Tuzilmani boshqarish tartibi:
- tuzilma shaxsiy tarkibini doimo o‘z vaqtida harakati va ma’naviy tayyorgarligini oshirish;
- uzluksiz kat’iy izlanish, vaziyatni umumiy baholash, o‘z vaqtida qaror qabul qilish, buysunuvchilarga topshiriqlarni yetkazish, tuzilmani qidiruv-qutqaruv va boshqa kechiktirib bulmaydigan ishlarga tayyorlash;
- tuzilma harakatini har tomonlama amalga oshirish uchun o‘z vaqtida ta’minotni tashkillashtirish;
- topshirilgan vazifalarni bajarilishi va yordam berish buyicha doimiy nazorat qilish.
Tuzilmaning qidiruv-qutkaruv va boshka kechiktirib bulmaydigan ishlarida harakatlari:
- Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qaroriga asosan, qidiruv-qutqaruv va boshka kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni ko‘shimcha boshqaruv punktidan olib boradi;
- tuzilmalarni boshqarish komandirlar tomonidan ish joylarida olib boriladi, tuzilma komandirining ish faoliyati boshqaruv punkti tomonidan olib boriladi;
- aloqa uchun radiodan, xarakatdagi signallar moslamasi, shuningdek, rahbar tomonidan ajratilgan transport vositalaridan foydalaniladi;
- harakatdagi aloqa vositalariga ajratuvchi belgilar quyiladi, ogohlantiruvchi signallar va ko‘rish mumkin bo‘lgan vositalardan foydalaniladi;
- fuqaro muhofazasi signallarini uzatish uchun har qanday aloqa yo‘nalishlaridan hech qanday to‘siqsiz foydalaniladi;
- aloqa signallaridan tashqari ochiq so‘zlashuvlar ta’qiqlanadi.
Komendantlik xizmatini tashkil qilish:
- komendantlik xizmati harbiy qism kuch va vositalari orqali tashkil etiladi, hamda jamoat tartibini saqlash guruhi (zvenosi) ishtirok etadi.
Moddiy-texnik ta’minoti tartibi:
- tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash Nizomning ta’minlash (tabellashtirish) me’yori asosida amalga oshiriladi, shuningdek, boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish moddiy-texnik ta’minotning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |