«5» may 2023-y. 04-04/2-366-son «
»
2023 y.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlariga
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudirlariga
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 16-martdagi 04-04/2-119-sonli xatida “Kundalik” elektron sinf jurnalida baholarni qo‘yish va o‘zgartirish tartibiga muvofiq tizimda 2023-yilning 15-aprelidan cheklov (muzlatish) o‘rnatilishi, hamda kiritilgan chorak va yillik baholarga maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalariga rasmiy xatsiz o‘zgartirish kiritish imkoniyati mavjud emasligi belgilab qoʻyilgan.
“Kundalik” elektron sinf jurnaliga oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fan oʻqituvchisi nima sababdan va qaysi sana ustuniga baho qoʻymaganligini batafsil ifodalab maktab direktori nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;
maktab direktori va direktorning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan oʻqituvchilaridan tushgan yozma murojaatlar asosida oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hamda Xalq taʼlimi vazirining (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) 2022-yil 24- iyundagi 205-son buyrugʻining 7-bandida koʻrsatilgan funksional vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani, oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaganligini ifodalab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;