“KELISHILDI” Toshkent shahar Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi Yakkasaroy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i ___________D.B.Kadirov «__» ___________2022 yil
“TАSDIQLАYMАN” Toshkent shahar Yakkasaroy tumani ToshDO‘TAU akademik litseyi direktori __________ B.Q.Adizov «__» __________2022 yil
TАBIIY HАMDА TEXNOGEN XUSUSIYATLI FАVQULODDА VАZIYATLАRNI OLDINI OLISH VА BАRTАRАF ETISH HАRАKАTLАRI R E J А S I Toshkent – 2022
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyida favqulodda vaziyatlarning kelib chiqishini oldini olish va bartaraf etish xarakatlari
REJASI Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi tashkilotda Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish harakatlari Rejasi (keyingi matnlarda Reja) «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida», «Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini va Vazirlar Mahkamasining «Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi to‘g‘risida»gi 1998 yil 27 oktyabrdagi 455–sonli qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi tuzilmalari va tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi to‘g‘risidagi Nizom hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash(tabellashtirish) me’yorini tasdiqlash haqida”gi 369-sonli qarori asosida ishlab chiqilgan.
Reja ob’ektning fuqaro muhofazasi tuzilmalari kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda to‘g‘ri harakat qilishlari, markazga tashrif buyurganlarni bino ichkarisidan xavfsiz hududga ko‘chirish va moddiy zararlarni kamaytirishga mo‘ljallangan.
Reja tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish chog‘ida harakat qilish tartibini va asosiy tadbirlarini, ularni bajarish muddatlarini, buning uchun zarur bo‘ladigan moddiy va boshqa resurslarni hamda mas’ul ijrochilarni belgilaydi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti akademik litseyi tashkilotida tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatning qisqacha tavsifi.