Buxgalteriya va audit



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix21.10.2022
ölçüsü1,18 Mb.
#65730
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Saidazimxon Salohiddinov

8 - mashq. Matnda tushirib qoldirilgan qo'shimchalarni to'g'ri topib qo'ying^va 
shaxsiy ishonchnoma namunasini dallaringizga ko‘chiring. 
1 SH О N CH N О M A 
Men, Kamol Yo‘ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga Yakkasaroy 
tumanidagi 64- aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 50000 (ellik ming) so‘m 
miqdoridagi pul jo‘natma... ol... uchun ishonch bildir 
(imzo) 
K. Yo‘ldoshev. 
2019- yil 5- may 
K. Yo'ldoshev imzo... tasdiq... . 
Litsey kadr... bo‘lim... boshlig‘i 
(imzo) 
(muhr) A. Shukurov. 
2 - topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari va gaplami tartib bilan joylashtirib, xizmat 
ishonchnomasi namunasini tuzing va zaruriy qismlari o‘mini chizmada ko'rsating. 
Yunusobod tumanidagi 42- son madaniy mollar do‘ko- nidan shartnoma bo‘yicha, 
Chilonzor tumanidagi M.Ulug‘bek nomidagi litseyning xo'jalik ishlari mudiri 
Hasan Boboyevga, litseyimizga ajratilgan 78550 (etmish sakkiz ming besh yuz 
ellik) so‘mlik o‘quv qurollarini olishga ishonch bildiradi. Litseyning to'rtburchak 
muhri. Litsey direktori B. Qodirov. 
Ishonchnoma, Ishonchnoma 2019- yil 10- iyungacha amal qiladi. 2019.10.05. 
Tartib raqami: 18-104. Dumaloq muhr. Imzo. 


12 - mashq. Tavsifnoma matnini o‘qing. Fe’l shakllarini topib, ma’no va vazifasini 
izohlang. 
Akbar Rasulov o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugat- gach, 2019 - yilda 
0‘zbekiston Milliy universitetining huquqshunoslik fakultetiga hujjat topshirdi va 
test savollaridan yuqori ball to‘plab o‘qishga qabul qilindi. 
0‘qishga kirgan dastlabki kunlardan boshlab o‘z qobiliyati bilan boshqa 
talabalardan ajralib turdi. Jamoat ishlarida faol qatnasha boshladi. Universitet 
«Zukkolar klubi» a’zosi sifatida talabalar o‘rtasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy 
tadbirlami o‘tkazdi. U ingliz tilini yaxshi biladi, erkin gaplasha oladi. Bu tildagi 
ilmiy ma’ruzalari bilan chet mamlakatlarda o‘tkazilgan ikkita anjumanda 
qatnashdi. «0‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining huquqiy asoslari» 
mavzusidagi ma’ruzasi Buyuk Britaniyaning Manchestr universiteti rahbariyati 
tomonidan munosib taqdirlandi. 
U — yaxshi sportchi. Milliy kurash bo‘yicha bir qancha musobaqalar sovrindori. 
Akbar Rasulov o‘z ustida tinmay ishlaydi, a’lochi va iqtidorli talaba sifatida 
universitet talabalari orasida yaxshi obro'ga ega. 
U doimiy ravishda o‘z malakasini, siyosiy-ma’naviy va huquqiy saviyasini oshirish 
ustida qat’iyat bilan ishlaydi. 
A. Rasulov — kamtarin, to‘g‘ri so‘z, do‘stlarga nisbatan g‘amxo‘r va mehribon. 
Tavsifnoma «Umid» jamg'armasi tashkil etgan Buyuk Britaniya Manchestr 
universitetiga talabalikka yuborish uchun o‘tkazilayotgan tanlov tashkiliy hay’atiga 
taqdim etildi. 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin