MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG‘ONA
FILIALI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA
KASB TA’LIMI FAKULTETI
“POCHTA ALOQA TEXNOLOGIYALARI” YO‘NALISHI
770-22 GURUH TALABASI
TOLIPOV XILOLAXON JO‘RAQO‘ZI QIZINING
Dinshunoslik
FANIDAN
TAYYORLAGAN
TOPSHIRIQLARI .
Farg‘ona-2022
Missionerlik va prozelitizm: tarix va bugun, targ’ibot usullari
Reja
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati.
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi.
3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari.
4. Missionerlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asoslari.
Tayanch tushunchalar:
Missionerlik, prozelitizm, sekta, diniy sektalar, diniy tashkilotlar, iegovo shohidlari,
yettinchi kun adventistlari, missiya, Bibliya jamiyati.
1. Missionerlik va prozelitizmning mazmun-mohiyati. Missionerlik so’zi asli
lotin tilidagi «missio» fe’lidan olingan bo’lib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner
esa “vazifani bajaruvchi” degan ma’nolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan
vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.
Turli lug’atlar va manbalarda missionerlikka ko’plab ta’riflar berilgan.
Ularning
deyarli barchasida missionerlikka xos xususiyatlar tavsiflanishi barobarida, bu so’z asosan
xristian dini bilan bog’lanadi. Jumladan, har yili qayta nashr etiladigan «World Book»
(“Jahon kitobi”) ensiklopediyasida “Missioner biror diniy guruh tomonidan boshqalarni
o’z diniga targ’ib qilish va kiritish uchun yuborilgan inson”,- degan fikr qayd etilgan. 2005
yilda Moskvada nashr etilgan “Kirill va Mefodiyning katta ensiklopediyasi”da esa
«Missionerlik biror diniy birlashma vakillarining o’z e’tiqodini boshqa din vakillari
orasida yoyish harakati»,- degan ta’rif keltirilgan.
1
Umuman olganda, turli lug’atlar va manbalarda bayon etilgan ta’riflar
bib-biriga
juda yaqin va o’xshash bo’lib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin:
missionerlik - bir dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targ’ib qilishni
anglatadi.
Missionerlik bilan yonma-yon ishlatiladigan
prozelitizm esa, to’g’ridan-to’g’ri biron
bir dinga ishongan fuqaroni o’z dinidan voz kechishga va o’zga dinni qabul qilishga
qaratilgan harakatlarni anglatadi. U o’z mohiyatiga ko’ra missionerlikning tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Missionerlik o’ziga xos va uzoq tarixga ega. Dastlab muayyan darajada ijobiy
ko’rinishga ega bo’lgan missionerlik islom va xristian dini rivojlangan davlatlar o’rtasida
o’zaro savdo hamda madaniy munosabatlar orqali bir-biriga ta’sir etishiga sabab bo’ldi.
O’zga xalqlar erishgan yutuqlarning kirib kelishi,
mahalliy madaniyatlarning
rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Fan, texnika va texnologiya yutuqlarining jadal kirib
kelishida ham missionerlarning ishtiroki katta. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga,
xalqlarning turmush darajasining ortishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Biroq bugungi kunda
missionerlikdan g’arazli maqsadlarda foydalanish ham keng tus olgan. Missionerlik
e’tiqodni o’zgartirishdan tashqari shaxsiy boylik orttirish, geosiyosiy maqsadlarni amalga
oshirish uchun ham vositachilik qilmoqda. Missionerlik harakatlarining kuchayishi bilan,
ayniqsa,
zamonaviy telekommunikatsiya, kompyuter, internet tarmog’i orqali biron bir
hududga xos ma’naviy qadriyatlarni o’zga xalqlarga singdirish,
insonlarning ongi va
1
A.Ochildiev, J.Najmiddinov Missionerlik:moxiyat,maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo’llari (yuz savolga-yuz javob)
“Toshkent islom universiteti”nbm 2009-y 53-b
qalbini zabt etish yo’li bilan jahonda ma’naviy hukmronlikni o’rnatishga urinish hollari
ham kuzatilmoqda.
Afsuski, missionerlikning salbiy ta’sirlari kuchayib bormoqda. SHunga qaramasdan
ayrim mamlakatlargina bunday illatning oldini olishga harakat qilib, boshqalari esa
aksincha, missionerlik faoliyatiga qonun bilan ruxsat berib qo’yishgan. Masalan,
Armaniston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi
qonunida (8-modda) prozelitizmning ta’qiqlanganligi ko’rsatilgan bo’lsa, Ukraina va
Belorussiyaning bu boradagi qonunchiligida “missionerlik jamiyatlari”
faoliyatiga diniy
tashkilot sifatida rasman ruxsat etilgan
2
.
Missionerlik dastlab buddizmda mil. avv. 3–asrdan boshlangan bo’lsa-da,
haqiqatdan ham, o’z tarixiy taraqqiyotida u ko’proq xristian dini doirasida namoyon bo’ldi.
Ma’lumki, xristian dinida missionerlik 4-asrdan boshlab paydo bo’lgan. 13-14 asrlarda
xristian missionerligi Hindiston, Xitoy, Yaponiya kabi davlatlarga kirib bordi. Katolik
cherkovida missionerlar Ispaniya va Portugaliyada mustamlaka
imperiyalari tashkil
topgach (15-16 asrlar), o’z faoliyatini kuchaytirdi.
Ma’lumotlarga ko’ra, dunyodagi umumiy missionerlarning 2/3 qismini xristian
missionerlari tashkil etadi. XX asrga kelib, o’z holicha missionerlik bilan shug’ullangan
tashkilotlarni birlashtirish yo’lida harakatlar boshlandi va ilk xalqaro protestant
missionerlik tuzilmalari shakllantirildi. Birinchi butunjahon
protestant missionerlari
konferentsiyasi 1910 yilda Shotlandiyaning Edinburg shahrida bo’lib o’tgan edi. Keyinroq
esa «Xalqaro missiyalar kengashi» tuzildi. Bugungi kunda yuzlab shunday maqomga ega
missiyalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni yanada rivojlantirish, yetarli moddiy, ma’naviy
va inson resurslari bilan ta’minlash juda yaxshi yo’lga qo’yilgan. Odatda, xalqaro
missiyani tashkillashtirishda ma’lum bir konfessiyaning barcha shaxobchalari qatnashadi.
Masalan, tashkilotning nashriyoti uni tegishli adabiyotlar bilan ta’minlasa, tadqiqot
markazi muayyan mamlakat aholisi, uning hayot tarzi, urf-odatlari, zaif tomonlari haqidagi
ma’lumotlarni yig’ish va diniy adabiyotlarni mahalliy tillarga tarjima qilish bilan
shug’ullanadi.
Missiyani
moddiy-moliyaviy
ta’minlashda
ishlab
chiqarish
tuzulmalarining, missioner kadrlar tayyorlash va ko’ngilli
homiylarni topishda
missionerlik bazalarining ahamiyati katta. Mana shunday kuch va tayyorgarlik bilan
xalqaro missiya istalgan mamlakatda tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil
etishiga shubha qilmasa ham bo’ladi.
Ayni damda, missionerlik faoliyati bilan faol shug’ullanishga harakat qilayotganlar
orasida bahoiylar, krishnachilar bilan bir qatorda yangi paydo bo’lgan sektalar borligini
ham ta’kidlash zarur.
Sekta bu
– faqat o’zini haq din, insonlarni najotga yetkazuvchi deb
da’vo qiladigan, aslida esa muayyan siyosiy va iqtisodiy maqsadlarni ko’zlaydigan guruh
hisoblanadi. Psixologlar mazkur sektalarni «ommaviy ijtimoiy-psixologik qirg’in quroli»
deb ta’riflaydilar.