Kalit so`zlar: xavfsizlikka tahdidlar, telekommunikatsiya tarmoqlari, zamonaviy telekommunikasiya tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya qilish, ruxsat etilmagan foydalana olishlarning oqibatlari turlari.
Telekommunikasiya tarmog’ining asosiy elementi sifatida telekommunikasiya tizimlarining tarmoq xavfsizligini ta’minlash masalasi muhim ahamiyatga ega, chunki xavfsizlikka tahdidlar oqibatlari quyidagilar hisoblanadi:
telekommunikasiya xizmatlariga ruxsat etilmagan ulanish, shuningdek, telekommunikasiya tarmoqlaridagi turli firibgarliklar;
telekommunikasiya tizimlari alohida elementlarining yoki butun telekommunikasiya tizimlarining ishdan chiqish imkoniyati;
telekommunikasiya tizimlarining ishlash samaradorligini kamayishi;
- telekommunikasiya tizimlarining texnik vositalarida olib boriladigan abonentlarning axborotlarini chiqib ketishi;
- telekommunikasiya tizimlarida uzatiladigan ma’lumotlar bazasi axborotlarining chiqib ketishi.
Telekommunikasiya tarmoqlarida tarmoq xavfsizligini ta’minlashning asosiy ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi:
tarmoqda qayta ishlanadigan va aylanadigan abonentlar axborotlari;
ma’lumotlar bazalari ko’rinishidagi telekommunikasiya ma’lumotlari.
2.1-Rasm. Ma’lumot uzatish tarmog’i qurilmalariga bo’ladigan xujumlar Zamonaviy telekommunikasiya tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoya qilishdeganda uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotning ishonchliligi va butunligini ta’minlash maqsadida turli xil vosita va usullarni ishlatish, choralarni ko’rish va tadbirlarni o’tkazish tushuniladi.
Axborotni ximoya qilish – bu:
axborotning fizik butunligini ta’minlash, ya’ni axborot elementlarini xalaqitlarga uchrashi va yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik;
axborot butunligini saqlashda uning elementlarini almashtirishga (modifikasiyaga) yo’l qo’ymaslik;
mos vakolatlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar tomonidan axborotni ruxsat etilmagan olinishiga yo’l qo’ymaslik;
egalariga uzatilayotgan resurslar faqatgina tomonlar kelishgan shartlarga mos ravishda ishlatilishiga ishonch hosil qilinishi kerak, demakdir.