Buxgalteriya va audit


- MAVZU. PUBLITSISTIK NUTQ. MATN TURLARI VA



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Saidazimxon Salohiddinov

 
3- MAVZU. PUBLITSISTIK NUTQ. MATN TURLARI VA 
TARKIBI. 
Maqola va uning janrlari. 
Publitsistik uslub va uning xususiyatlari. 
Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat 
qiladi. Bu uslubning yozma turiga publitsistik maqolalar, feleton, murojaatnoma, 
xatlar, chaqiriqlar kirsa, og‘zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot 
va targ‘ibot uslubi bo‘lganligi uchun ham unda siyosiy faollik, hozirjavoblik,o‘tkir 
va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash 
kabi belgilar ustunlik qiladi. 
Shunga ko‘ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-
iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning 
ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo‘yoqdor so‘zlarni 
qo‘llash) ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar 
oddiygina qayd qilinmay, jo‘shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan 
umumiy xulosalar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa murojaat, undash, qiziqtirish 
orqali o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatiladi. 
Matn va uning ko‘rinishlari 
Ma’lum bir shaxs tomonidan ayrim voqea-hodisa, narsa-buyumning izchil
tasviri va tavsifi uchun tuzilgan gaplar sirasi matn deyiladi.


Matn ko‘rinishlari 2 xil bo‘lib, ular mikromatn va makromatndir.
Bir necha gaplarning o‘zaro grammatik va mazmuniy bog‘lanishidan tashkil 
topgan, mazmuniy yaxlitlikga ega bo‘lgan qo‘shma gaplarga nisbatan yirikroq 
yozma va og‘zaki nutq parchasi mikromatn deyiladi. 
Bir umumiy mavzu ostida birlashgan bir necha mikromatnlardan tashkil 
topuvchi yaxlit asarga makromatn deyiladi. 
Matnning turlari ham 2 xil: ma’lumotnoma matni va ijodiy-tavsifiy matn. 
Ma’lumotnoma matnida bo‘lib o‘tgan voqea-hodisa yoki mavjud holat haqida 
oddiy axborot beriladi.
Ijodiy-tavsifiy matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan ijodiy ravishda bayon 
etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxsning tasviri yoki xabar, ma’lumotning 
ijodiy-tavsifiy bayonidir. Ilmiy, publitistik va badiiy uslublar, shuningdek, insho 
ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlaridir.
Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari. 
Dialog ( yun. dialogos – gaplashish, suhbat) -
1) ikki yoki undan ortiq kishining nutqiy muloqoti, suhbat;
2) adabiy – badiiy matn komponenti, asardagi personajlarning nutqiy muloqoti
berilgan o‘rinlar. Hozirgi zamon prozasi rivoya, tavsif va dialogdan tarkib
topadi; zamonaviy epik asarlarda dialog salmog‘ining ortishi kuzatiladiki,
bunga turlararo sintezlashuv, badiiy adabiyotning boshqa san’atlar bilan
o‘zaro aloqasi natijasi sifatida qarash mumkin;
3) falsafiy – publisistik mazmun yo‘nalishidagi janr, unda qo‘yilgan masala bir
necha kishining suhbati shaklida muhokama etiladi. Dialog janriga antik
davrning Suqrot, Aflotun singari mutafakkirlari asos solganlar. Keyinchalik
o‘rta asrlar, Uyg‘onish davri va Yevropa ma’rifatchilik adabiyotida ham
dialog janri ancha faol bo‘lgan .O‘zbek adabiyotida dialog- ning ildizlari
munozara janriga borib taqaladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyotida dialog
janri, unga xos unsurlardan ma’rifatchilik g‘oyalarini ommalashtirishda
samarali foydalanildi. Jumladan, Fitratning “Munozara”, “Bedil” asarlarini
dialog janri namunasi sanash mumkin. 
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. 


Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni
paytda javob berilishini talab qilmaydigan, o‘zgalar replikalari bilan
bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq,
ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) 
ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda
foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik
vazifalar doirasi ancha keng. Jumladan,
Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida
kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli
ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy
munosabatni ifodalash, ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini
asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning
ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari, asosan, uning monologi 
orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol
ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb
ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ) . Sifat
jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud ( q. badiiy nutq, ichki
monolog). 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin