Bugʻ qozonlari reja

BUGʻ TURBINASI va BUGʻ TURBINALI issiqlik elektr stansiyasi

Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/2
tarix18.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#116544
1   2
BUGʻ QOZONLARI

BUGʻ TURBINASI va BUGʻ TURBINALI issiqlik elektr stansiyasi.
Bugʻ turbinasi — bugning potensial energiyasini kinetik energiyaga, soʻngra aylanuvchi valning mexanik ishiga aylantiruvchi turbina; issiqlik elektr st-yasi (IES)da elektr generatorlarni aylantiruvchi asosiy dvigatel hisoblanadi. Aktiv va reaktiv turbinalar boʻladi. Bugʻ turbinasi nisbatan ixcham, oddiy, tejamli, yuqori parametrli bugʻlardan foydalanishga, toza kondensat olishga, elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga isteʼmolchilarga turli parametrli bugʻ uzatishga imkon beradi. 
Muqim (statsionar) va transport (kemaga oʻrnatiladigan) xillari bor. Muhim Bugʻ turbinasiga kondensatsiya turbinalari, teplofikatsiya turbinalari va boshqa kiradi. Deyarli barcha Bugʻ turbinasi koʻp pogʻonali hisoblanadi. Bir va koʻp (4 tagacha) korpusli, bir va koʻp (3 tagacha) valli qilib ishlab chiqariladi. Bugʻ turbinasi markazdan qochirma havo haydagichlar, kompressorlar va nasoslarni harakatga keltirish uchun ham ishlatiladi.

Bugʻ turbinasi.

Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi — qozon, bugʻ turbinasi va turbogeneratordan iborat energetika agregatlari majmui. Qozon, suv quvurlari tizimidan hosil qilinadi. Qattiq, suyuq yoki gaz holatdagi yoqilgʻilarning temperaturasi 500° dan yuqori boʻlgan issiqlik energiyasi taʼsirida qozon quvurlaridan oʻtadigan suv yuqori bosimli bugʻga aylanadi. Bugʻ taʼsirida turbina, yaʼni birlamchi motor parraklari har minutda 1500—3000 aylanish tezligida harakatga keladi. 
Bunda bugʻning kinetik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Turbogeneratorning stator chulgʻamida yuqori kuchlanishli EYUK (elektr yurituvchi kuch), isteʼmolchida esa tok hosil boʻladi, natijada mexanik energiya elektr energiyasiga aylanadi. Umuman, dunyo miqyosida ishlab chiqariladigan elektr energiyasining taxminan 80% gachasi turbogeneratorlar vositasida olinadi.

ammo Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi i. e. s.ning foydali ish koeffitsiyenti (f. i. k.) yuqori emas. Bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi k. qiymatini bir muncha koʻtarish uchun turbina parraklaridan oʻtgan bugʻ sovitkichlar vositasida yana suvga aylantirilib, nasos orqali qayta isitkich qozonga yuboriladi va suv boʻyicha berk tizim hosil qilinadi. Bunda elektr stansiya f.i.k. 32—40% gacha koʻtariladi.
Issiqlik elektr stansiyasi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

J.Nurmatov.”Issiqlik texnikasi” Toshkent o’qituvchi nashriyoti.1998 yil

R.Zoxidov.”Issiqlik texnikasi” Toshkent 2010-yil
N.Muslimov.”Issiqlik texnikasi fanidan laboratoriya mashg’uloti bo’yicha qo’llanma” 2004-yil.
Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə

yükləyin