась. По результатам анализа мы видим, что вес вкладов населения увеличивается по 
сравнению с наблюдаемыми показателями, что, в свою очередь, свидетельствует о росте доверия к банковской 
системе. Также, по результатам анализа, вклады до востребования в коммерческих банках имеют высокий вес в 
общей сумме депозитов.
В работе также изучено положение ресурсов в иностранной валюте в ресурсах коммерческих банков. В банков-
ской системе Узбекистана вес депозитов в иностранной валюте в общем объеме депозитов остается значитель-
ным.
Ключевые слова:
коммерческие банки, депозит, обязательство, транзакционный депозит, срочный депозит.
Abstract:
The article analyzes the current state of resources of commercial banks in a scientific article. Until 2016, finan-
cial resources in the banking system of Uzbekistan were around 35-40 percent of the GDP, and this indicator hindered the 
development of the economy. In the period after 2017, the share of commercial banks' resources in GDP has increased 
significantly. From the results of the analysis, we can see that the weight of the population's deposits is increasing com-
pared to the observed indicators, which, in turn, indicates an increase in confidence in the banking system. Also, accord-
ing to the results of the analysis, demand deposits in commercial banks have a high weight in total deposits.
The situation of resources in foreign currency in the resources of commercial banks was also studied in the work. In the 
banking system of Uzbekistan, the weight of foreign currency deposits in total deposits remains significant.
Key words:
commercial banks, deposit, liability, transaction deposit, term deposit.
K I R I S H
Jahonda tijorat banklari aktivlari va passivlari sifatini oshirish bank tizimi faoliyatining asosiy yo‘nalishlar-
idan biri bo‘lib, mijozlarning kreditlarga talabini qondirish, moliyaviy resurslarning samarali taqsimlashnishin-
ing zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu esa tijorat banklarida resurslar manbaini kengaytirish va ularning 
barqarorliligini ta’minlash hamda aktivlar hajmini oshirish orqali bir tomondan ularning moliyaviy barqarorligini 
ta’minlash bo‘lsa, ikkinsi tomondan iqtisodiy o‘sishga turtki berish jihatidan muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Xususan, AQSH Federal Depozitlarni Sug‘urtalash Korporatsiyasi (The Federal Deposit Insurance Corpora-
tion (FDIC)) ma’lumotlariga ko‘ra “AQSH bank tizimida depozitlarning umumiy hajmida talab qilib olinguncha 


391
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
bo‘lgan depozitlarning salmog‘i 20 foizdan oshmasligi ta’minlangan”. Bu o‘z navbatida tijorat banklari resurslari 
barqarorligini ta’minlagan holda bank aktivlari daromadliligi va likvidliligi ta’minlash va pirovard natijada, tijorat 
banklari moliyaviy barqarorlik darajasini oshirishga xizmat qilmoqda. 
Jahonda tijorat banklari resurslari barqarorligini ta’minlash, banklarda transformatsiya riskini va valyuta 
risklarini kamaytirish orqali aktiv operatsiyalarining daromadliligi va ularning risklilik darajasi o‘rtasidagi muta-
nosiblikni ta’minlash, tijorat banklarining xalqaro fond bozoriga chiqishi va mablag‘larini jalb etishiga bag‘ishlan-
gan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shuningdek, tijorat banklari resurslari tarkibida ayrim nomutanosibliklar va 
resurs jalb qilish manbalarining torligi xalqaro miqyosda tijorat banklarining inqirozga yuz tutishi xavfini oshiradi. 
Shu boisdan, xalqaro miqyosda moliya bozori dominanti sifatida tijorat banklari yuzaga chiqishini hisobga olib, 
ular faoliyatiga zamonaviy tizimga asoslangan innovatsion texnologiyalar joriy etish orqali moliya bozorida mi-
jozlarni kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan bir qatorda, jahonning 
yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan globallashuv sharoitida, xalqaro miqyosda tijorat 
banklari resurs bazasini yanada kengaytirish va mustahkamlash borasida ilmiy tendensiyalar faollashmoqda.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Tijorat banklari depozitlari barqarorligini ta’minlash, ushbu depozitlarga ta’sir qiluvchi omillar tahliliga 
bag‘ishlangan mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy izlanishlari mavjud.
Xususan, S.Andros va boshqalar depozitlar tarkibi bo‘yicha bank depozit portfelining iqtisodiy va statistik 
tahlilini o‘tkazishgan. Ular tomonidan bank omonatlarini mijoz turi, summasi, muddati va foiz stavkasi bo‘yicha 
guruhlash algoritmi taklif etilib, tahlillar amalga oshirilgan. Har bir depozit turining foiz to‘lovlarining umumiy 
o‘sishiga ta’siri aniqlangan. Ilmiy tadqiqotlarining maqsadi depozitlar tarkibini iqtisodiy va statistik tahlil qilishdan 
foydalangan holda bank depozit portfelini samarali boshqarishga uslubiy yondashuvni takomillashtirishdan ibo-
rat bo‘lgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, bankning optimal depozit portfelini shakllantirishga yetarlicha e’tibor beril-
magan. Banklarda mijozlarning qarz mablag‘larini boshqarish jarayonini optimallashtirish uchun matematik ap-
paratlardan foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Xususan, korporativ mijozlar va jismoniy shaxslarning bankdagi 
omonatlari qoldiqlari, kelib tushishi hajmining o‘zgarish tendensiyasini tahlil qilish, omonatlarni summalari, foiz 
stavkalari va investitsiya shartlari bo‘yicha guruhlash metodologiyasini takomillashtirish, va bu esa bank depozit 
portfelining umumiy miqdoridagi tarkibiy joylashuvni o‘zgartirish imkonini beradi. Shuningdek, bankdagi de-
pozitlar tarkibiga omillarning ta’sirini o‘rganish uchun indeks faktorli tahlil metodologiyasini taklif etgan. Bunda, 
pul oqimlarini tahlil qilish uchun ma’lum bir davr uchun o‘rtacha saqlash muddati va o‘rtacha depozit qoldiqlari 
aniqlanadi, o‘zgaruvchan tarkibli depozitdan foydalanishning o‘rtacha davomiyligi indeksi hisoblanadi.
R.Han va M.Melecky inqiroz davrida bank depozitlari xarakatini o‘rganishgan. Xususan, inqiroz davrida 
omonatchilar xavotirga tushishadi, banklardan omonatlarini qaytarib olishga urinishadi. Ularning fikricha agar 
bank depozitlari ko‘proq diversifikatsiyalangan bo‘lsa, ya’ni ko‘proq jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lsa, bank 
omonatlarini o‘zaro bog‘liq holda olib qo‘yishni kamaytirish mumkin. Ushbu maqola 2008 yil inqirozigacha 
bo‘lgan bank depozitlariga kengroq kirish imkoniyati va inqiroz davridagi bank depozitlarining o‘sish dinamikasi 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganadi, shu bilan birga tegishli kovariatsiyalarni nazorat qiladi. Omonatlarga kirish va 
bank depozitlaridan foydalanish uchun ishonchli shaxslardan foydalangan holda, mualliflar bank depozitlariga 
kengroq kirish banklarning depozitlarni moliyalashtirish bazasini moliyaviy tanglik davrida yanada mustahkam-
roq qilishini aniqlaydilar. Shunday qilib, moliyaviy barqarorlikni oshirish siyosati nafaqat makroprudensial tarti-
bga solishga, balki bank depozitlariga kengroq kirishning moliyaviy barqarorlikka ijobiy ta’sirini ham tan olishi 
kerak. 
F.Banson va boshqalar ilmiy ishlarida ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi tijorat banklariga yangi inno-
vatsion xizmatlarning xususan, mobil omonatlarning Ganadagi mobil telefonlarning yuqori kirish tezligi bilan 
depozitlarni mobilizatsiya qilishdagi bog‘liqlikni tahlil qilishgan. Ilmiy tadqiqotlaridan natijalarga erishish uchun 
statistik ma’lumotlar asosida qatlamli, qulay va maqsadli usullardan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, 
mobil omonat mobil banking orqali depozitlarni jalb qilish usuli sifatida omonatlarni jalb qilishning an’anaviy 
usulidan tashqari omonatlarni jalb qilishning juda samarali vositasi ekanligi isbotlangan. Natijada, Gana va Afri-
kada ushbu mahsulotni joriy etgan birinchi moliyaviy institut bo‘lgan First Capital Plus o‘zining depozit bazasini 
sezilarli darajada oshirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu kuniga 24 soat, haftada 7 kun xizmat ko‘rsatadigan hamda, 
mijozlarga istalgan vaqtda istalgan joyda pul o‘tkazish uchun qulaylik yaratadigan sistema sifatida tanilgan. 
Bu First Capital Plus bank zallarida navbatlarni kamaytirgan, ayniqsa kam ta’minlanganlar o‘rtasida jamg‘ar-
ma madaniyatini rag‘batlantirgan, depozit uchun bankka pul o‘tkazish bilan bog‘liq xavfni kamaytirgan va pul 
qo‘yish uchun bankka borish vaqti va narxini kamaytirgan. Mobil tezlikni ta’minlash hamda bank kartalaridan 
foydalanish orqali mobil depozit yechimi qo‘shimcha depozit tizimi ekanligini isbotlagan. 
S. Mushtaq va D. Siddiqui ilmiy izlanishlari islom moliyasi va konvensial moliyasi asosida tashkil topgan 
davlatlarda foiz stavka o‘zgarishining banklar depozitlariga ta’siri empirik tahlillar asosida o‘rganilgan. Empirik 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
392
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
tahlil ARDL(Autoregressive Distributed Lag) metodi asosida olib borilgan bo‘lib, bunda 23 ta islom moliyasidagi 
yoki aholining katta qismi musurmon bo‘lgan davlatlar hamda 23 ta konvensial moliyadagi davlatning 1999-
2014 yillar oralig‘idagi statistikasidan foydalangan. Olingan natijalarga ko‘ra, islom moliyasi asosida qurilgan 
moliya bozorida bank depozitlari o‘zgarishiga foiz stavkalar o‘zgarishi umuman ta’mir qilmasligi aniqlangan. Ak-
sincha, konvensial moliya asosida qurilgan moliya bozoridagi foiz stavkalar o‘zgarishi bank depozitlari hajmiga 
sezilarli ta’sir qilmoqda.
S.Mushtaq va D.Siddiqui real foiz stavkaning bank depozitlariga ta’sirini o‘rgangan bo‘lsa, Leming Lin 
Angliya misolida fond bozor rivojlanishining aholi depozitlari o‘zgarishiga ta’siri tahlil qilingan . Tahlil natijalariga 
ko‘ra fond bozorida o‘sish kuzatilganda aholining banklardagi depozitlari hajmi pasaygan. Va bu bank kredit-
larining qisqarishiga va bank kreditlariga muxtoj bo‘lgan korxonalar ahvolini qiyinlashtirgan. Bu o‘z navbatida 
ishlab chiqarishning qisqarishiga va ishsizlikning oshishiga olib kelgan. Qiziq tomoni shundaki, fond bozori rivo-
jlanishi aholi farovonligiga olib kelmagan va aksincha ular moliyaviy holatini qiyinlashtirgan. Olingan natijalar 
shuni ko‘rsamoqdaki, fond bozori rivojlanishi real iqtisodiy rivojlanishidan ilgarilib ketib, “sovun pufagi”ni hosil 
qilmoqda. 
TA D Q I Q O T M Е T O D O L O G I YA S I
Ilmiy tadqiqotni amalga oshirishda induksiya, deduksiya, sintez kabi usullardan foydalanilgan. Shuningdek, 
tijorat banklari resurs bazasi barqarorliligini tahlil qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Statistika 
qo‘mitasining rasmiy statistik ma’lumotlaridan foydalanildi. 
TA H L I L VA N A T I J A L A R M U H O K A M A S I
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli «2020-2025 yillarga mo‘ljal-
langan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonida moliyaviy 
xizmatlar ommabopligini oshirish uchun birinchi navbatda, yuridik va jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi 
depozitlarini yanada oshirish, shuningdek, banklarning xalqaro kapital bozorlariga chiqishi hisobiga bank tizimi-
ga qo‘shimcha resurslarni jalb qilish chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan. Shundan kelib chiqqan 
holda tahlilimiz bank tizimining yalpi ishlab chiqarishdagi o‘rni bilan boshlamoqdamiz.
1-расм:
Ўзбекистон тижорат банкларининг ялпи ишлаб чиқаришдаги ўрни (млрд.сўмда) .
2016 yilga qadar O‘zbekiston bank tizimidagi moliyaviy resurslar YAIMning 35-40 foizi atrofida bo‘lgan 
va bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Ya’ni bankdan tashqarida pul aylanishi yuqori 
bo‘lganligi uchun, tijorat banklarimiz ishlab chiqarishni kreditlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan. 2017 yildan 
keyingi davrga nazar tashlasak, tijorat banklari resurslarining YAIMdagi salmog‘i sezilarli oshib borgan. 
Xususan, 2016 yilda bank resurslarining YAIMdagi ulushi 32,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 
oxirgi yillarda doim oshib borgan holda 2022 yil yakuniga kelib 62,7 foizni tashkil qilgan.
Shu bilan birga tijorat banklarining jami resurslari ham katta miqdorda oshgan. Jumladan, 2016 yil oxirida 
tijorat banklari resurslari 84,07 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 556,75 
trln.so‘mga yetgan.
Bank tizimi resurslarining YAIMdagi salmog‘i oshishi albatta butun iqtisodiyot uchun ijobiy holat hisobla-
nadi. Ammo ushbu resurs qanday shakllanganligini o‘rganish ham muhimdir. Biz quyida bank tizimi resurslari 
tarkibida uning majburiyatlari qanday o‘zgarayotganligini tahlil qilamiz.


393
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
2-расм:
Тижорат банклари ресурслари таркибида мажбуриятларининг улуши ўрни (млрд.сўмда).
Statistikaga e’tibor qaratgan holda aytishimiz mumkinki, oxirgi olti yil ichida bank resurslari keskin oshgan. 
Albatta bank resurslari tarkibida xorijiy valyutadagi resurslar ham mavjud bo‘lib, 2017 yil 5 sentyabrdagi valyuta 
siyosatini liberallashtirish natijasida bank resurslarining so‘mdagi qiymati ham keskin oshgan. Jumladan, 2016 
yilda 84,1 trln.so‘mdan 2017 yilda 166,6 trln.so‘mga, ya’ni ikki barovarga oshish kuzatilgan. Ammo shunga qa-
ramasdan bank tizimida keyingi yillarda ham resurslari miqdori sizilarli oshgan.
Mamlakatimiz bank tizimidagi majburiyatlarga nazar solsak, bunda 2016 yilda 75,1 trln.so‘m, 2017 yilda 
145,9 trln.so‘m bo‘lgan. 2022 yil yakuniga ko‘ra 477,2 trln.so‘mga o‘zgargan. Shu olti yil davomida bank tizimi 
majburiyatlari olti martaga oshgan. Tijorat banklari majburiyatlarining keskin oshishi nafaqat davlat ulushi mav-
jud banklarda balki, barcha turdagi banklarda ham oshgan.
3-расм:
Банк тизимида депозитларнинг тутган ўрни (млрд.сўмда). 
Har bir davlat bank tizimida yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari muhim ahamiyat kasb etadi, shu jum-
ladan O‘zbekiston bank tizimida ham. Xususan, mamlakatimiz bank tizimida umumiy depozitlar hajmi 2017 yil 1 
yanvar holatiga 37,2 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yitl 1 yanvar holatiga bu ko‘rsatkich 216,7 trln.so‘mni 
tashkil qilgan. Statistikaga e’tibor qaratgan holda aytishimiz mumkinki, oxirgi olti yilda bank tizimida majburi-
yatlar oshishi depozitlar oshishidan ildamlab ketgan. Xususan, bank tizimi majburiyatlari oxirgi olti yilda 535,4 
foizga oshgan bo‘lsa, bank tizimi depozitlari 482,9 foizga oshgan. 
Aholi depozitlari nafaqat tijorat banklari depozitlari tarkibida balki butun iqtisodiyotda ahamiyati yuqori 
ko‘rsatkichlardan biridir. Aholi depozitlarining iqtisodiyot uchun ahamiyatli tomoni shundaki, agar aholi depozit-
lari oshib borsa, bu o‘z navbatida ularning turmush darajalari yuqori ekanligidan dalolat beradi. Agar aholi de-
pozitlari tijorat banklarida oshib borsa, bu o‘z navbatida aholining bank tizimiga ishonchi yuqorilayotganligidan 
dalolat beradi. Shundan kelib chiqqan holda, biz tahlilimizning keyingi bosqichida aholi depozitlarining iqtisodi-
yotda va tijorat banklaridagi o‘rnini ko‘rib chiqamiz.
Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, aholi depozitlarining YAIMga nisbati 2018 yil 1 yanvar holatiga 3,8 
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga 7,1 foizni tashkil etgan holda, ko‘rilayotgan davrda doimiy 
o‘sishda bo‘lgan. Shuningdek, aholi depozitlarining bank tizimi resurslaridagi salmog‘i ham doimiy o‘sishda 
bo‘lib, 2018 yil 1 yanvar holatiga 7,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga 11,3 foizni tashkil 
etgan.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
394
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Jismoniy shaxslar depozitlarining bank tizimi majburiyatlariga nisbati doimiy o‘sishda bo‘lmagan. Xususan, 
aholi depozitlarining bank tizimi majburiyatlaridagi salmog‘i 2018 yil 1 yanvar holatiga 8,3 foizni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga 13,2 foizni tashkil etgan. Shu jumladan, jismoniy shaxslar depozitlarining 
bank tizimidagi umumiy depozitlarga nisbati ham tebranishda bo‘lgan. Xususan, aholi depozitlarining umumiy 
depozitlardagi salmog‘i 2018 yil 1 yanvar holatiga 20,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga 
29,1 foizni tashkil etgan. 
4-расм:
Аҳоли депозитларининг иқтисодиётда ва банк тизимида тутган ўрни. 
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, aholi depozitlarining 2020 va 2021 yillarda bank tizimidagi umumiy 
majburiyatlarida va depozitlarigi salmog‘i tebranishda bo‘lganligiga sabab sifatida pandemiya holatini keltir-
ishimiz mumkin. Aynan pandemiya holati aholining jamg‘armalarini kamaytirib yubordi.
Shuningdek, aholi depozitlarining ko‘rilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan salmog‘i oshib borishi bu o‘z navbati-
da bank tizimiga ishonchning oshib borayotganligidan dalolat beradi. Ammo aholi depozitlarining bank tizimi 
resurslaridagi, majburiyatlaridagi salmog‘ining pastligi ijobiy holat sifatida baholanmaydi.
Bank tizimida aholi depozitlarining tutgan o‘rnini tahlil qilgan bo‘lsak, quyida yana muhim ko‘rsatkichlardan 
biri bu depozitlarning muddatlariga ko‘ra turlaridir.
5-расм:
Банк тизимида депозитларнинг муддатига кўра турлари (млрд.сўмда). 
Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, bank tizimida talaq qitlib olinguncha depozitlar 2017 yil 1 yanvar 
holatiga 20,5 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, muddatli depozitlar esa 16,7 trln.so‘mni tashkil qilgan. Usha davr-
da bank tizimida talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i 58 foizni tashkil 
qilgan. 2023 yil 1 yanvar holatiga bank tizimid depozitlari tarkibida muddatli depozitlar 124,2 trln.so‘mga oshgan 
bo‘lsa, talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlar esa 92,5 trln so‘mga oshgan. Ammo bank tizimidagi depozitlar 
tarkibida talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning salmog‘i sezilarli kamaygan va 40 foizni tashkil qilgan. 
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bank tizimida muddatli depozitlar barqaror resurs manbai bo‘lib xizmat 
qiladi. Aynan ushbu resurslardan tijorat banklari kreditlar ajratishi va iqtisodiyot ishlab chiqarishning oshishiga 
xizmat qilishi mumkin. Xalqaro ekspertlarning hamda Xalqaro valyuta fondi tavsiyasiga ko‘ra tijorat banklarida 
talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i 30 foizdan oshmagani ma’qul. 


395
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Bizning tahlilimizga ko‘ra tijorat banklarida talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning umumiy depozitlardagi 
salmog‘i yuqoriligicha qolmoqda.
Tijorat banklarida resurs bazasining barqarorligini ifodalovchi keyingi ko‘rsatkichlardan biri bu bankdagi 
depozitlarning valyuta birliklariga ko‘ra taqsimlanishidir. Davlat bank tizimida depozitlar milliy valyutada saqla-
nadigan bo‘lsa, birinchidan milliy valyutaga talabni oshirib uning almashinuv kursini yaxshilashga xizmat qilsa, 
ikkinchidan milliy bank tizimining turli tashqi iqtisodiy, siyosiy, yoki turli sanksiyalarga ta’sirchanligi past bo‘ladi. 
Ko‘pchilik davlatlarda aholi milliy valyuta kursining xorijiy valyuta kursiga nisbatan o‘zgarishini turli sa-
bablarga ko‘ra chet elga chiqish paytida xis qiladi. Chunki, ichki iqtisodiyotda haridlar milliy valyutada amalga 
oshiriladi. Tadbirkorlar esa qachonki eksport va import operatsiyalar bilan o‘ug‘ullansagina yoki milliy ishlab 
chiqarishida import xom-ashyolardan foydalansagina kursdagi o‘zgarishni xis qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida 90 yillardan boshlab xorijiy valyutaning, asosan AQSH dollarining ta’siri yuqo-
ridir. Shunday ekan, tahlilimizning keyingi bosqichida tijorat banklarida depozitlar tarkibida xorijiy valyutadagi 
depozitlarning o‘rnini ko‘rib chiqamiz. 
6-расм:
Банк тизимида депозитларнинг валюта бирлигига кўра турлари (млрд.сўмда). 
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2017 yil 1 yanvar holatiga bank tizimidagi depozitlar tarkibida xorijiy valyutadagi 
depozitlar hajmining milliy valyutadagi qiymati 8,8 trln.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, milliy vayutadagi depozitlarn-
ing hajmi esa 28,4 trln.so‘mni tashkil qilgan. 2023 yil 1 yanvar holatiga esa bank tizimidagi depozitlar tarkibida 
xorijiy valyutadagi depozitlar hajmining milliy valyutadagi qiymati olti barobarga yaqin oshgan holda 50,2 trln.
so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, milliy vayutadagi depozitlarning hajmi ham olti barobarga oshgan holda 166,5 trln.
so‘mni tashkil qilgan.
Bank tizimida horijiy valyutadagi depozitlarning jami depozitlardagi salmog‘ini ko‘radigan bo‘lsak, unda 
2017 yil 1 yanvar holatiga ushbu ko‘rsatkich 22 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga ham 22 
foiz atrofida bo‘lmoqda. Ammo 2018 yilda xorijiy valyutadagi depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i 
keskin oshgan holda 41 foizni tashkil qilgan. Bunga sabab sifatida 2017 yil 5 sentyabrdagi rasmiy keskin de-
valvatsiya hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020 — 2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbeki-
ston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” PF-5992-sonli farmonida bank tizimidagi 
tendensiyani tanqid qilgan holda, “...aktivlar va passivlar dollarlashuvining yuqori darajasi mavjudligi, kredit-
lar va depozitlarning yirik kompaniyalar va iqtisodiyotning alohida sektorlarida jamlanishi banklarni valyuta va 
kredit xatarlariga, shuningdek, likvidlik xavfiga duchor qiladi. 2020 yil boshida xorijiy valyutada nominallashtiril-
gan kreditlar jami kreditlar hajmining 48 foizini, chet el valyutasidagi depozitlar va fondlar esa jami depozitlar 
hajmining 44 foizini tashkil etadi”. Buning uchun iqtisodiyotdagi dollarlashuv darajasini kamaytirish choralari 
sifatida banklar aktivlari va passivlari tarkibida dollarlashuv darajasini kamaytirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi va 
regulyativ chora-tadbirlar qabul qilish, shu jumladan banklarning aktivlari va majburiyatlarida xorijiy valyutaning 
ulushini kamaytirish uchun makroiqtisodiy shart-sharoitlar yaratish lozimligi ta’kidlangan. Xususan, xorijiy valy-
utadagi majburiyatlarning majburiyatlar umumiy hajmidagi ulushini 2025 yilga qadar 40-45 foizgacha pasayti-
rish maqsad sifatida belgilangan. 
Tijorat banklari resurs bazasi barqarorligiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri depozitlar hajmi ekanl-
igiga xech kim shubxa bilan qaramasligi aniq. Ammo tijorat banklari faqatgina depozitlarga bog‘lanib qolishlari 
kerak emas. Tijorat banklari o‘zlari uchun alternativ resurs manbalarini kashf qilishlari lozim. Ushbu manbalar 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
396
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
sifatida qimmatli qog‘ozlari bozori rivojlangan davlatlarda keng rivojlangan. Mamlakatimiz tijorat banklari ham 
oxirgi yillarda nafaqat ichki qimmatli qog‘ozlar bozorlarida balki xalqaro fond bozorlarida ham faol qatnashib 
kelishmoqda. 
Tahlil natijalaridan ko‘rishimiz mumkinki, 2019 yildan tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar emissiya qilish 
orqali hamda subordinar qarz shakllarini chiqarish orqali resurs jalb qilishi rivojlandi. Ushbu rivojlanishga turtki 
bo‘lgan omillardan biri davlat qimmatli qog‘ozlar bozorining jonlanganligidir. 
7-расм:
Банк тизимида алтернатив ресурс жалб қилиш ҳолати (млрд.сўмда). 
Statistikaga e’tibor qaratsak, 2020 yil 1 yanvar holatiga tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli 
qog‘ozlar va subordinar qarzlari mos ravishda 2,9 va 4,0 trln.so‘mni takil etgan bo‘lsa, 2023 yil 1 yanvar holatiga 
bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 10,9 va 6,6 trln.so‘mlari tashkil qilgan. 
Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlari bozoridagi ishtiroki sezilarli jon-
langan bo‘lsada, ammo umumiy resurlariga nisbati 3-5 foizni tashkil qilishi, bu sohada ko‘plab chora-tadbirlarni 
amalga oshirish kerakligidan dalolat beradi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
2016 yilga qadar O‘zbekiston bank tizimidagi moliyaviy resurslar YAIMning 35-40 foizi atrofida bo‘lgan 
va bu ko‘rsatkich iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Ya’ni bankdan tashqarida pul aylanishi yuqori 
bo‘lganligi uchun, tijorat banklarimiz ishlab chiqarishni kreditlari yetarli darajada yuqori bo‘lmagan. 2017 yildan 
keyingi davrga nazar tashlasak, tijorat banklari resurslarining YAIMdagi salmog‘i sezilarli oshib borgan. 
Tahlil natijalariga ko‘ra, jismoniy shaxslar depozitlarining bank tizimi majburiyatlariga nisbati doimiy o‘sish-
da bo‘lmagan. Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, aholi depozitlarining 2020 va 2021 yillarda bank tizimidagi 
umumiy majburiyatlarida va depozitlarigi salmog‘i tebranishda bo‘lganligiga sabab sifatida pandemiya holatini 
keltirishimiz mumkin. Aynan pandemiya holati aholining jamg‘armalarini kamaytirib yubordi.
Shuningdek, aholi depozitlarining ko‘rilgan ko‘rsatkichlarga nisbatan salmog‘i oshib borishi bu o‘z navbati-
da bank tizimiga ishonchning oshib borayotganligidan dalolat beradi. Ammo, aholi depozitlarining bank tizimi 
resurslaridagi, majburiyatlaridagi salmog‘ining pastligi ijobiy holat sifatida baholanmaydi.
Bank tizimida muddatli depozitlar barqaror resurs manbai bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ushbu resurslardan 
tijorat banklari kreditlar ajratishi va iqtisodiyot ishlab chiqarishning oshishiga xizmat qilishi mumkin. Xalqaro 
ekspertlarning hamda Xalqaro valyuta fondi tavsiyasiga ko‘ra tijorat banklarida talab qilib olinguncha bo‘lgan 
depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i 30 foizdan oshmagani ma’qul. Bizning tahlilimizga ko‘ra tijo-
rat banklarida talab qilib olinguncha bo‘lgan depozitlarning umumiy depozitlardagi salmog‘i yuqoriligicha qol-
moqda.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlari bozoridagi ishtiroki sezilarli jonlangan bo‘lsada, ammo umumiy 
resurlariga nisbati 3-5 foizni tashkil qilishi, bu sohada ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligidan 
dalolat beradi.


397
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin