Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda :
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 24 avgustdagi 242-sonli qarori asosida, favqulodda vaziyatlarda faoliyat ko‘rsatish davrida amalga oshiriladigan tadbirlar:
- kundalik rejimi;
- yuqori tayyorgarlik rejimi;
- favqulodda vaziyat rejimi.
Kundalik rejimida: Ob’ekt hududidagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni qisqartirish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zahiralarini yaratish va to‘ldirish, sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish.
Yuqori tayyorgarlik rejimida: Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi havfi to‘g‘risida boshqaruv organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish, FVDT rahbarlari tarkibining doimiy dislokatsiya punktlarida kechayu-kunduz navbatchilikni tashkil etish, vazirliklar, idoralar va ob’ektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlarini kuchaytirish, kuchlar va vositalarini tayyor holatga keltirish, mo‘ljallanayotgan favqulodda vaziyatlar hududiga yuborish.
Favqulodda vaziyat rejimida: Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida boshqaruv organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish, tezkor guruhlarni favqulodda vaziyatlar hududiga yuborish, aholini muhofaza qilishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil etish, favqulodda vaziyatlar zonalari chegaralarini belgilash, zarar ko‘rgan aholi hayotini ta’minlash, xududlardagi vaziyatni nazorat qilish.
O‘z vaqtida Fuqaro muhofazasi mashqlariga tayyorlash va uni o‘tkazishda shaxsan rahbarlik qilish, muassasada zamonaviy o‘quv-moddiy bazasini tashkil etish, uni takomillashtirib borish, (o‘quv xonalari, devoriy gazetalar, fuqaro muhofazasi burchaklari, o‘quv shaharchalari, himoya vositalari, himoya inshootlari va h.) fuqaro muhofazasi targ‘ibotini olib borish.
“TАSDIQLАYMАN”
Dostları ilə paylaş: |