ToshDO‘TAU akademik litseyi boshlig‘ining favkulodda vaziyatlar havfi tug‘ilgan va sodir bo‘lgan vaqtdagi harakatlar ketma-ketligi
1. Kerakli organlarga qo‘ng‘iroq qilib habar berish:
• texnogen va tabiiy favqulotda vaziyatlarda va yong‘inda-101; 1050, 71-212-69-82, 71-212-69-83, 71-212-69-84, • terrorchilik harakatlarida - 102; 1050, 101, 71-212-69-82, 71-212-69-83, 71-212-69-84, 2. Xodimlarga xabar berish (qanday tartibda berilishi oldindan kelishib olinadi va o‘quv mashg‘ulotlarida barchata e’lon kilinishi lozim).
3. Yuzaga kelgan vaziyatga baho berish undan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda oqilona qaror qabul qilish.
4. Zaruriyat tug‘ilganda xodimlar evakuatsiyasini tashkil etish (yilning issiq vaqtida bo‘lim xovlisiga kun sovuq bo‘lsa avvaldan kelishilgan joyga) hamda evakuatsiya uchun mas’ul xodimlar axborotini eshitish.
5. Bino ichida odamlar qolgan-qolmaganligini tekshirishni tashkil etish.
6. Jaroxatlangan bo‘lsa, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish.
7. Energiya ta’minotini o‘chirish (yong‘in havfsizligi signalizatsiyasidan tashqari).
8. xodimlar va begonalarning bino ichiga kirishlariga yo‘l qo‘ymaslik.
9. Militsiya xodimlari yetib kelguniga qadar boshqarma binosini qo‘riqlashni tashkil etish.
10. Tezkor guruxni (qutqaruvchilar, o‘t o‘chiruvchilar, militsiya, tez yordam va x.k) ni kutib olish va yuzaga kelgan vaziyat, amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berish.
11. Guruh, a’zolariga qo‘lidan kelgan barcha yordamni ko‘rsatish va ularning ko‘rsatmalariga amal qilish.
ToshDO‘TAU akademik litseyi xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari
1. Zudlik bilan bo‘lim boshlig‘iga yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsga yuzaga kelgan havf yoki favqulodda vaziyat to‘g‘risida habar berish.
2. Yuzaga kelgan sharoitdan va favqulodda vaziyat turidan kelib chiqib xodimlarni havfsiz joylarni egallashlarini tashkil etish.
3. Evakuatsiya o‘tkaziladigan bo‘lsa, xodimlarni tartib saqlagan va uyushgan holda guruxdan maxsus belgilangan joyga olib chiqish. Guruhda xech kim qolmaganligini tekshirish.
4. Xodimlarni maxsus ajratilgan joyga tuplagach, yuklama kilish
5. Sarosimaga tushgan, qo‘rqib ketgan va vaximaga berilgan xodimlarni tinchlantirish ularga ruxiy madad berish.
6. Bo‘lim boshlig‘ining ko‘rsatmalariga amal qilish.
7. Tuzilmalar tarkibida harakat qilish.
8. Favqulodda vaziyat to‘g‘risida xabardor bo‘lsa, tezlikda boshqarma rahbariyatini habardor qilish,
9. Yuz bergan favqulodda vaziyat xususiyatidan kelib chiqib, sarosimaga berilmasdan «MTO‘M» olingan bilim asosida oqilona harakatlarni amalga oshirish;
10. Binodan chiqayotganda shovqin ko‘tarmaslik, chopmaslik, gurux raxbari ko‘rsatmalariga amal qilish.
11. Maxsus belgilangan joyga yig‘ilgach, avvaldan gurux uchun belgilangan joyni egallash va tartib saqdash.
12. Bo‘lim raxbariyati va gurux raxbarlari ruxsatisiz ushbu joyni tark etmaslik, o‘zboshimchalik bilan harakat qilmaslik.