Pochta aloqa texnologiyalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix30.03.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#91577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Dinshunoslik fanidan 2-joriy

Diniy sekta deganda ma’lum bir dindagi rasmiy aqidalarga zid ravishda ajralib 
chiqqan yoki mavjud dinlar va konfessiyalarga umuman aloqasi bo’lmagan holda din 
bayrog’i ostida faoliyat ko’rsatadigan guruhlar tushuniladi. Bugungi kunda missionerlik 
faoliyati bilan asosan turli sektalar shug’ullanadi. Hozirgi kunda taxminan 5000 ta 
sektaning faoliyati aniqlangan. Ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimiz bilan chegaradosh 
2
 
http://www.minjust.uz/uz/press/ourpublications/2012/07/2010/
 


bo’lgan davlatlarda «Богородичий центр», «Церковь объединения», «Церковь 
Иисуса», «Церковь Нового Завета», «Белое братство», «Божественный орден 
Первого Ангела», «Фархат ата», «Дианетика» kabi yuzlab diniy sektalar faoliyat olib 
bormoqda. Iblisga ibodat qilishga asoslangan «Satanizm» sektasi ham ayrim qo’shni 
respublikalarda keng tarqalmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra, o’ta xavfli bo’lgan mazkur 
sektaning Rossiyada 100 ming, Yer yuzida 5 milliondan ortiq tarafdori bor. 
Mazkur sektalar aholining diniy bilimlari pastligidan foydalanib, oxiratning 
yaqinligi bilan qo’rqitish hamda asosan yoshlar va moddiy ahvoli nochor bo’lganlar ichida 
tashviqot olib borish yo’li bilan o’z tarafdorlarini ko’paytirishga harakat qilmoqda. 
2. Missionerlik faoliyatida ijtimoiy tabaqalar bilan ishlash strategiyasi. 
Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o’z uslub va vositalarini doimiy 
takomillashtirib kelganlar. So’nggi vaqtlarda ular ma’lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, 
maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar. Jumladan, missionerlar asosiy e’tiborni aralash 
millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og’ir 
xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan 
chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko’makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar.
Ziyolilarning turli qatlamlari ichida san’at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, 
o’rta maktab o’qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ’iboti ob’ekti 
sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunday yondashuvda o’ziga xos mantiq 
bor. Masalan, prozelit san’atkor san’atning hissiy-emotsional ta’sir quvvatidan 
foydalanib, e’tiqodiy bosim o’tkazishda yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo’lsa, 
e’tiqodini o’zgartirgan kutubxonachida esa «o’lja» sifatida tanlanganlar bilan yakka 
tartibda ishlash imkoniyati mavjud bo’ladi. 
Missionerlarga tabiatan ishonuvchan, tashqi ta’sirga moyil bo’lgan va ayni 
paytda, hayotda sabr-bardoshli va fidoiy bo’lish bilan bir qatorda hamisha ma’naviy-
ruhiy ko’makka, qo’llab-quvvatlashga ehtiyoj sezadigan ayollarga ham alohida 
e’tibor bilan qaramoqdalar. Ayollar orasida ish olib borish ular uchun ,,bir o’q bilan 
kamida uch quyonni urish”dir. Birinchisi- ayolning o’zi, ikkinchisi -uning farzandlari 
va uchinchisi - turmush o’rtog’i. Ayollarning ulushi baptistlar va pyatidesatniklar 
cherkovlariga qatnaydiganlar orasida 70, adventistlar va ,,Iegov o shohidlari” orasida 
80, presviterian cherkovlariga qatnaydiganlar tarkibida 90 foizgacha borishi esa 
missionerlarning ana shu maqsadlar yo’lidagi xatti-harakatlarining hayotiy-
amaliy natijasidir.
Qayd etilgan misollar ham missionerlik ob’ekti sifatida tanlanayotgan qatlamlar 
doirasi muntazam ravishda kengayib borayotganini ko’rsatadi. 
Bugungi kunda missionerlik tashkilotlari yangi ,,o’lja”lar orttirishda tibbiy va 
ta’lim sohalarida faoliyat olib borish, xayriya yordamlari ko’rsatish, uyma -uy yurib 
tashviqot olib borish, mahalliy tillarda xristianlikni targ’ib qiluvchi adabiyotlar, 
gazeta va jurnallar chop qilib, tarqatish, radio teledasturlar tayyorlash, kino 
maxsulotlari ishlab chiqarish hamda internet tarmog’i orqali o’z qarashlarini targ’ib 
qilishga alohida e’tibor bermoqdalar. Ayni damda missionerlar o’zlari istiqomat 
qiladigan mintaqaning milliy xususiyatlari va maishiy hayotidan ham foydalanishga 
harakat qiladilar. 
Missionerlikda yoshlarga alohida e’tibor berilishining sabablariYoshlarning faol 
ijtimoiy kuchga aylanib borayotgani bugungi kunda ularning turli mafkuraviy ta’sir va 


tazyiqlarning asosiy ob’ektiga aylanishiga olib keldi. Bunda ularning jamiyatning hali 
yetarli tajribaga ega bo’lmagan, tashqi ta’sirlarga tez beriluvchan va ayni paytda, eng 
harakatchan qatlami ekani inobatga olinmoqda.
Missionerlikning taniqli nazariyotchisi Patrik Djonstoun talaba yoshlarni 
missionerlik faoliyatining asosiy ob’ekti deb qarab, o’zining «Dunyo operatsiyasi» 
kitobida shunday yozadi: «Butun dunyoda universitet va kollejlarda 37 million talaba tahsil 
oladi. Ularning ko’plari 20 yildan so’ng yirik mansablarni egallashadi». Ushbu fikrlar 
missionerlarning jamiyatning ertangi kunini belgilab beradigan avlod ongini egallash, 
nazorat qilishni ko’zlab ish yuritayotganini anglash imkoniyatini beradi.
Xayriya yordamlari ko’rsatish ham missionerlikdagi eng qadimiy va samarali 
usullardan biri hisoblanadi. Bunda turli tadbirlar uyushtirilib, ularga asosan yoshlar jalb 
etiladi. Beg’araz deya taqdim etilayotgan, aslida jamiyatning yordamga muhtoj 
qatlamlarini aniqlash va so’ngra ular bilan maqsadli ish olib borishni ko’zlaydigan bunday 
harakatlar hatto «Yangi yil», «Navro’z», «Xotira va qadrlash kuni» kabi xalqimizda keng 
nishonlanadigan bayramlar davomida ham g’arazli maqsadlarda amalga oshirilishi 
kuzatilgan. Missionerlar o’zlari ko’rsatayotgan «yordamni» shu bayramlar ruhiga 
moslashtirishga ham harakat qilmoqda.  
Uyma-uy yurib «Xushxabar» yetkazish usulining o’ziga xos xususiyatlari. Bu usul 
missionerlarga odamlar bilan kunning dolzarb masalalari haqida suhbatlashish, ularning 
dardlariga qiziqish bildirish va ushbu muammolardan chiqish yo’llarini ko’rsatib berishni 
taklif qilib, o’z tashkilotlariga jalb qilishga asoslanadi. Bu missionerlikni amalga 
oshirishda eng yaxshi samara beradigan va katta mablag’ talab qilmaydigan usullardan biri 
hisoblanadi. Masalan, ushbu usuldan faol foydalayotgan «Iegovo shohidlari» oqimi 
a’zolari, o’zlarini go’yoki, Iso Masih o’z havoriylariga buyurgan yo’ldan 
foydalanayotganlarini da’vo qilib, muayyan hududda «tayanch nuqta»ni shakllantirish va 
unga suyangan holda yaqin qo’shnilar orasida uyma-uy yurib adabiyotlarni tarqatish, 
maktab o’quvchilari va yoshlar orasida targ’ibot ishlarini olib borishga alohida e’tibor 
bermoqda. Bunday maqsadli faoliyat natijasida iegovochilar soni yildan yilga ortib 
bormoqda va bugungi kunda dunyo bo’yicha qariyb 7 millionni tashkil etmoqda.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi missionerlikdan ko’zlangan maqsadlar. Ta’lim tizimi 
bosqichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik tufayli g’oya va qarashlarni singdirishdagi 
tadrijiylik ta’minlanadi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonida amalga oshirilgan targ’ibot 
natijalarini bevosita tekshirib ko’rish va uni takomillashtirib borish imkoniyati ham 
mavjud. Bu kabi xususiyatlar missionerlarning ta’lim tizimiga alohida e’tibor bilan 
qarashini keltirib chiqarmoqda. Adventistlarning dunyo bo’yicha 5000 dan ortiq o’quv 
markazlariga, pyatidesyatniklikning eng yirik oqimlaridan biri – «Xudo assambleyalari»
cherkovlari bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalik qilayotgani ham aynan shu 
bilan izohlanadi. 
Jumladan, O’zbekiston istiqlolining dastlabki yillarida missionerlar turli volantyor 
tashkilotlar niqobi ostida mamlakatimiz ta’lim tizimiga kirib olishga uringanlari 
kuzatilgan. Ular yurtimizdagi mavjud ta’lim muassasalarida turli til, kompyuter, sport 
to’garaklari tashkil etish niqobi ostida talaba va o’quvchilar orasida o’z dinlarini targ’ib 
qilishga harakat qilgan.
Shuningdek, missionerlik tashkilotlari o’z dinlarini targ’ib qilishda audio, video va 
elektron mahsulotlar, gazeta va jurnallar, teledasturlar, internetda onlayn o’quv kurslari 


tashkil etish yo’llaridan ham foydalanmoqda. Ommaviylik, davriylik, o’quvchilar 
auditoriyasining kengligi tufayli gazeta va jurnallar missionerlar tomonidan o’z qarash va 
g’oyalarini singdirish quroli sifatida qo’llanilmoqda.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin