1.3. Zilzilalar chog‘ida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat.
Shahar hududida kuchli zilzilalar ro‘y berganda kommunikatsiyalar, issiqlik, gaz va suv ta’minoti tizimlari shikastlanadi, temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish liniyalari, ko‘priklar buzilishi mumkin.
Qurilish turiga ko‘ra obyektda 3 ta gishtli binolar joylashgan.
Seysmik rayonlashtirish xaritasiga asosan shahar hududi aktiv seysmik zonada, ya’ni 100 yilda 2 marta kuzatilishi mumkin bo‘lgan 7-8 balli seysmik hududda joylashgan.
Yer sathining silkinishi gaz-suv-elektr ta’minoti, transport magistrallari tizimlarining zarar ko‘rishiga olib keladi, yilning issiq vaqtida epidemik vaziyat yomonlashadi.
Zilzilalar oqibatida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘inlarni keltirib chiqarishi mumkin.
1.4. Texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda.
a) Yong‘in xavfi mavjud bo‘lgandagi vaziyat.
Obyektda yong‘in sodir bo‘lganda xonalar, ovqat tayyorlash xonasida yong‘in chiqish xavfi mavjud. Yong‘in o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, suyuq xlor bilan ishlash sexidan tashqari yaqin atrofdagi obyektlarga o‘tishi hamda aholi va ishchi xodimlarning jabrlanishiga olib kelishi mumkin. Sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish uchun birlamchi o‘t o‘chirish vositalarini va yordamchi jixozlarni shay holatda saqlash zarur. Binodan chiqish yo‘laklarini to‘sib qolishiga sabab bo‘liadigan jixozlarni yo‘laklar yaqiniga o‘rnatmaslik talab etiladi.
b) Portlash xavfi mavjud bo‘lgandagi vaziyat.
Obyektda yuqori bosimda siqilgan gaz ballonlari va undan foydalanish uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish holatlari, portlash xavfiga gumon qilingan noma’lum buyum topilish holatlari sodir bo‘lganda zudlik bilan tegishli tashkilotlarga xabar berish zarur. Ishchi xodimlarni, ayniqsa yertula va kirib chiqish qiyin bo‘lgan hududlardagi xodimlarni ogohlantirish hamda bino ichkarisidan xavfsiz hududga chiqish davomida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymasdan evakuatsiya rejasiga asosan harakatlanadi.
Dostları ilə paylaş: |