O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə1/2
tarix20.11.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#164965
  1   2
Ozbekistonda konfenssiyalararo munosabatlar


O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar


O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabatlar
Dinlararo bag‘rikenglikning shakllanishi. SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlab kelinmoqda, Mulohaza qiling! 2017-yilda Toshkentdagi «Bobur» bog‘iga «Do‘stlik» bog‘i nomi berilib, bog‘ning markaziga Ikkinchi jahon urushi yillarida turli millatga mansub yetim bolalarni asrab olgan mashhur Shomahmudovlar oilasi haykali ko‘chirib keltirilganini va 2018-yilda mazkur haykal «Xalqlar do‘stligi» maydoniga qaytarilganini izohlang. Baynalmilal – (arabcha – millatlar o‘rtasidagi, millatlararo) xalqaro, umuminsoniy, umumxalqiy mazmunlarida qo‘llaniladi. Mentalitet – (nem. – aql, idrok) jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi. Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos an’analari, rasm-rusumlari, urfodatlari, diniy e’tiqod va irimlarini qamrab oladi. diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana boshlandi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofi q “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”. O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik mamlakatda rivojlanayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ayni paytda 16 ta diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita dindorlar ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatining dinga bo‘lgan munosabati natijasidir. Diniy bag‘rikenglik tamoyillari. O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi: Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Ikkinchidan, milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda. Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi. To‘rtinchidan, mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil bag‘rikenglik tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda o‘zining to‘liq ifodasini topgan. 68 Turli din vakillariga munosabat. Ilmiy manbalar o‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganliklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin. Umuman, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan noislomiy konfessiyalar turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muayyan mavqega ega. Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda, pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iegova shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-presviterianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud. Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy, ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan bo‘lib, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar vakillarining murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o‘tishlari natijasida shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik bo‘lishidan barcha din vakillari manfaatdor bo‘lib, ba’zi konfessiyalar vakillari O‘zbekistonda va xorijda tashkil etilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlardagi ma’ruzalarida respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirmoqdalar. Bunday munosabat davlat tomonidan ham taqdirlanmoqda. Mitropolit Vladimirning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani buning yorqin dalilidir. Respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda konfessiyalarning ham muayyan o‘rni bor. Birinchidan, ular o‘z faoToshkentdagi Rim-katolik cherkovi 69 liyatlari davomida aholida diniy bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘lida ma’naviy-ma’rifi y tadbirlar tashkil etib keladilar. Ikkinchidan, mamlakatda dinlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash hamda turli nizo va murakkabliklarni keltirib chiqaruvchi missionerlik kabi xatti-harakatlarga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarda faol qatnashadilar. Islom dini va diniy ta’limga e’tibor. Bugun respublikada 16 ta diniy konfessiyaga mansub 2238 ta diniy tashkilot – Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta maxsus islom bilim yurti, pravoslav va protestant seminariyalari faoliyat olib bormoqda. Ularda talabalar diniy ilmlar bilan bir qatorda, dunyoviy ilmlarni olish imkoniyatiga ham ega. Toshkentdagi Minor masjidi Yodda tuting! Toshkentda 2013-yil qurilishi boshlangan Minor masjidi 2014-yilning 1-oktabrida, Qurbon hayiti kuni ochildi. Masjid binosi anʼanaviy sharq me’morchiligi uslubida qurilgan. Uning ikki minorasi va osmon rang gumbazi bor. Masjid 2400 dan ortiq namozxonga moʻljallangan. 1999-yilda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan Toshkent Islom universitetiga asos solindi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo va butun dunyoda hamjihatlikka erishish, dinlararo totuvlik, tinchlikni saqlash yo‘lida muhim dasturulamal bo‘layotganini, bu jihatlar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham o‘z aksini topganini e’tirof etdi. Prezidentning 2017-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofi q Samarqandda ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Uning tarkibida hadisshunoslik oliy 70 maktabi, hadis, kalom va qiroat ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan xonalar, qo‘lyozmalar kutubxonasi, muzey tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Toshkentda Islom madaniyati markazi hamda Prezidentning 2017-yil 15-dekabrdagi farmoni asosida O‘zbekiston Islom akademiyasi tashkil etildi.

Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin